Xalq dеputatlari Oqqo’rg’on tuman Kеngashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi


Download 184.35 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi184.35 Kb.
#1548634
1   2
Bog'liq
Ayollar gender tenglik

QAROR QILADI:

1. Tuman Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig'i G.Abdunazimovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-87- sonli farmonining bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti ma'lumot uchun qabul qilinsin.


2. Tuman Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari G.Abdunazimovaga:
- hududlardagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan birgalikda ijtimoiy ximoyaga muxtoj ayollarning muammolarini xonadonbay o‘rganish, markazlashgan holda monitoring yuritish hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha maqsadli tizimni yo‘lga qo‘yish
- notinch oilalarning ro‘yxatini shakllantirish va keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini mahalla faollarining yordami bilan amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
-tumanda oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar yuzasidan mukammal “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish;
- hududlardagi mahalla xotin-qizlar faollari bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollarning muammolarini xonadonbay o‘rganish, markazlashgan holda monitoring yuritish va xal etish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi ishga muxtoj bo‘lgan ayollarni ish bilan ta'minlash ularning tiklanishida moddiy, ma'naviy va huquqiy yordam berish choralarini ko‘rish;
- uy-joysiz yashayotgan ayollarning ro‘yxatini shakillantirish yoki uy ta'miriga muxtoj bo‘lganlarga mahalla faollarining yordami bilan “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan pul ajratish;
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tumani Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi a'zolari zimmasiga yuklatilsin.
Doimiy komissiya raisi: N. Abduraimova
Doimiy komissiya kotibi: S.Abdujalilov
Download 184.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling