Xalq dеputatlari Oqqo’rg’on tuman Kеngashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi


Download 184.35 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi184.35 Kb.
#1548634
  1   2
Bog'liq
Ayollar gender tenglik




Xalq dеputatlari Oqqo’rg’on tuman Kеngashining
Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi



«28» noyabr 2022 yil Oqqo’rg’on sh


Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tuman Kengashining
Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi


12-son BAYONNOMASI


Doimiy komissiyaning jami a'zolari 3
Ishtirok etdilar: N.Abduraimovа, S.Abdujalilov, H.Maxamatova
Taklif etildi: G.Abdunazimova, O.Abdulaxatova
Raislik qildi: N.Abduraimovа
Kotib: S.Abdujalilov
KUN TARTIBI:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmonining bajarilishi to‘g‘risida

Tinglandi: Kun tartibiga kiritilgan masala bo‘yicha “Yoshlar siyosati, xotin qizlar, gender tenglik masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Abduraimova so‘zga chiqib tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-mart kuni qabul qilingan PF-87-sonli farmonini ijrosini ta'minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, extiyojmand xotinqizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.


Tumanda 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabxalarida faolligini oshirish buyicha “Yo'l xarita” ishlab chikildi. Farmonnng 2-bandida xar yili Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining tavsiyalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy extiyojmand oila vakillari, etim yoki ota-onasining karamog‘idan maxrum bo'lgan talaba xotin-qizlarning ta'lim kontraktlari mahalliy byudjetning qo'shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilishi ko'zda tugilgan. Ushbu bandning ijrosini ta'minlash maqsadida VMning-422-sonli qarori qabul qilindi va ijroga qaratildi, ushbu qarorga asosan tumanda 72 nafar xotin-qizlarga OTM larga kirish uchun tavsiyalar berildi. Shuningdek, mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma'lumotga ega bo'lmagan 500 nafar xotin-qizlarni xar yili Qo‘mita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari aloxida test sinovlari natijalariga muvofiq to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish amaliyoti joriy etildi va VM-302-sonli qarori qabul qilindi ushbu qarorga asosan 102 nafar xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berildi.
Farmonning 7-bandida 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o'kitishning yangi tartibi joriy etilishi.
Bunda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari xuzurida malakani baxolash markazlari tashkil etilishi;
malakani baxolash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va saloxiyatli ta'lim muassasalariga davlat buyurtmasini berilishi;
o'quv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilimi darajasi malakani baxolash markazlari tomonidan aniqlanishi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari berilishi;
malaka sertifikatini olgan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun o‘qish xarajatlariga teng miqdorda malakani baxolash markazlari tomonidan subsidiyalar berilishi ko'zda tutilgan. Bugungi kunda buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o'qitishning yangi tartibi joriy etildi.
Bunda:
Tumanda «Ishga marhamat» monomarkazlari xuzurida malakani baxolash markazlari tashkil etildi;
Mazkur farmonning 13-bandiga asosan, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so'mdan 10 million so'mga oshirildi; Xozirgi kunda 30 dan ortiq xotin-qizlarimiz ushbu imtiyozlardan foydalanib o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ydi. Farmonning 15-bandida 2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustaxkamlash markazlari (keyingi o'rinlarda- markazlar) tashkil etilishi.
Markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy byudjetlarning qo'shimcha manbalari yoki qonunchilik hujjatlarida tastiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan barpo etilishi nazarda tutilishi;
barpo etilgan markazlar mahallalar tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatli ijaraga berilishi belgilab berilgan. Ushbu bandning ijrosini ta'minlash uchun tuman kadastr bo'limi bilan hamkorlikda 29 ta MFYlarda yer ajratilib viloyat hokimligiga tasdiq uchun kiritildi.
2022-yilda onkologik skriningdan 12 166 nafar o'tkazilishi belgilangan bo‘lib bugungi kunga qadar 3332 nafar ayollar onkoskringdan o'tkazildi. Tuman Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig'i G.Abdunazimovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmonining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilgan holda Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi

Download 184.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling