27-modda. Deputat o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Har bir deputat bir ovozga ega bo‘ladi va muhokama qilinayotgan masala yuzasidan
“yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” deb ovoz beradi.
Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan deputat keyinchalik ovoz berishga haqli emas.
Ochiq ovoz berish ovozlar mutlaq ko‘pchilikni tashkil etgan
taqdirda ovozlarni sanamasdan,
agar faqat deputatlardan hech biri boshqacha tartibni taklif etmasa yoki ovozlarni qayta sanab
chiqishni talab qilmasa, o‘tkazilishi mumkin.
28-modda. Sessiyalarda yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini hisoblash uchun
deputatlar orasidan sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi.
Sanoq komissiyasining
qarorlari komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
29-modda. Sessiyada yashirin ovoz berishni byulletenlardan foydalangan holda o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ovoz berish uchun zarur axborotga ega bo‘lgan
yashirin
ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi nazorati ostida tayyorlanadi.
Yashirin ovoz berish o‘tkaziladigan vaqti va joyi, uni o‘tkazish
tartibi sanoq komissiyasi
tomonidan belgilanadi.
30-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlar yordamida o‘tkazilganida sanoq komissiyasi har
bir deputatga bittadan byulleten beradi.
Byulletenni to‘ldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida
byulletendagi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzod familiyasining qarshisida o‘ng
tomonda
joylashgan bo‘sh katakka “+” yoki “
” yoxud “x” qo‘yish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u
tegishli qarorni yoqlab ovoz berayotgan bo‘lsa, “qarshiman” degan so‘zni o‘chirish, taklif etilayotgan
qarorga (qaror variantiga) qarshi ovoz berayotgan bo‘lsa, “yoqlayman” degan so‘zni o‘chirish orqali
amalga oshiriladi.
Belgilanmagan shakldagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning
xohish-irodasini
aniqlashga imkon bermagan byulletenlar deputatlarning ovozlarini hisoblab chiqish vaqtida
haqiqiy emas deb topiladi. Byulletenga kiritilgan qo‘shimchalar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida
e’tiborga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: