66-modda. Hokim hisoboti bo‘yicha materiallarni umumlashtirish uchun tegishli doimiy
komissiya tomonidan soha mutaxassislarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
Hokim hisobotiga doir materiallarni umumlashtirish natijalari bo‘yicha tegishli doimiy
komissiya tomonidan mahalliy Kengashdagi partiya guruhlarining fikr-mulohazalarini hisobga
olgan holda doimiy komissiya xulosasi va mahalliy Kengash qarori loyihasi tayyorlanadi.
67-modda. Hokimning hisobotini eshitishda mahalliy
Kengash qaroriga asosan
deputatlardan biri sessiyaga raislik qiladi.
68-modda. Hokimning hisobotini eshitish uchun ma’ruzachi bilan kelishilgan holda kamida
30 daqiqa beriladi.
Hokimning hisoboti bo‘yicha mas’ul doimiy komissiya xulosasining mazmunini va mahalliy
Kengash qarori loyihasining asosiy qoidalarini bayon etish maqsadida doimiy komissiya raisiga 15
daqiqagacha vaqt beriladi.
Partiya guruhlari vakillariga va deputatlarga ma’ruzachiga savol berishi uchun 3 daqiqagacha,
hisobot bo‘yicha muzokaralar uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.
69-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimining hisobotini eshitishga ushbu viloyat
(Toshkent shahri)dan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari,
Qonunchilik
palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat boshqaruvi
organlari rahbarlari, tumanlar
va shaharlar hokimlari, viloyat (Toshkent shahar) ijro hokimiyati
organlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari taklif etiladi.
Tuman (shahar) hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq
deputatlari viloyat (Toshkent shahar)
Kengashi deputatlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat (Toshkent shahar) hokimi yoki
uning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) ijro hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalari
rahbarlari taklif
etiladi.
Hokimning hisobotini eshitishga hududda joylashgan boshqa davlat organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan nodavlat notijorat
tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi
mumkin.
70-modda. Viloyat (Toshkent shahar) hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga
olingan holda amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining majlislarida
berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
71-modda. Hokimning hisobotini muhokama qilish yakunlari bo‘yicha, shuningdek doimiy
komissiya xulosasi va partiya guruhlari fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda mahalliy
Kengashning qarori qabul qilinadi. Qarorda hokim va mahalliy ijro hokimiyati
organlari ishining
samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va
takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: