tariqasida, oliy ma’lumotga, saylovni tashkil etish va o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan,
jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari orasidan tanlab
olinadi va taqdim etiladi.
Okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasining,
xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining Sud-huquq
masalalari va korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisida dastlabki tarzda muhokama etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tegishli qo‘mitasining, xalq deputatlari viloyat
(Toshkent shahar) Kengashi tegishli doimiy komissiyasining majlisida qo‘mita (komissiya) raisining
tashabbusi bilan okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
ishtirok etishlari mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi, xalq deputatlari viloyat
(Toshkent shahar) Kengashi tegishli doimiy komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi, nomzodlar
bo‘yicha xulosalarni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesining, xalq deputatlari
viloyat (Toshkent shahar) Kengashining okrug saylov komissiyasi a’zoligiga
nomzodlarni tavsiya
etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlaydi. Dastlabki tarzdagi muhokama natijalariga ko‘ra,
ushbu masalani ma’qullash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq
deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasi
kun tartibiga kiritish
to‘g‘risidagi tegishli qo‘mita (doimiy komissiya)ning qarori qabul qilinadi.
Okrug saylov komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qilingan
nomzodlar alifbo tartibida ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent
shahar) Kengashining sessiyasida muhokama o‘tkaziladi va muhokamada deputatlar okrug saylov
komissiyasi a’zoligiga ko‘rsatilgan nomzodlarga savol berishga haqli.
Muhokama natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq
deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining nomzodni okrug saylov komissiyasi a’zoligiga
tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi hamda tasdiqlash
uchun Markaziy saylov
komissiyasiga yuboriladi.
Qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent
shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: