Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

84-modda. Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashlariga saylovlar bo‘yicha viloyat
(Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar yigirma bir yoshga to‘lgan,
o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida
ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolari orasidan tanlab olinadi
hamda taqdim etiladi.
Viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari
tuman (shahar) Kengashlarining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
doimiy komissiyaning majlisida dastlabki tarzda muhokama etiladi.
Doimiy komissiya majlisida komissiya raisining tashabbusiga ko‘ra viloyat (Toshkent shahar)
va okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar ishtirok
etishlari mumkin.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli doimiy komissiyasi materiallarni ko‘rib
chiqadi, nomzodlar bo‘yicha xulosalar hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining
nomzodlarni viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari a’zoligiga tavsiya etish
to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlaydi. Dastlabki tarzdagi muhokama natijalari bo‘yicha ushbu
masalani ma’qullash va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi navbatdagi sessiyasining kun
tartibiga kiritish to‘g‘risidagi doimiy komissiyaning qarori qabul qilinadi.
Viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari tarkibiga kirish huquqiga ega ekanligi
haqida qaror qabul qilingan nomzodlar alifbo tartibida ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritiladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining sessiyasida muhokama o‘tkaziladi va
muhokamada deputatlar viloyat (Toshkent shahar) va okrug saylov komissiyalari a’zoligiga
ko‘rsatilgan nomzodlarga savollar berishga haqli.


Muhokama natijalari bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining nomzodni
viloyat (Toshkent shahar) saylov komissiyasi a’zoligiga tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi
hamda tasdiqlash uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga yuboriladi.
Muhokama natijalari bo‘yicha qabul qilingan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining
nomzodni okrug saylov komissiyalari a’zoligiga tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori esa, tasdiqlash
uchun xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga o‘tkaziladigan saylovlar bo‘yicha
viloyat (Toshkent shahar) komissiyasiga yuboriladi.
Qarorlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik
ovozi bilan qabul qilinadi.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling