Zarur hollarda mahalliy Kengash tomonidan yangi doimiy komissiyalar tuzilishi va ilgari
tashkil qilingan doimiy komissiyalar tugatilishi, doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilishi
mumkin.
Doimiy komissiyalar faoliyati mahalliy Kengash qarori bilan
tasdiqlanadigan nizom bilan
tartibga solinadi.
88-modda. Doimiy komissiyalar o‘z majlislarida rais o‘rinbosarlari va kotiblarini saylaydi.
Deputat bitta doimiy komissiya a’zosi etib saylanadi. Faqat Reglament va deputatlik odobi
masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari boshqa doimiy komissiya a’zolari bo‘lishi mumkin.
Doimiy komissiya tarkibiga kirmagan deputat uning ishida
maslahat ovozi huquqi bilan
ishtirok etishi mumkin.
Hokim — mahalliy Kengash rahbari hamda mahalliy Kengash kotibiyati mudiri,
doimiy
komissiyalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Doimiy komissiyalar mahalliy Kengash oldida mas’ul va unga hisobdordir.
89-modda. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatini mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan
ish rejalari asosida amalga oshiradi.
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan doimiy komissiyaning ish rejasiga tegishli
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Doimiy
komissiyaning ish rejasidagi
o‘zgartirishlar navbatdagi sessiyada tasdiqlanadi.
90-modda. Doimiy komissiyalar o‘z faoliyatini majlis shaklida amalga oshiradi.
Doimiy komissiyalarning majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlislari ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq o‘tkaziladi.
91-modda. Mahalliy Kengash aniq vazifalarni bajarish uchun deputatlar orasidan muvaqqat
komissiya tuzishi mumkin.
Muvaqqat komissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror sessiyada qabul qilinadi.
Muvaqqat komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarganidan so‘ng o‘z
faoliyatini
tugatadi.
Muvaqqat komissiyaning vazifalari mahalliy Kengash qarori bilan belgilanadi.
92-modda. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning hududdagi davlat organlari,
korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar, nodavlat
notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari va mansabdor shaxslarga yuboriladigan qarorlari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi va ular
tomonidan ko‘rib chiqilib, ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yoki ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida bir
oylik muddatda xabar qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: