Xalq ogʻzaki ijodi


Download 355.5 Kb.
bet1/4
Sana24.01.2023
Hajmi355.5 Kb.
#1117363
  1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili va adabiyot 2-kurs test





  1. “Xalq ogʻzaki ijodi” yana qanday atama bilan yuritiladi?

folklor
remarka
epos
aforizm

  1. Qaysi qatorda xalq ogʻzaki ijodining yozma adabiyotdan farqli xususiyati notoʻgʻri koʻrsatilgan?

jamoalik
variantlilik
an’anaviylik
xususiylik

  1. Maqol soʻzi qaysi tildan olingan?

arabcha
tojikcha
turkiycha
forscha

  1. Insonni axloqodobga oʻrgatadigan xalq ogʻzaki janri qaysi?

maqol
latifa
topishmoq
matal

  1. “Alpomish” dostonining necha versiyasi mavjud?

4 ta
8 ga yaqin
40 dan ortiq
30 ta

  1. Xalq ogʻzaki ijodida uchraydigan “latifa” atamasi qanday ma’noni anglatadi?

nozik fikrlamoq
yaxshilik qilmoq
marhamat koʻrsatmoq
barchasi toʻgʻri

  1. Navoiy asarlarida “maqol” atamasi qanday nom bilan yuritilgan?

masal
maqol
matal
sav

  1. Hind latifalaridagi asosiy qahramon nomi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Birbol
Mirali
Joʻha
Aldarkusa

  1. Xalq ogʻzaki ijodida qaysi tur yunoncha soʻzdan olingan boʻlib, rivoya, hikoya, qoʻshiq degan ma’nolarni anglatadi?

epos
lirika
drama
toʻgʻri javob berilmagan

  1. «Fetish» tushunchasiga berilgan toʻgʻri ta’rifni koʻrsating?

narsabuyumlarga, predmetlarga e’tibor, hurmatehtirom koʻrsatish
hayvonlarga sigʻinish, ehtirom koʻrsatish, homiy deb bilish
tushlarga, arvohlarga, jinlarga ishonch koʻzi bilan qarash
hayvon yoki narsa predmetlarga ehtirom koʻrsatish, e’zozlash

  1. Aforizm nima?

muallif tomonidan yaratilgan hikmatli soʻz doston, ertak, rivoyat va boshqa
janrlarda maqollardan foydalanish
mif soʻzining arabcha nomi
mumtoz adabiyotimizda uchraydigan she’riy maqol

  1. Arablarda qaysi atamaga nisbatan “asotir” soʻzi ishlatiladi?

mifga nisbatan
rivoyatga nisbatan
maqolga nisbatan
latifaga nisbatan

  1. Insonlarni mantiqiy fikrlashga chorlaydigan ogʻzaki ijod turiga nisbatan nima deyiladi?

topishmoq
latifa
maqol
askiya

  1. “Afsonalar haqiqatdan darak beruvchi yolgʻon hikoyalardir” deb qaysi alloma aytgan?

Aristotel
M.Koshgʻariy
Gippokrat
X.Hojib

  1. Badiiy toʻqima qaysi janrning asosiy xususiyati hisoblanadi?

afsonaning
rivoyatning
maqolning
matalning

  1. Navoiy va Husayn Boyqaro oʻrtasida boʻlib oʻtgan voqealarni yorituvchi xalq ogʻzaki ijod turiga nisbatan qanday atamani ishlatish mumkin?

tarixiy rivoyat
mifologik afsona
oronomik rivoyat
toponimik rivoyat

  1. Asarlarning nomi, voqealarning rivoji keskin farqlanib ketishi xalq ogʻzaki ijodining qanaqa oʻziga xos xususiyati hisoblanadi?

variantlilik
versiyalilik
jamoalik
an’anaviylik

  1. Mifologik qarashlarga koʻra, qaysi obraz birinchi inson va insoniyat hayotining ibtidosi sifatida tasvirlanadi?

Kayumars
Mitra
Axuramazda
Gershasp

  1. Qaysi dostonning qoʻngʻirot, oʻgʻiz, qipchoq va oltoy nomi bilan yuritiladigan versiyalari mavjud?

“Alpomish”
“Goʻroʻgʻli”
“Ravshan”
“Kuntugʻmish”

  1. Qaysi janrga nisbatan miflardan keyin, ertaklardan oldin paydo boʻlgan deyish mumkin?

afsona
maqol
latifa
rivoyat

  1. Afsonaning ibtidoiy, ya’ni eng qadimgi koʻrinishlariga nisbatan qanday atamani qoʻllash mumkin?

qavlun
mif
anima
roviy

  1. Quyidagi qaysi atama arabcha soʻzdan olinmagan?

rivoyat
asotir
afsona
latifa

  1. Oʻzbek latifalarida uchraydigan Afandi obrazi qaysi xalq latifalarida Mirali deb ataladi?

turkman latifalarida
arab latifalarida
hind latifalarida
qozoq latifalarida

  1. Xalqimizning zukkoligini, fikrlash chegarasi beqiyos ekanligini, soʻzga chechan va hozirjavobligini dalillovchi janrlardan birining nomi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Lof
afsona
matal
mif

  1. Qaysi janrni ijro etish (aytish)da “shahar berish” an’anasi mavjud boʻlgan?

topishmoq
latifa
lof
maqol

  1. Xalq ogʻzaki ijodida qaysi tur yunoncha soʻzdan olingan boʻlib, rivoyat, hikoya, qoʻshiq degan ma’nolarni anglatadi?

epos
lirika
drama
toʻgʻri javob berilmagan

  1. “Navroʻz”, “Ramush ogʻam”, “Bobo xvora” kabi oʻndan ortiq mavsum marosim bayramlari xususidagi ma’lumot kimning asarida keltirilgan?

Abu Rayhon Beruniyning
Mahmud Koshgʻariyning
Yusuf Xos Hojibning
Abu Nasr Forobiyning

  1. Xalq dostonlarida chavandozlarni oʻlimdan qutqarib qolgan otlar nomini belgilang.

Gʻirot, Boychibor
Jiyronqush, Qora tulpor
Raxsh, Koʻkdoʻnan
barcha javoblar toʻgʻri

  1. “Haqiqat izlagan senga osildi, Assalomu alaykum, dorning ogʻochi”, degan nola kimga tegishli?

Xolbeka
Kuntugʻmish
Barchin
Alpomish

  1. "Goʻroʻgʻli" dostoni turkumiga qancha doston kiradi?

100 dan ortiq
45 ta
42 ta
70 dan ortiq

  1. “Alpomish” dostonining yozib olingan variantlari soni qancha?

40 dan ortiq
100 dan ortiq
70 dan ortiq
50 dan ortiq

  1. Qaysi qahramonning oʻng kiftida Shohimardon pirning qoʻl izlari oʻrni bor edi?

Alpomish
Ravshan
Barchin
Goʻroʻgʻli

  1. “Alpomish” dostonida bir qancha xotinlar marosimi badiiy talqin etilgan. Shu marosim nomlarini toʻgʻri belgilang. 1) "It irillar"; 2) "Kampir oʻldi"; 3) "Soch siypatar"; 4) "Qoʻl ushlatar"; 5) "Toʻqqiz tovuq"; 6) "Surpa soldi"; 7) "Koʻrpa bichdi"

1, 2, 3, 4
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
3, 4, 5, 7
2, 5, 6, 7

  1. "Alpomish" dostonida Alpomish, Qorajon, Barchinga tushlari vositasida nimaga ishora qilinadi?

kelajak taqdirga
Alpomish gʻalabasiga
doʻstlikka
toʻrtta shartni bajarishga

  1. Alpomish qalmoq yurtiga ketayotganda ruhlantirib, dalda bergan kim edi?

Qaldirgʻoch
Boyboʻri
Qultoy
Yartiboy baxshi

  1. "Alpomish" dostonida alplar "Kelganboy" deb kimni aytishar edi?

Boysarini
Alpomishni
Kayqubodni
Qalmoqshohni

  1. "Alpomish" dostonida Barchin ushbu soʻzlarni kimga qarata aytadi? Yiqmasangiz, toʻram, navbat tilayin, Erkak libosini oʻzim kiyayin. Bor kuchimni bilagima jiyayin, Bul qalmoqni porapora qilayin.

Hakimbekka
Koʻkaldoshga
Qorajonga
Qoʻshquloqqa

  1. "Toʻgʻri boʻling bexavotir boʻlasiz. Maqtanchoq boʻlmang xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang baxtsiz boʻlmaysiz". Bu maslahatlar qaysi ertakda aytilgan?

"Uch ogʻaini botirlar"
"Susambil"
"Malikai Husnobod"
"Zumrad va Qimmat"

  1. Ma’lum afsonaviy yoki an'anaviy sujetning biror adib tomonidan qayta ishlanib, adabiylashtirilgan nusxasi boʻlgan janr nomi qaysi javobda koʻrsatilgan?

adabiy ertak
afsona
xalq dostonlari
xalq kitoblari

  1. "Qilichxon" laqabi bilan tanilgan shoh obrazi qaysi asar qahramoni?

"Kuntugʻmish"
"Shohnoma"
"Xudoynoma"
"Rustamxon"

  1. Toʻyda izza boʻlgan aka ukalar obrazi qaysi asarda berilgan?

"Alpomish"
"Uch ogʻa ini botirlar"
"Ravshan"
"Kachal polvon"

  1. "Alpomish"da Boysaribiy "Mening toza ulsizligim bildirdi" deb qaysi voqeaga ishora qiladi?

zakot voqeasiga
koʻchishga
qalmoq muzofotiga
zindonga tushishiga

  1. "Alpomish"da Eliboylar nomi bilan qanday ijtimoiy tabaqa tilga olinadi?

koʻchmanchilar
qalmoqlar
chorvadorlar
dehqonlar

  1. Rajabxoʻja pir obrazi qaysi xalq dostonida uchraydi?

"Alpomish"da
"Malika ayyor"da
"Ravshan"da
"Kuntugʻmish"da

  1. "Dam shu damdir, oʻzga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema" degan chaqiriqni Qorajonga qarata kim aytgan?

Rajabxoʻja eshon
Barchin
Alpomish
Qutbi zamon

  1. Dostonlarda asosan necha boʻgʻinli she'riy ifodalar uchraydi?

7, 8, 11
7, 8, 9
6, 7, 11
7, 8, 12

  1. "Alpomish" dostonida uchraydigan sinchi obrazi qaysi javobda berilgan?

Koʻsa
Tersak
Haqdil
Koʻkaman

  1. "Alpomish" dostonida tasvirlanishicha, "Bir kam toʻqson alp otdan tappa tappa tashlab, qoʻl qovushtirib ta'zim qildi". Ular kimga ta'zim qildilar?

Qutbi zamon pirga
Barchinga
poygaga yigʻilganlarga
Alpomishga

  1. Qaysi asarda kitob orqali oʻgʻil bilan ota oʻrtasida saxiylik va baxillik haqida suhbat boʻlib oʻtadi?

"Alpomish"da
"Ravshan"da
"Sab'ai sayyor"da
"Qobusnoma"da

  1. "Alpomish" dostonida "Xudoning yaratgan sheri" deya ta'riflangan obraz qaysi?

Shohimardon pir
Qorajon
Koʻkaldosh
Alpomish

  1. "Kuntugʻmish" dostonida Azbarxoʻja Kuntugʻmishni kigiz ostiga bostirib, bolalarini tashlab ketgan edi. Oʻsha choʻl nomini koʻrsating.

Zarchaman
Chilbir
Mirzachoʻl
Qizilqum

  1. “Shukur, ajalimiz yetgani yoʻq ekan, oʻlmay shu togʻga keldik, albatta, chashmazor suvlar, har alvon mevalar boʻlsa kerak”. Berilgan gap qaysi asarda kimlar tomonidan aytilgan?

"Kuntugʻmish", Kuntugʻmish va Xolbeka
"Susambil", eshak, hoʻkiz, xoʻroz, kalamushlar va arilar
"Uch ogʻa ini botirlar", uch aka uka
"Alpomish", Alpomish va Qorajon

  1. 8sinf darsligida "Kuntugʻmish" dostonining qaysi baxshidan yozib olingan nusxasi keltirilgan?

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
Egamberdi Ollomurod
Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli
Nurmon Abdivoy oʻgʻli

  1. "Kuntugʻmish" dostonida Kuntugʻmish va Xolbekaning xom teri ichidan chiqib olishiga nima yordam beradi?

quzgʻun
choʻl jonivorlari
it
baytal

  1. Qaysi folklor asarida Qur'oni Karimni oʻrtaga qoʻyib doʻst tutingan, lekin bunga amal qilmagan xiyonatkor odam obrazi bor?

"Kuntugʻmish"
"Uch ogʻa ini botirlar"
"Susambil"
"Ravshan"

  1. "Alpomish" dostonidagi Kelganboy kim?

Boysari
Alpomish
Qorajon
Boyboʻri

  1. Ogʻzaki folklorning dramatik turiga kiruvchi janrlar qaysi javobda koʻrsatilgan?

askiya, ogʻzaki drama, xalq teatrlari, qoʻgʻirchoq oʻyini
askiya, masal, xalq teatrlari, qoʻgʻirchoq oʻyini
doston, xalq teatrlari, askiya
doston, masal, askiya

  1. Yortiboy oqsoqol personaji qaysi asarda qatnashadi?

"Alpomish"
"Ravshan"
"Kuntugʻmish"
"Susambil"

  1. "Alpomish" dostonida Barchinning koʻrgan tushi ta'birini kim aytib beradi?

Suqsuroy
oʻzi topadi
onasi
otasi

  1. "Alpomish" dostonida Alpomish tomonidan Barchinga sovchi boʻlib borgan kim edi?

Qorajon
Qaldirgʻoch oyim
Alpomishning onasi
Alpomishning oʻzi

  1. "Alpomish" dostonida tasvirlangan poygada qalmoq yurtidan nechta ot qatnashadi?

499 ta
40 ta
41 ta
500 ta

  1. Aybsiz doʻst axtargan ... Maqolning davomi qaysi javobda berilgan?

doʻstsiz qolar
oʻziga doʻst topolmas
odam oʻziga dushman
odamning oʻzi aybli

  1. Otimni ... deydi. Men ... ning xoniman, Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman, Oʻldirib ikki qoʻzimni diydayi giryoniman, Onadin baxti qaro tugʻdim, shuning hayroniman. Dostondan olingan ushbu parchada nuqtalar oʻrniga qoʻyilishi kerak boʻlgan nomlarni belgilang.

Kuntugʻmish, Noʻgʻay
Alpomish, Qoʻngʻirot
Ravshan, Chambil
Qorajon, Kashal

  1. "Kuntugʻmish" dostonida dastlab Kuntugʻmish bilan doʻstlashib, soʻng oʻz manfaatini deb unga xiyonat qilgan qahramon kim?

Azbarxoʻja
Xolmoʻmin
Qosim
Buvraxon

  1. Mosuvoday koʻkka uchdim, Ajal sharobidan ichdim, Bu dunyo bahridan kechdim, Qalandar boʻlganim boʻlgan, degan soʻzlarni qaysi xalq dostoni qahramoni aytadi?

"Kuntugʻmish", shahzoda
"Kuntugʻmish", Qoraxon podsho
"Alpomish", Alpomish
"Ravshan", Hasanxon

  1. Yaxshilarning yuzin koʻrsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir, Achchigʻlanmay javob bergin, chirogʻim, Ot soʻramoq, zot soʻramoq sunnatdir. "Kuntugʻmish" dostonida bu soʻzlarni kim aytgan?

Gurkiboy
Mohiboy
Kuntugʻmish
choʻpon

  1. "Kuntugʻmish" dostonida Kuntugʻmish dorga osish uchun olib kelingan oʻgʻillarini qanday tanib qoladi?

Mohining soʻzlaridan
Gurkining soʻzlaridan
Xolbekaning "Voh, Mohi" deb yigʻlaganidan
Azbarxoʻjaning soʻzlaridan

  1. "Ochildasturxon" ertagi qaysi turkum ertaklariga mansub?

sehrli ertaklar
hayotiy maishiy ertaklar
hayvonlar haqidagi ertaklar
hajviy ertaklar

  1. Xorazmda doston aytuvchilar nima deb ataladi?

oqin
shoir
xalfa
baxshi

  1. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq baxshisi unvoni qachon ta'sis etilgan?

2000 yil
1997 yil
1991 yil
2001 yil

  1. «Maqol», aslida arabcha boʻlib, qanaqa ma’noni anglatadi?

soʻz
hikmat
tajriba
ibora

  1. Adabiyotning qaysi janrida xulosa va hukm yoʻq?

topishmoqda
masalda
ertakda
maqolda

  1. Maqollarda koʻpincha soʻzlar qanaqa ma’noda ishlatiladi?

koʻchma ma’noda
bir xil ma’noda
oʻz ma’nosida
tasavvufiy ma’noda

  1. Quyidagi maqolning davomini toʻgʻri davom ettiring? Daraxtni yer koʻkartiradi…

odamni el koʻkartiradi
toʻgʻri javob berilmagan
insonni til susaytiradi
insonni ham yer

  1. «Folklor» atamasi ilk bor nechanchi yilda kim tomonidan qoʻllangan?

1846 yilda Vilyam Toms tomonidan
1846 yilda Amadey tomonidan
1946 yilda Vilyam Toms tomonidan
1847 yilda Lafonten tomonidan

  1. Qaysi qatordagi javoblar epik turga mansub emas?

lof
mif
matal
naql

  1. «Uch ogʻaini botirlar» ertagida chol oʻgʻillarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar?

sogʻlom qilib tarbiyalaydi, qurolyarogʻ bilan tanishtiradi, qoʻrqitmay oʻtsiradi
toʻgʻri qilib oʻstiradi, sogʻlom qilib tarbiyalaydi, qurol yarogʻ bilan tanishtiradi
maqtanchoq boʻlmaslikni uqtiradi, qoʻrqitmay oʻstiradi, sogʻlom qilib tarbiyalaydi
yuqoridagilarning barchasi toʻgʻri

  1. Ertaklar mavzu jihatidan necha turga boʻlinadi va ular qaysilar?

3 ga: hayvonlar haqidagi, sehrlifantastik, maishiy ertaklar
4 ga: hayvonlar haqidagi, sehrli, maishiy va hajviy ertaklar
3 ga: hayvonlar haqidagi, maishiy va hajviy ertaklar
4 ga: hayvonlar haqidagi, sehrli, maishiy va afsonaviy ertaklar

  1. Quyidagi qaysi ertaklar hayotiy maishiy ertaklar turiga mansub?

«Zumrad va Qimmat», «Farhod va Shirin», «Ozodachehra»
«Oygul bilan Baxtiyor», «Erxubbi», «Malikai Husnobod»
«Anbar ona», «Tohir va Zuhra», «Zumrad va Qimmat»
«Uch ogʻa ini botirlar», «Ziyod botir», «Hazrati Xizr»

  1. Qaysi qatorda oʻyin qoʻshiqlarining nomi toʻgʻri koʻrsatilgan?

«Oq terakmi, koʻk terak», «Chittigul»
«Oq terakmi, koʻk terak», «Boychechak»
«Boychechak», «Chittigul»
«Boychechak», «Boshginam ogʻriydi»

  1. Alla va ovunchoq qoʻshiqlari kimlarga moʻljallangan?

bolalarga
ayollarga
oʻsmirlarga
onalarga

  1. Qoʻshiq yozma adabiyot janri sifatida ham mashhur boʻlib, qaysi mumtoz shoirlarimizning she’rlari xalqimizning sevimli qoʻshiqlariga aylanib ketgan?

Ogahiy, Furqat, Muqimiy, Feruz
Ogahiy, Navoiy, Gulxaniy, Bobur
Navoiy, Bobur, Mashrab, Forobiy
Bobur, Avaz Oʻtar, Feruz, Muqimiy

  1. Oʻzbeklar orasida tarqalgan «Goʻroʻgʻli» turkumiga kiruvchi dostonlarning soni qancha?

100 ga yaqin
50 dan ortiq
200 ga yaqin
100dan ortiq

  1. “Folklor” termini birinchi boʻlib kim tomonidan ishlatilgan?

ingliz olimi Vilyam Toms
italyan olimi Vilyam Templ
ingliz olimi Tomas Jefferson
ingliz olimi Jorj Oruell

  1. Samarqand dostonchiligiga xos xususiyatlar toʻgʻri koʻrsatilgan javobni toping ?

Doʻmbira joʻrligida ichki ovozda yakka holda aytadi
Dutor joʻrligida ochiq ovozda yakka holda aytadi
Doira joʻrligida tashqi ovozda yakka holda aytadi
Doʻmbira va garmon joʻrligida ochiq ovozda yakka holda aytadi

  1. Bir asarning syujet va kompozitsiyasida muhim oʻzgarishlar bilan bir necha nusxalarga ega boʻlishi xalq ogʻzaki ijodidagi qaysi xususiyatini hosil qiladi?

Variantlilik
Versiyalilik
Improvizatorlik
An`anaviylik

  1. Ergash Jumanbulbul va Poʻlkan shoirlar qaysi dostonchilik vakillari?

Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi
Bulungʻur dostonchilik maktabi
Sherobod dostonchilik maktabi
Xorazm dostonchilik maktabi

  1. Mifologiyadagi 3 ta asosiy tushunchalarning qatorini toping

Totem, fetish, anima
Epos, lirika, anima
Fetish , Epos, lirika
Totem, lirika, fetish

  1. “Devoni lugʻotit turk” tarkibiga qancha maqol kiritilgan?

300 ga yaqin
250 ga yaqin
310 ga yaqin
450 ga yaqin

  1. “Masal” atamasi nechinchi asrgacha qoʻllanib kelingan?

XX asr boshlarigacha
XIX asr oxirigacha
XX asr oʻrtalarigacha
XX asrgacha

  1. Ertak soʻzi qaysi asarda “etuk” shaklida keltirilgan?

“Devonu lugʻati turk”
“Farhod va Shirin”
“Qissasi rabgʻuziy”
“Hayratul abror”

  1. Ertaklarning 3 ta yirik turini toping.

Hayvonlar, sehrli ertaklar va maishiy ertaklar
Sehrli ertaklar, sabzavotlar va hayvonlar
Dehqonlar, maishiy ertaklar va hayvonlar
Kampirlar, yaxshi ertaklar va yomon ertaklar

  1. “Askiya” soʻzi qanday tildan olingan va uning ma’nosi nima?

Arab tilidan olingan, sof fikrli degan ma’noni bildiradi
Lotin tilidan olingan, oʻtkir zehinli degan ma’noni bildiradi
Oʻzbek tilidan olingan, bilimdon degan ma’noni anglatadi
Ingliz tilidan olingan, hazil degan ma’noda

  1. Allalarni qanday qoʻshiqlar tarkibiga kiritamiz?

Lirik qoʻshiqlar
Sujetli qoʻshiqlar
Mavsum marosim
Mehnat qoʻshiqlari

  1. Folklorshunoslik nimani oʻrganadi?

Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganadi
Xalq donoligini oʻrganadi
Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganmaydi
Xalq ogʻzaki ijodini tahlil qiladi

  1. Oʻzbek xalq ijodini oʻrganish qaysi asrdan boshlangan?

XX asrning 20 yillaridan
XIX asrning 1 yarmidan
XVIII asr 2 yarmidan
XXI asrdan

  1. Hunarmandchilik bilan aloqador mehnat qoʻshiqlari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?

«Xoʻsh xoʻsh», «Boʻzchi qoʻshiqlari»
«Kashta qoʻshiqlari», «Lirik qoʻshiqlar»
«Alla qoʻshiqlari», «Yor yor » qoʻshiqlari
«Xoʻp mayda», «Marsiyalar»

  1. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarini yozib olish qaysi asrdan boshlangan?

XIX asr boshlaridan
XV asrdan
XI asrdan
XVI asrdan

  1. Xalq dostonlarining yozma nusxalari qachon vujudga kelgan?

XIX asrdan
XV asrdan
XVI asrdan
XVII asrdan

  1. Mehnat qoʻshiqlari qaysilar?

«Xoʻp xayda», «Yorgʻuchoq»
«Ramazon»
«Kelin salom»
«Alla», «Yor yor»

  1. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli qaysi dostonchilik maktabining vakili hisoblanadi?

Bulungʻur dostonchilik maktabi
Xorazm dostonchilik maktabi
Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi
SHerobod dostonchilik maktabi

  1. Oʻzbek xalq folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri qaysi?

Maqol
Ertak
Doston
Lapar

  1. Bulungʻur dostonchilik maktabining soʻnggi vakili kim va undan qancha doston yozib olingan?

Fozil Yoʻldosh oʻgʻli 20 ga yaqin
Suyar shoir 5 ta
Jumanbulbul 20 ta
Joʻra Fozil shoir 15 ta

  1. Past devordan qaragan, Toʻy qachon deb soʻragan, Salom salom kelin salom, salom. Nuqtalar oʻrnida tushib qolgan soʻz qaysi?

Qoʻshnilariga
Opalariga
Qaynonasiga
Onasiga

  1. Dehqonchilik bilan bogʻliq qoʻshiqlar qaysilar?

Qoʻsh qoʻshiqlari
Sogʻim qoʻshiqlari
Mehnat qoʻshiqlari
Charx qoʻshiqlari

  1. Qadimgi Oʻrta Osiyo xalqlaridagi qoʻshiq va termalar namunalari bizgacha kimning qaysi asari orqali etib kelgan?

Mahmud Qoshgʻariy «Devoni lugʻati turk»
Yusuf Xos Xojib «Qutadgʻu bilig»
Ahmad Yugnakiy «Hibat ul haqoyiq»
Lutfiy «Gul va Navroʻz»

  1. Xalq qoʻshiqlarini oʻrganishda M.Alaviyaning qaysi monografiyasi alohida oʻrin tutadi?

«Oʻzbek xalq qoʻshiqlari»
«Kuntugʻmish» dostoni
Xalq laparlari
Oʻzbek xalq marosim qoʻshiqlari

  1. «Mif» atamasi qanday ma’noni ifodalaydi?

Soʻz, rivoyat
Ertak
Topishmoq
Lapar

  1. «Anaxita» haqidagi toʻgʻri taʻrifni belgilang?

Zabardast mard goʻzal qiz
Adolatli shoh
Yovuzlik xudosi
Suv xudosi

  1. Shiroq dushman qoʻshinini saklar oldiga olib boriladigan yoʻlda necha kun yuradi?

7 kun
5 kun
8 kun
18 kun

  1. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiga kirmaydigan turni belgilang

Roman, doston
Maqol, matal
Lapar, ertak
Ertak, alla

  1. Nikoh toʻylarida qizning uyida oʻtkaziladigan laparxonlik nima deb yuritiladi?

Qiz oqshomi, qizlar maylisi, qiz oshgan
Yor yor, oʻlan, lirik terma, kelin salom
Qiz oshi, lapar, oʻlan
Bayt gʻazal, kelin salom

  1. Nechanchi yilda Gʻ.O.Yunusov, Fozil Yoʻldosh tilidan «Alpomish» dostonini yozib olgan?

1922
1920
1921
1923

  1. Folkloristika qanday xarakterga ega boʻlgan soha hisoblanadi?

Jamoa ijodi mahsuli boʻlishi
Variantlilik xarakteriga ega boʻlishi
Qorishiq xarakterga ega boʻlishi
Chuqur an’anaviylik xarakterga ega boʻlishi

  1. Oʻzi gʻir mitti, urdi yiqitdi. Topishmoqning javobi nima?

Uyqu
Bolgʻa
Xayol
Arra

  1. Dastlabki qoʻshiqlar qanday maqsadda yaratilgan?

Estetik zavq berish
Tabiatga taʻsir koʻrsatish
Chorva boqish
Mehnat qilish

  1. Folklor sohasida mashhur boʻlgan baxshilarni koʻrsating.

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, F.Yoʻldosh
Arslon Nazar oʻgʻli, Abdulla shoir
Gʻiyosiddin Xondamir, CHandiy
CHandiy, Abdulla shoir

  1. 1922 yil Gʻozi Olim Yunusov qaysi dostonlarni yozib oladi va matbuotda e’lon qildi?

Alpomish
Goʻr oʻgʻli
Rustam
Ravshan

  1. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining hunarmandchilik qoʻshiqlariga qaysilar kiradi?

Yorgʻichoq, oʻrmak
Sust xotin
Turey turey
Lapar, terma

  1. Mehnat qoʻshigʻiga qaysilar kiradi?

Qoʻshchi, xoʻp hayda, yorgʻinchoq
Oʻlan, lapar, yor yor, alla
Qoʻshchi, alla, lapar
Xoʻp xayda, yorgʻinchoq, qoʻshchi, turey turey

  1. Gerodotning «Tarix» asarida qaysi jangnoma keltirilgan?

Shiroq
Toʻmaris
Goʻroʻgʻli
Layli va Majnun

  1. «Toʻmaris» va «Shiroq» rivoyatlari qanday koʻrinishdagi rivoyat sanaladi?

Qahramonlik
Jangnoma
Romantik
Realistik

  1. Sehrgarlik ertaklariga qaysi ertaklar kiradi?

Husniyabonu
Susambil
Boʻgʻirsoq
Guliqahqah

  1. «Alla» soʻzi qanday ma’noni anglatadi?

Bolani uxlatish
Ovutmoq
Avaylamoq
Tarbiyalamoq

  1. Bolalar xalq ogʻzaki ijodi orasida qaysi bir qoʻshiq bahorda aytiladi?

Boychechak
Erkalamalar
Aytim olqishlar
Aytishuvlar

  1. «Tez aytish»da bolalarning qaysi jihati namoyon boʻladi?

Soʻzlarni ravon talaffuz etishi
Nutqining ravonligi
Tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilishi
barchasi toʻgʻri

  1. «Askiya» soʻzi qanday ma’noni ifodalaydi?

Kulgi, qahqaha
Tortishuv, bahslashuv
Zakiy, azkiyo
Masxaralamoq, hajv qilmoq

  1. Xalq orasida keng qoʻllanilgan askiya turlarini belgilang.

Hammasi toʻgʻri
Oʻxshatdim
Gulmisiz, rayxonmisiz, jambilmisiz
Boʻlasizmi

  1. Askiyaning qaysi turi boshqalariga nisbatan koʻp qoʻllaniladi?

payrov
gulmisiz, rayhonmisiz
oʻxshatdim
boʻlasizmi

  1. Doston soʻzi qanday ma’nolarda ishlatiladi?

Ertak, afsona, asotir, qissa
Mif, shonu shuhrat, lof
Sarguzasht, hikoya qilmoq
Qissa, hikoya, shonu shuhrat

  1. Toʻmaris siymosida tasvirlangan rivoyatning bizga qadar yetib kelgan varianti nima?

Oysuluv
Shohsanam
Shiroq
Zarina

  1. Shakli, vazifasi, ishharakati jihatidan birbiriga oʻxshash predmet, narsa va hodisadan jumboqlanib, ikkinchisiga xos oʻxshash belgilar asosida uni topishga moʻljallab she’riy yoki nasriy tuzilishda berilgan savol yoki topshiriq folklorshunoslikda nima deb yuritiladi?

Topishmoq
Alla
Doston
Ertak

  1. Maqollarda keng qoʻllaniladigan badiiy san’atlarni toping.

Oʻxshatish va mubolagʻa
Istiora va intoq
Tazod va qiyos
Husni tahlil va talmeh

  1. Qoʻgʻirchoq teatrining dastlabki uch turini belgilang.

«CHodir jamol», «CHodir xayol», «Fonus xayol»
«Tegirmonchining uylanishi», «Sarkardalar»
«Yoʻldosh yasovul pardasi», «Dangasa er va zarbdor xotin»
«Oftobxon va moxitabon», «Polvon kachal sarguzashtlari»

  1. «Alpomish» dostoni qaysi davr voqealari asosida yaratilgan?

X XI asrlar
XIV XV asrlar
XIX XX asrlar
XVIII XIX asrlar

  1. «Alpomish» dostonini yozib olishda ishtirok etgan shoirning nomini toping.

Hamid Olimjon
Maqsud SHayxzoda
Oybek
Abdulla Qahhor

  1. Alpomish etti yoshida bobosi Alpinbiydan qolgan necha botmonlik sari yoydan otib, Asqar togʻining choʻqqisini uchirgan?

Oʻn toʻrt botmon
Yigirma botmon
Ellik botmon
Sakson botmon

  1. Barchinga zoʻrlik bilan uylanmoqchi boʻlgan qahramon nomini toping.

Ultontoz
Qorajon
Qultoy
Koʻkaldosh

  1. «Alpomish» dosonida Qaldirgʻoch obrazi qanday voqea munosabati bilan asarga kirib keladi?

Yashirib qoʻyilgan xatni akasiga maʻlum qilish voqeasi
Alpomishni uzoq safarga undan sababi bilan
Ultontozga tutqin boʻlgan voqealar munosabati bilan
Barchinni qutqarish uchun safarga chiqqan Alpomish bilan xayrlashuv

  1. Qultoy Alpomishga kim boʻladi?

Doʻsti, oshnasi
Dushmani, raqibi
Tarbiyachisi, ustozi
Adolatsiz, hukmdor

  1. Alpomish» dostonidagi salbiy qahramonlarning nomlarini toping.

Toychaxon, Ultontoz
Hakimbek, YOdgor
Qorajon, Qultoy
Boysari, Boyboʻri

  1. Nor oʻlgan soʻng toʻkar koʻzdan yoshimni, Ulton kesar zulm bilan boshimni, Yigʻlatadi qavmu qarindoshimni, Quzgʻunlarga emish qolar goʻshimni. Quyidagi soʻzlar «Alpomish» dostonidagi qaysi qahramon tilidan aytilgan?

Barchin tilidan
Qorajon tilidan
Qultoy tilidan
Qaldirgʻoch tilidan

  1. Jangnoma turkumidagi dostonni belgilang.

«Alibek va Bolibek»
«Ravshan», «Alpomish»
«Goʻroʻgʻli», «Orzigul»
«Farhod va SHirin»

  1. «Doston» soʻzining ma’nosi nimani anglatadi?

Qissa, hikoya, sarguzasht
Matal, topishmoq, masal
Qoʻshiq, ashula, kuy
Lapar, yalla, oʻlan

  1. «Latifa» janr sifatida shakllangan davr qaysi asrga toʻgʻri keladi?

XV XVI asrlarga
IX XI asrlarga
XIX XX asrlarga
XVII XVIII asrlarga

  1. XIX asrga qadar latifa qahramoni qanday nomlangan?

Aldar koʻsa
Bir kishi, Mashrab
Mirali
Birbol

  1. Qаysi qаtоrdа fоlklоrgа хоs хususiyat nоtoʻgʻri sаnаlgаn?

Аn’аnаviylik fоlklоrning yashаsh tаrzi.
Fоlklоr оgʻzаki ijоd
Fоlklоrning ijоdkоri хаlq.
Fоlklоr –jаmоа ijоdi.

  1. «Kuntugʻmish» dоstоnining qаysi tipgа mаnsubligi qаysi jаvоbdа toʻgʻri koʻrsаtilgаn?

Ishqiyrоmаnik dоstоn
Kitоbiy dоstоn
Mаishiy –rоmаnik dоstоn
Tаriхiy dоstоn

  1. Oʻzbеk fоlklоrining еng yirik hаjmli jаnri qаysi?

Dоstоn
Rivоyat
Еrtаk
Аfsоnа



  1. Mаrоsimgа аlоqаsiz qoʻshiqlаrni аniqlаng.

Lirik qoʻshiqlаr, hаjviy qoʻshiqlаr
Yigʻilаr, yor yorlаr
Qoʻshiqlаr, kеlin sаlоmlаr
Lаpаrlаr, oʻlаnlаr

  1. Kаshtа turlаri qаysi jаvоbdа nоtoʻgʻri koʻrsаtilgаn?

Jimаlаy
Bоsmа
Sаnаmа
Oʻrmаk

  1. Хоtin – qizlаr ip yigirish mаshgʻulоti vаqtidа qаndаy qoʻshiqlаrni kuylаshgаn?

Urchuq qoʻshiqlаrini
Boʻzchi qoʻshiqlаrini
Kаshtа qoʻshiqlаrini
Oʻrmаk qoʻshiqlаrini

  1. Хаlq оrаsidа toʻqilgаn sаhnаviy аsаrlаr qаndаy аtаmа bilаn nоmlаnаdi?

Оgʻzаki drаmа
Аskiya
Mаsхаrаbоzlik
Qoʻgʻirchоq tеаtri

  1. Qоchirim soʻzlаrni ilgʻаb оlish vа ungа jаvоb tоpа bilish sаn’аti qаndаy yuritiladi?

Аskiya
Tоpishmоq
Lоf
Lаtifа

  1. Muаyyan mаvzu аtrоfidа ijrо еtilаdigаn аskiyalаr аskiyaning qаysi turi hisоblаnаdi?

Pаyrоv
“Boʻlаsizmi”
Tutаl
Rаbbiya

  1. Soʻzgа chеchаnlik musоbаqаsi shаklidа ijrо qilinаdigаn jаnrni bеlgilаng.

Аskiya
Dоstоn
Lаtifа
Lоf

  1. “Аvеstо”dа ikki yaratuvchi kuch qaysilar?

Axuramazda, Axriman
Anaxita, Mitra
Zevs, Kayumars
Axuramazda, Odami Od

  1. Rivoyatlar qanday turlarga boʻlinadi?

Toponimik, tarixiy
Oykonomik, nekronomik
Gidronomik, toponomik
Oronomik, gidronomik

  1. Аhоli yashаydigаn jоylаr nоmining kеlib chiqish sаbаblаrini izоhlоvchi rivоyatlаr qаnday nоm bilаn yuritiladi?

Оykоnоmik rivоyatlаr
Оrоnimik rivоyatlаr
Tаriхiy rivоyatlаr
Gidrоnоmik rivоyatlаr

  1. Qаysi jаnrdаgi fоlklоr аsаrining yakunidа qissаdаn hissа chiqаrilаdi?

Rivоyatdа
Еrtаkdа
Аfsоnаdа
Nаqldа

  1. Yagоnа hаjviy qаhrаmоn оbrаzi bilаn bоgʻliq jаnr qаysi?

Lаtifа
Sаtirik qoʻshiqlаr
Lоf
Аskiya

  1. Qаysi еrtаklаrning syujеtidа insоn zоti аrаlаshmаydi?

Hаyvоnlаr hаqidаgi еrtаklаrdа
Sеhrli еrtаklаrdа
Mаishiy еrtаklаrdа
Sаtirik еrtаklаrdа

  1. Хаlqning ахlоqiy qаrаshlаri vа turmush tаjribаlаridаn tugʻilgаn sаbоqlаrni ifоdа еtuvchi jаnrlаrni bеlgilаng:

Mаqоl vа nаql
Еrtаk, аskiya
Аfsоnа, lоf
Lаtifа vа lоf

  1. Insоn hаyotidаgi muhim vоqеаni nishоnlаshgа qаrаtilgаn, rаsmiy vа ruhiy vаziyatdа oʻtаdigаn, oʻz rаmziy хаrаkаtlаrigа hаmdа oʻz fоlklоrigа еgа hаyotiy tаdbir qаndаy nоm bilаn yuritiladi?

Toʻy
Mаrоsim
Bаyrаm
Urfоdаt

  1. Tugʻilgаn chаqаlоqqа ism qoʻyish mаrоsimi qаndаy nоm bilаn yuritiladi?

Аqiqа
Bаyrаm
Toʻy
Nikоh

  1. Qаysi hukmdоrlаr dаvridа Nаvroʻz bаhоrdа еmаs, yozdа nishоnlаngаn?

Аhamоniylаr dаvridа
Sоsоniylаr dаvridа
Sоmоniylаr dаvridа
Qоrахоniylаr dаvridа

  1. Oʻzbеklаrdа yomgʻir chаqirish mаqsаdidа oʻtkаzilаdigаn mаrоsimning nоmi qаndаy yuritilgan?

«Sust хоtin»
«Chаlа хоtin»
“Yas yasun”
«Chоy mоmо»

  1. «Qizlаr bаzmi» mаrоsimida qаysi jаnrgа munsub аsаr ijrо еtilаdi?

Lаpаr
Qoʻshiq
Yor yor
Kеlin sаlоm

  1. Mоtаm qoʻshiqlаrining prоfеssiоnаl ijrоchisi qаndаy nоmlаnаdi?

Goʻyandа
Bахshi
Nаhvаgаr
Yigʻichi

  1. Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha boʻgʻinli barmoq vaznida kuylanadi?

yetti hijoli vaznda
toʻqqiz boʻgʻinli vaznda
sakkiz boʻgʻinli vaznda
besh hijoli vaznda

  1. “Kuntugʻmish” dostonida Xolbeka bilan Kuntugʻmish bir birlarini qanday koʻrib qoladilar?

tushlarida
ov paytida
nard oʻyinida
ziyofatda

  1. “Kuntugʻmish” dostonidagi Kuntugʻmishning yurti toʻgʻri berilgan qatorni aniqlang.

Noʻgʻay
Qalmoq
Chanbil
Zangar

  1. “Kuntugʻmish” dostonida Qilichxon laqabli shaxs uchraydi. U aslida kim edi?

Noʻgʻay podshosi
Azbarxoʻja
Xolmoʻmin yasovulboshi
Zangar podshosi

  1. “Bizlarga farzand bersa, oʻgʻil boʻlsa qoʻlqanot boʻlsin, qiz boʻlsa doʻst boʻlsin” degan fikrlar qaysi dostonda keltirilgan?

“Kuntugʻmish”
“Alpomish”
“Malika ayyor”
“Ravshan”

  1. “Har kim meni olaman desa, oldiga nard oʻyinini qoʻyaman, oʻynayman, utsa tegaman, utdirsa soʻyaman” deb shart qoʻygan malika kim va u qaysi doston qahramoni?

“Kuntugʻmish” Xolbeka
“Ravshan” Zulxumor
“Malika ayyor” Gulqiz
“Alpomish” Barchin

  1. «Kuntugʻmish» dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda koʻradilar?

Xolmoʻmin yasovulboshinikida
Buvraxon podshonikida
Olim sayyodning uyida
Kampirning uyida

  1. «Kuntugʻmish» dostonidagi Kuntugʻmish va Xolbeka taqdirini qaysi timsollarsiz tasavvur etish qiyin?

Xolmoʻmin, Qilichxon, Azbarxoʻja
Mullavachcha, Zamonqul, Qosim
Xolmoʻmin, Toxir vazir, Zamonqul
Shoir vazir, Avliyoyi Qoraxon, Mullavachcha

  1. Sovchilarga “Har kim meni olaman deb kelsa oldiga nard oʻyinini qoʻyaman oʻynayman yutsa tegaman, yuttirsa soʻyaman” deya shart qoʻygan malika obrazi qaysi dostonda uchraydi?

“Kuntugʻmish”
“Alpomish”
“Ravshan”
“Rustamxon”

  1. Qaysi dostonda chiltonlar va mardon gʻoyiblar obrazi mavjud?

“Kuntugʻmish”
“Malika ayyor”
“Ravshan”
“Alpomish”

  1. Qaysi dostonda ota oʻz farzandiga safar oldida “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zoʻr yarar kuningga” degan hikmatomuz maslahat beradi.

“Kuntugʻmish”
“Ravshan”
“Malika ayyor”
“Alpomish”

  1. Qaysi dostonda boʻrining “gurk” deb nomlanish holati uchraydi?

“Kuntugʻmish”
“Malika ayyor”
“Alpomish”
“Ravshan”

  1. “Kuntugʻmish” dostonida Kuntugʻmish Mohiboy va Gurkiboyning oʻz oʻgʻli ekanligini qanday bilib qoladi?

Mohiboyning jallodlarga aytgan soʻzlaridan soʻng
Xolmoʻminning gaplaridan soʻng
Xolbekaning jallodlarga aytgan soʻzlaridan soʻng
Gurkiboyning otasiga aytgan soʻzlaridan soʻng

  1. Kuntugʻmishning oʻgʻillariga kim ism qoʻygan?

Mohiboyga baliqchi, Gurkiboyga choʻponlar
Kuntugʻmishning oʻzi
Xolbekaning maslahati bilan Buvraxon
Gurkiboyga baliqchi, Mohiboyga choʻponlar

  1. “Kuntugʻmish” dostonida Mohiboy bilan Gurkiboy balogʻatga yetganlaridan soʻng ilk bor qayerda uchrashadi?

daryoning boʻyida
togʻda
ziyofatda
bozorda

  1. Xolbeka Kuntugʻmish bilan tanishish uchun, sandiqqa nimalarni solib, daryoga oqizib yuboradi?

soch, surat, uzuk
tilla, uzuk, surat
uzuk, soch, tilla
soch, surat, tilla

  1. Qaysi dostondagi bosh qahramonning hayoti qahramonlik bilan kechadi?

“Alpomish”
“Malika ayyor”
“Ravshan”
“Kuntugʻmish”

  1. “Togʻda talaymonni koʻrdim, Suvda sulaymonni koʻrdim. Tuzsiz pishgan oshni koʻrdim, Yumalab yotgan toshni koʻrdim” topishmogʻining javobini belgilang:

Boʻri, baliq, sumalak, toshbaqa
Goʻroʻgʻli, Misqol pari, qayroq tosh
Boʻri, Sulaymon paygʻambar, sumalak, toshbaq
Ariqqa yumalab yiqilgan kuyov bolaning yangi kelinchak ovqati tanovvuli

  1. Mifologik Ya’juj Ma’juj xalqi asosan nima bilan shugʻullanadi?

Iskandar Devorini buzish bilan
Kentavrlarni va serenalarni ovlash bilan
zaharli virus kasalliklarni oʻylab topish bilan
Alvasti va mortuvlar uchun xazina izlab ajdarholarni oʻldirish bilan

  1. “Devonu lugʻotit turk” asarida mif tushunchasi qanday soʻz bilan ifodalangan?

Sav
Tabzugʻ
Yir
Bilik

  1. Anqo, jin, ruh, Odami Od, Morut, Lot, Manot, Eram kabi mifologemalari aslida qaysi xalq folkloriga tegishli?

Arab
Fors
Yahudiy
Turk

  1. «Avesto»da ilk foniy odam kim?

Qayumars
Yima
Zahhok
Zardoʻsht

  1. “Qur hayt” degan Barchinoyning tovushi qaysi tulporni qulogʻiga yetib boradi?

Boychibor
Gulgun
Gʻirkoʻk
Koʻkdoʻnan

  1. Xalq ogʻzaki ijodi ilmda nima deb yuritiladi?

Folklor
Baxshichilik
Laparchi
Termalar

  1. Folklor atamasini fanga kiritgan olim kim?

Vilyam Toms
Madayev Omonulla
Fozil Yoʻldosh oʻgʻli
Gʻulom Karimov

  1. Folklor atamasining ma'nosi nima?

Xalq donoligi
Qadimgi qoʻshiqlar
Marosim qoʻshiqlari
Ogʻzaki ijod

  1. Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganuvchi olim nima deb yuritiladi?

Folklorshunos
Baxshi
Adabiyotshunos
Jamiyatshunos

  1. Ogʻzaki ijodning “quroli” nima?

Soʻz
Gap
Harakat
Termalar

  1. Folklorshunoslik fanining xususiyatlari nechta?

Beshta
Oltita
yettita
Sakkasta

  1. Dunyo, insoniyat, odamning paydo boʻlishi haqidagi qadimgi sodda hikoyalar ilmda nima deb ataladi?

Mif
Afsona
Rivoyat
Uydirma

  1. Oʻrta Osiyoda yashaydigan xalqlarning oʻtmish hayoti haqidagi miflarning dastlabki na'munalari qaysi kitopda uchraydi?

“Avesto” kitobida
“Devoni lugʻati turk” asarida
“Qutadgʻu bilig” asarida
Barcha kitoblarda

  1. “Avesto” kitobi necha mol terisiga bitilgan?

Oʻn ikki ming mol terisiga
Oʻn ming mol terisiga
Oʻn besh ming mol terisiga
Oʻn bir ming mol terisiga

  1. “Animizm” lotin tilidan olinganda qanday ma'noni anglatadi?

Jon, ruh ma'nosini anglatadi
Hayvonlarga sigʻinish ma'nosini anglatadi
Narsa, buyumlarga sigʻinish ma'nosini anglatadi
Olovga sigʻinish ma'nosini anglatadi

  1. Afsonalarning nechaga boʻlib tahlil qilish mumkin?

Uchga
Beshga
Oltiga
Turtga

  1. Afsonalarni tasnif qilishda nima asos boʻlib hisoblanadi?

Ularning mazmuni
Gʻoyasi va shakli
Qaxramonlar tizimi
Fqat tuzilishi

  1. “Rivoyat” soʻzi qaysi tildan olingan?

Arab tilidan
Fors tilidan
Hind tilidan
Lotin tilidan

  1. Xalq maqollari shakl va mazmun jihatidan qaysi janrga yaqin turadi?

Matal janriga
Latifa janriga
Afsona janriga
Topishmoq janriga

  1. “Devoni lugʻatit turk” asarida topishmoq janri qanday nom bilan atalgan?

Tabzugʻ
Topishmoq
Sav
Matal

  1. Bizdan boshqa jaxonda birorta xalq ogʻzaki ijodida uchramaydigan janr qaysi?

Askiya
Latifa
Maqol
Topishmoq

  1. Askiya san’atini ilmiy oʻrgangan olim kim?

Muhammadiev R.
Madaev O.
Juraev M.
Abduraxmonov A.

  1. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha latifalarning shakllanishi va rivojlanishi qaysi asrlarga toʻgʻri keladi?

IX XI asrlarga
IX XII asrlarga
IX XIII asrlarga
XI XII asrlarga

  1. Oʻzbek folklorshunosligi fani asoschisi kim?

H.Zarifov
O.Madaev
M.Joʻraev
R.Sharif

  1. Tabligʻ, igʻroq, gʻuluv tushunchalari xalq ogʻzaki ijodining qaysi janrida uchraydi?

Lof janrida
Latifa janrida
Maqol janrida
Topishmoq janrida

  1. Loflar badiiy adabiyotning qaysi turiga mansub janr hisoblanadi?

Epik turga
Lerik turga
Dramatik turga
Hammasiga

  1. Ertak janri “Devoni lugʻatit turk” asarida qanday nom bilan qoʻllangan?

Etuk
Sav
Choʻpchak
Ertak

  1. Xalq ertaklarining mazmun va hayotdagi voqyelarni tasvirlashiga koʻra necha turi mavjud?

Uch turi
Besh turi
Olti turi
Ikki turi

  1. Fozil Yoʻldosh oʻgʻli dunyoga kelgan qishloq nomi qaysi edi?

Loyqa qishlogʻi
Qoʻrgʻon qilogʻi
Yangiobod qishlogʻi
Qatagʻon qishlogʻi

  1. Adabiyotshunosligimizda qadimgi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodining janr xususiyatlarini oʻrganishni boshlab bergan olimni aniqlang.

Mahmud Qoshgʻariy
Alisher Navoiy
Mahmud Zamaxshariy
Abdurauf Fitrat

  1. Turkiy xalqlar qadimda qaysi adabiy janrni tabzugʻ deb atashgan?

topishmoqni
marsiyani
ertakni
rivoyatni

  1. Gerodotning «Tarix» kitobida berilgan «Doroning Skifiyaga yurishi» qissasida topishmoqning qanday shakli keltirilgan?

narsa buyum shakli
soʻz shakli
qush, sichqon, qurbaqa, beshta kamon oʻqi
soʻz buyum shakli

  1. Arab tilida “mazammat” deb ataladigan qadimgi turkiy adabiy janr nomini toping.

qargʻaq
alqish
hamd
sandrush

  1. Qaysi qadimgi turkiy adabiy janrning asl ma’nosi “bir soʻzning boshqa soʻzlarga qoʻshilishi” boʻlib, ikmiy atama sifatida ma’lum bir vazn talab qilgan miqdordagi soʻzlar qoʻshilmasi – tizmasini anglatadi?

qoshugʻ
ashula
ruboiy
alqish

  1. Oʻquv darsliklarida keltirilgan qadimgi xalqlarimizning mehnat va marosimlari bilan bogʻlangan koʻplab she’rlari qaysi qadimiy janrning nodir namunasi hisoblanadi?

qoʻshiqlarning
olqishlarning
toʻrtliklarning
oʻtluklarning

  1. «Devonu lugʻotit turk»da voqeiy tasvirga xos bir necha janrning umumlashma nomi ma’nosida berilgan, hozirgi adabiyotshunoslikdagi epik tur atamasiga yaqin turadigan soʻz qaysi qatorda berilgan?

sav
etuk
oʻtkunch
otalar soʻzi

  1. Toʻligʻicha tavbanoma matnlaridan tashkil topgan asar nomi joylashgan qatorni toping.

«Xuastuanift»
«Avesto»
«Oltn yoruq»
«Irq bitigi»

  1. Qaysi asar qadimgi turkiy adabiy janrlarning adabiy jarayonda mavjudligini aniqlashda asosiy manba sanaladi?

«Devonu lugʻotit turk»
«Osori ul boqiya»
«Avesto»
«Xuastuanift»

  1. «Alpomish» dostonida Alpomishning kelib chiqish shajarasi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Dobonbiy – Alpinbiy – Boyboʻri – Alpomish
Alpinbiy – Dobonbiy – Boyboʻri – Alpomish
Dobonbiy – Alpinbiy – Boysari – Alpomish
Alpinbiy – Dobonbiy – Boysari – Alpomish

  1. «Alpomish» dostonida Barchinoyning kelib chiqish shajarasi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Dobonbiy – Alpinbiy – Boysari – Barchin
Dobonbiy – Alpinbiy – Boyboʻri – Barchin
Alpinbiy – Dobonbiy – Boyboʻri – Barchin
Alpinbiy – Dobonbiy – Boysari – Barchin

  1. «Alpomish» dostonida Alpomish va uning yor u birodarlari qaysi elning vakillari edi?

qoʻngʻirot
qalmoq
turk
nayman

  1. «Alpomish» dostonida qaysi qahramonning ikki oʻgʻil farzand koʻrganligi ta’kidlangan?

Alpinbiyning
Dobonbiyning
Boyboʻrining
Boysarining

  1. «Alpomish» dostoni Boyboʻri bilan Boysari bir choʻprontoʻyda nima sababdan izza boʻlishadi?

farzandsizligidan
toʻyga kech kelishganidan
toʻyga toʻyono berishmaganidan
toʻyga bosh boʻlishmaganidan

  1. «Alpomish» dostoni Boyboʻri bilan Boysari bir choʻprontoʻyga borishganda xafa boʻlishib, necha tillani toʻyga tashlab ketishadi?

80 tillani
100 tillani
80 tilladan 160 tillani
100 tilladan 200 tillani

  1. «Alpomish» dostonida zikr etilgan Shohimardon piri ravzasiga borib necha kun tunagan kishi murodiga yetar ekan?

qirq kun
bir oy
toʻqson kun
yuz kun

  1. «Alpomish» dostonida Alpomishning asl ismi kim?

Hakimbek
Alp Er Toʻnga
Afrosiyob
Rahimbek

  1. «Alpomish» dostonida Shohimardon piri kimning oʻng kiftiga besh qoʻlini uradi va besh qoʻlining oʻrni dogʻ boʻlib, besh panjaning oʻrni bilinib qoladi?

Hakimbekning
Qorajonning
Barchinoyning
Qaldirgʻochning

  1. “...Bularni biz bilmas edik va bilmasdan turib, oʻzbek tilining qashshoqligi haqida yolgʻon afsonalar ham toʻqib yurar edik. «Alpomish» da bu kungi adabiy tilimiz, matbuot tili uchun praktik ahamiyatga ega boʻlgan soʻzlar juda koʻpdir...» e’tirofining muallifi kim?

Hamid Olimjon
V. Jirmunskiy
T. Mirzaev
Abdurauf Fitrat

  1. Qaysi janrga “haddan tashqari boʻrttirilgan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan yolgʻon gap» ta’rifi koʻproq mos keladi?

Lof
mif
Oshiqning sevgi qoʻshigʻida
“Pari”larning va’dalarida

  1. Navroʻz bayrami elimiz orasida yana qanday nomlangan?

Yilboshi
Qoratun
Qoraqish
Hamal bayrami

  1. Oʻzlarining ota bobolari ayiq, hoʻkiz, ot, ilon, boʻri, it, boʻgʻi kabi hayvonlardan kelib chiqqan deb tushuniladigan va ularga e’tiqod qoʻyilagan qarash nima deb ataladi?

Download 355.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling