Xalq pedagogikasida ota-ona va farzandlarning o’zaro munosabatlari Reja
Download 32.46 Kb.
|
2chis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning hissiy-emotsional muloqot
- Jismoniy quvvatni ta’minlash
Xalq pedagogikasida ota-ona va farzandlarning o’zaro munosabatlari Reja: Oila ichidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasi. Ota-ona – bola munosabatlari tizimi. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari. Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar. Oila- o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarning o‘z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi. Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq. Oilaning hissiy-emotsional muloqot funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehroqibat, o‘zaro g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – madaniy, ma’naviy merosni avloddan-avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini ta’minlab turishdan iborat. Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutad. Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z naslnasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi. Reproduktiv funksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi. Download 32.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling