Xalq qahramoni haqida, Maxtumquli ijodi Reja


Download 52.08 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi52.08 Kb.
#1383540
Bog'liq
Xalq qahramoni haqida, Maxtumquli ijodi


Xalq qahramoni haqida, Maxtumquli ijodi
Reja:



  1. Maxtumquli hayoti va ijodi.

  2. Shoir she`riyatining g`oyaviy-estetik xususiyatlari.

  3. Shoir she`rlarining o`rganilish tarixi.

  4. Maxtumquli merosi..

  5. Xulosa .

  6. Foydalangan adabiyotlar

Kirish.
Maxtumquli hayoti va ijodi. Ulug` turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli 1733 yili Atrek daryosi bo`yidagi Xojigovshan ovulida tug`ilgan. Uning ilk ustozi Ozodiy taxallusi bilan she`rlar yozgan otasi Davlatmamad edi. Oilada xat-savodini chiqargan bo`lajak shoir taxminan olti yoshidan ovul maktabida - Niyozsolih mulla qo`lida o`qiy boshlaydi. O`tkir zehni va tirishqoqligi bilan o`quvchilar orasida alohida ajralib turgan Maxtumquli keyin Qiziloyoq (hozirgi Chorjuy viloyati, Xalach tumani) dagi Idris bobo madrasasida tahsilini davom ettiradi. So`ng Xivaning Sherg`ozixon madrasasida ilmini kamolga yetkazadi. Shuningdek bir muddat Buxorodagi Ko`kaldosh madrasasida ham o`qigani haqida rivoyatlar mavjud.
Maxtumquli badiiy so`zni yuksak qadrlagan va ijodiy qobiliyatga ega ma`rifatli oilaga mansub. Atrek janubidagi viloyatda tug`ilgan bobosi (voqean, uning ismi ham Maxtumquli bo`lgan - shoirga bobosining otini berishgan) tirikchilik vajidan turkmanlarning gurko`z qabilasiga ish izlab keladi va urug` boshliqlaridan birining qo`lida yollanib ishlaydi. Ma`lum muddat o`tib, xujayin uni o`z jiyaniga uylantirib quyadi va u alohida xo`jalikning boshlig`iga aylanadi. Dehqonchilik qilish bilan bir­ga, otga to`qim tikish, qamchi to`qish, yugan va ayil yasash orqali daromadini muttasil oshira borib, Maxtumquli Yonachi (to`qimdo`z) nomi bi­lan dovrug` taratadi. Bo`sh qolgan vaqtlarida u qo`shiqlar to`qigan va ulardan biri bizgacha yetib kelgan.
Otasi Davlatmamad ham alohida qobiliyati bilan ajralib turar edi. U boshlang`ich ma`lumotini ovulda olib, so`ng Xiva madrasalarida o`qishini davom ettiradi. Ovulga kaytgach, bolalarni o`qitish bilan birga, qishloq xujaligi bilan shugullanadi. Agar bobosi uchun she`r to`qish shunchaki xavas bo`lgan bo`lsa, otasi xaqiqiy shoir bo`lib yetishadi. U Ozodiy taxallusi bilan ko`plab qo`shiq va g`azallar yaratadi. Uning qariyb 6 ming misradan iborat pand-nasihat mazmunidagi «Vaz`i Ozod» («Ozod vaz`i») nomli dostoni saqlanib qolgan. Bu asarlar Ozodiynnng forsiy (vokean, u yaxshigina shohnomaxon bo`lgan) va turkiy adabiyotdan, xususan, Alisher Navoiy ijodidan yetarli darajada xabardorligini ko`rsatadi.



  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

Davlatmamadniig oilasi katta bo`lib, Maxtumquli uning uchinchi o`g`li hisoblanadi. Bo`sh vaqtlarida poda boqib, otasiga kumaklashgan Maxtumquli 9 yoshidan she`r mashq qila boshlaydi.
Turkman xalqi tarixining eng notinch va og`ir davrida yashab o`tgan Maxtumquli oilaviy xayotda ham halovat topmadi. Chovdurxon boshchiligida Afg`onistonga vakil qilib junatilgan akalari Abdulla va Muhammadsafo dushmanlar tomonidan shafqatsiz o`ldiriladi. Katta xonadonning butun og`irligi Maxtumquli yelkasiga tushadi. U mudarrislik qilish, ota-bobosidan meros yonachilik kasbini davom ettirish bi­lan birga, temirchilik va zargarlik xunarlarini ham egallaydi. «Go`zal Sherg`ozi» she`ridan ma`lum bo`lishicha, u Xivada taxsil olayotgan davrida birin-ketin otasi va onasidan judo bo`lgan:


Komil bo`lib, saranjomlik qilibman,
Mashakkat-la ul padardan qolibman,
Ka`bamdan ayrilib, judo bo`libman,
Ketar bo`ldim, xush qol, go`zal Sherg`ozi!


Maxtumquli holasining qizi Mengli bilan bolalikdan birga uynab o`sgan, ikki yosh bir-biriga ko`ngil qo`ygan edi. Lenin otasi va ikki akasining bevaqt o`limi oilani moddiy jihatdan og`ir axvolga solib quygan. Maxtumqulining qalin pulini tulashga qurbi yetmasligini bilgan Menglining akalari singillarining roziligini ham suramay, uni birovga o`zatib yuboradilar. Qiz bechora qon yig`lab, boshqa oilaga kelin bo`lib tushadi. Buning ustiga, davom etib kelayotgan qadimiy urf-odatga ko`ra, Maxtumqulini katta akasining beva qolgan xotini Oqqizga nikohlab qo`yadilar. U Oqqizdan ikki ug`il ko`radi. Ug`illaridan birining ismi Sariboy, boshqasiniki Ibrohim bo`lib, birinchisi — 7, ikkinchisi - 12 yoshida nobud bo`ladi. Avval sevgilisidan, keyin nuridiydalaridan judo bo`lgan, oilaviy xayotdan baxtini topolmagan shoir chuqur qayg`u-xasrat ichida qolib, butun umrini badiiy ijodga bagishlaydi. Menglixonga atab ko`plab she`rlar yozish bilan o`nga o`ziga xos nazmiy xaykal kuyadi. Ba`zi tadqikotchilarning ta`kidlashlaricha, shoirning o`ziga Firog`iy taxallusini tanlashi ayni shu judoliklar bilan bog`lik.
Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.
Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.


Maxtumquli she`rlarida juda ko`plab joy nomlariga duch kelamiz. Bu uning ko`p sayoxat qilganligidan dalolat beradi. Safarga oq fotixa surab, otasi bilan savol-javob yusinida yozgan bir she`ri ham shoirning sayohatga, dunyoni ko`rishga xavasi kuchli bo`lganligini ko`rsatadi («Ota-ug`il dardlashuvi»). She`rda «Ko`nglim istar, safar qilsak…», «Sayron etsak necha tengu tush bilan, Magar shunda g`amgin ko`nglim xush bo`lar» kabi misralarni o`kiymiz.
«Ma`lum bo`lishicha, Maxtumquli yoshligidai sayohatlarda yurib, Kaspiy bo`yidan to Amudaryogacha kelgan. Buxoroda ta`lim olgan, so`ngra Afg`onistonga o`tgan, Hindistonda bir yilu uch oy turgan, qaytib Farg`ona (Andijon, Marg`ilon)ni ko`rgan, Qozog`istonning Turkiston shaxriga borgan. Xorazmga - Xivadagi Sherg`ozi madrasasiga kelib o`qigan, so`ng yana o`z eliga — Atrek daryosi vodiysiga, Dexistonga qaytgan.
Shundan so`ng Ozarbayjon, Eron, Turkiyaning sharqiy qismi, Iroqni aylanib kelgan.
Maxtumqulining Astraxanda bo`lganligi ham, u yerda ruslar xayoti bilan tanishganligi ham ajab emas. Xatto Eron bilan Hindiston orasidagi Ummon dengizi bo`ylarida — yo Ummon tuprog`ida (Arabiston yarim oroli bilan Iroq o`rtasida), yo xozirgi Pokiston yerlarida bo`lganligini taxmin qilish mumkin, bo`nga uning she`rla­rida ham shama` bor. Shoir O`rta Sharqdagi barcha turkman qabilalari orasiga kirib, ularning ahvolini, ozodlik mustaqillik va farovonlik orzularini bildi, shu bilan birga, og`zaki adabiyotini o`rgandi».
Mirzo Kenjabekning taxminicha, bir she`rida «Zangi boboni ko`rsam» deyishiga ko`ra, u Toshkentga ham kelgan bo`lishi kerak.
Muborak Xaj safariga borish orzusi borligini bir necha she`rlarida izhor qilgan.
Maxtumquli kubraviya tarikati shayxlari bi­lan ham, xojagon-naqshbandiya silsilasi pirlari bilan ham yaqin aloqada edi. Otasi Davlatmamad ham tasavvuf aqlini do`st tutgan. «She`rlaridan Maxtumqulining piri otasi ekanligi anglashiladi. Ammo u boshqa ko`plab murshidi komillarni ham zikr etgan». Chunonchi, Saraxsda naqshbandiya namoyandasi Niyozqo`li xalifaga murid tushishni orzu qilgan bo`lsa, Otaniyoz oxo`nga ham shogirdlik talabida bo`lgan.

  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

Sho`ro davridayoq ba`zi tadqiqotchilar Maxtumqulining tasavvufga munosabati yuzasidan ayrim muloxazalarni bildirgan edilar. Jumladan, G.Karpov xayotining muayyan davrlarida Maxtumqulining tasavvuf tariqatlari bilan aloqasi bo`lgani, binobarin, ijodida sufiyona oxanglar mavjudligiga e`tiborni qaratgan. P.Skosirev Maxtumqulining falsafiy she`rlarida shoir yaqin aloqada bo`lgan tasavvuf ilmining ta`siri shundoqqina sezilib turishini ta`kidlagan. A.Mulkamanov esa Maxtumqulining tasavvufdan nihoyatda ta`sirlangani, she`rlarida «fano tuprog`i», «ahli hol», «fakr mulki». «yor», «soxibjamol», «do`st», «zulf» kabi sufiyona istiloh-tushunchalar ko`p uchrashi, «Satashdim», «Ko`rdingmi?», «Yor sendan», «Namasan?», «Ey do`st», «Oshiq bo`lmisham» she`rlarida sufiyona rux kuchliligini qayd etgan.
Albatta, diniy-tasavvufiy mavzudagi she`rlar Maxtumquli ijodida yetakchi o`rin tutadi. Afsuski, sho`ro mafkurasi shoirning islomiy ma`rifat va tasavvuf xaqiqatlari ufurib turgan asarlari mutolaasidan bizni bebahra qilgan edi. Shuning uchun uning asosan shu mavzudagi sherlarini tanlab tarjima qilgan taniqli shoir va zaxmatkash mutarjim Mirzo Kenjabek o`z tarjimalariga yozgan so`z boshisida: «Maxtumquli Firog`iy XVIII asr ma`rifiy she`riyatining buyuk darg`alaridan bo`lib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma`rifatli siymo, orif oshiq, soxibi hikmat bo`lgan valiy zotdir. Uning insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g`oyalari bilan yugrilgan she`riyatida pok islomiy ma`rifat ruxi gurkirab, yashnab turadi», — degan fikrni bildiradi.
Maxtumquli «ahli hol, ahli sir, ahli hikmat bo`lgan orif zotdir. Ma`no olamida uning bir qancha aziz siymolar bilan irtiboti borligi anglashiladi. Bir qancha she`rlarida u haq payg`ambarlar, mashhur avliyolar bilan bog`liq tushlarini farax va shukrona bilan bayon etadi». M.Kenjabek xatto u ilmi laduniy soxibi bo`lgan deb yozadi.
Taniqli sharqshunos olim YE.Bertelsning yozishicha, Maxtumquli adabiy merosiniig umumiy miqdori taxminan 16—18 ming misraga yetadi. A.Boboyev shoirning 700 ga yaqin lirik asarlari bizgacha yetib kelganligi haqida ma`lumot beradi. O`zbek olimasi S.Shukrullayeva esa sobiq qo`lyozmalar instituti (xozirgi Uzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Xamid Sulaymon fondi)dagi 1997-raqamli qo`lyozmada shoirning 900 dan ortiq she`ru g`azallari mavjudligi to`g`risida xabar bergan edi.

  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.



Maxtumquli ijodi ko`plab chashmalardan suv ichgan: ular - Qur`oni Karim va o`nga yozilgan tafsirlar. Xadisi sharif va diniy adabiyotlar, tasavvuf falsafasi va adabiyoti, Sharq mumtoz so`z san`ati va xalq ogzaki ijodi. Shuning uchun shoir ijodida islomiy mavzularni ham, sufiyona ruxni ham, xalqona oxanglarni ham, mumtoz adabiyot ta`sirini ham ko`ramiz — ular o`zaro omuxta bo`lib, Maxtumquli asarlarining yuksak badiiyati, ta`sirchanligi va umrboqiyligini ta`minlagan. Shoir she`rlarida payg`ambarlar, avliyolar, sahobalar, tasavvuf pirlari, xalq qahramonlarining nomiga ko`p duch kelamiz.
Turkman xalqining tarixi, buguni va ertasi, urf-odatlari, an`analari, davrining muxim siyosiy-ijtimoiy hodisalari, shoirning dardu xasratlari bu she`rlarning asosiy mavzui hisoblanadi. Bu she`rlarda shoir o`z xalqini sevgan, uning dardu xasratlari bilan yongan, istiqboli uchun qayg`urgan fidoiy vatanparvar sifatida namoyon bo`ladi. Vatan va xalq mavzusi - Maxtumquli she`riyatining o`q ildizini tashkil etadi. Qator she`rlarida tarqoq turkman urug`larini birlashishga, ular o`rtasidagi o`zaro nizolarni bartaraf etishga da`vat qiladi. «Turkman adabiyoti tarixi tadqiqotchilarining ta`kidlashlaricha, Maxtumquli o`z davrida el va yurt qadr-qimmatini oyoqosti qilib kelayotgan illatlarni hammadan ko`ra ko`prok anglab yetdi. Shoir asarlarida zamondoshlarini davrda ruy berib turgan voqealarning mohiyatini chuqur idrok qilib ish tutishga chaqirdi».
Shoir she`riyatining g`oyaviy-estetik xususiyatlari. Maxtumquli she`rlarida xalq falsafasi kuchli, pand-nasihat yetakchi — u ko`rgan-kechirganlarini qalamga olib, ular yuzasidai teran xulosalar chiqaradi. Bu fikrlarning hikmat kabi jaranglashi shundan:


Xar yigitning aslin bilay desangiz,
Ma`rakada utur-turishin ko`ring.
Birov bilan oshno bo`lay desangiz,
Avval iqrorinda turishin ko`ring.
***



  1. Turkman shoirlari. T. 1963.

  2. Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.



Nomardlar ham yaramaslar, nochorlar,
To`zing ichib, ishing bo`lsa kocharlar,
Siringni fosh etib, aybing ocharlar,
Qadring bilgan ulfatingdan ayrilma!


Maxtumquli xalq maqol-matallari, hikmatli so`zlari, obrazli iboralarini juda yaxshi biladi va mahorat bilan she`rlari qatiga singdirib yuboradi. Ayni paytda, o`zi ham sodda, ixcham, lunda, teran hikmatlar yaratadiki, ular nafaqat turkman balki barcha turkiy xalqlarning hikmatli so`zlar xazinasidan joy olgan:


Olimga yondashsang, ochilar ko`zing,
Joxilga yondashsang, ko`rdek bo`larsan.
* * *
Odam bor, ming tuman yedirsang ozdir,
Odam borki, yegan noniga yetmas.
* * *
Mard yigitning ori — qilichi.
* * *
Do`zaxning timsoli bir yomon xotin.
***
Yaxshini olam orzular
* * *
Yigit qarir yomon ayol uchrasa.


Turkman shoirlari. T. 1963.
Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.
Xalq tarixi, adabiyoti va xayotini chuqur bil­gan bu donishmand inson teran fikrlarni xalqona sodda va lunda bir tarzda sheriy misralarga tizadi. Bu she`rlar xalq donoligining yorqin namunasidir. Maxtumquli asarlarining umrboqiyligini ta`minlagan eng asosiy omil xuddi shunda.
«Maxtumquli o`z davrining jaroxatlariga aql-zakovatni, iymon va e`tiqodni, axillik va hamjihatlikni, ajdodlar udumiga asoslangan hamdardlik va adolatli kurashni qarshi qo`yadi va bu tuyg`uni poetik so`z qudrati bilan ma`naviy qurol darajasiga ko`taradi.
«XVIII asr turkman xalqi uchun musibatlar davri bo`ldi. Uch tomondan - Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Eron shohligi kabi ancha kuchli qo`shnilar qurshovida qolgan turkmanlar borgan sari bepoyon O`rta Osiyo cho`llarining unumsiz qumliklariga chekinib bordi. Turkman xalqining dushmanlari uning jangovar shon-shuhratini yaxshigina bilganlar va shuning uchun xar qanaqasiga bo`lsa ham, jasur turkman yigitlarini o`z tomonlariga jalb etishga harakat qilganlar. Bo`nga faqat bir yo`l: turkman qabila boshliqlari, xon va beklarini o`zlariga og`dirib olish orqali erishish mumkin edi. Bu maqsadga, o`z navbatida, turk­man qabilalari o`rtasiga o`zaro nizo urug`ini sochgan, ularni bir-biri bilan urishtirib quygan taqdirdagina yetish mumkin bo`lar edi.
Maxtumquli ko`p sonli dushmanlari qarshisida turkmanlarni zaif va himoyaga muxtoj qilib quyadigan bunday o`zaro ichki urushlar xalq uchun qanday daxshatli oqibatlarga olib kelishini nihoyatda teran anglar edi. Shuning uchun shoir she`rlarining asosiy qismini turkman qabilalarini o`zaro urushlarni to`xtatish va najotni hamjihatlikdan izlashga otashin chakiriklar tashkil etishi o`z-o`zidan tushunarli. Maxtumquli uchun turkman xalqini saqlab qolishning sharti uning ko`chmanchilik davridagi qadimiy shon-shavkati: beqiyos mardligi, hamjihatlik tuyg`usi, kulfatda qolganlarga yordamga tayyor turish, mexmondo`stlik va saxiylik kabi fazilatlarini asrash ekanligi ham tushunarli. Uning kator she`rlarida chinakam mard yigit, baxodir kishilarning o`z xalqining noqobil farzandlari - nomardlarga qarshi quyilishi bejiz emas.



  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

  3. Turkman shoirlari. T. 1963.



Shoir she`rlarida yaxshi – yomon, mard - nomard, halol - xarom, boy - kambag`al, urush - tinchlik kabi o`zaro zid tushunchalar ko`p uchraydi. Xususan, u kishilarni ikki toifaga — mard va nomardga ajratadi: uning nazarida mard - barcha ezgu insoniy fazilatlar sohibi bo`lsa, no­mard — hamma yomon illatlar tajassumi. Sho`nga muvofik, mardni ko`plab sherlarida ulug`lagani holda, nomardni keskin tanqid qiladi. Bu ikkisini ikki qutbga qo`yib tasvirlaydi.


Yuz nomard joyini bosmas bir mardning,
Chekar tashvishini mard elu yurtning.
Qilgan qiligini ko`ring nomardning:
Jangmi deya kochar tuman uchrasa...
Mard kutar mexmonni ochik yuz bilan,
Nomard kochib qolar mexmon uchrasa.


«Maxtumqulining ishq-muxabbat mavzuidagi she`rlari ham oxangdorligi, chuqur falsafiy moxiyati bilan ajralib turadi. Shoiriing xayot va o`lim, inson va borliq, go`zal insoniy fazilatlar va odob-axloqqa oid she`rlarida islom dini hamda tasavvufiy karashlar ta`siri yaqqol seziladi».
Shoir she`rlarining o`rganilish tarixi. «Maxtumquli asarlarining mavzulari, janriy xususiyatlari, shaqliy o`ziga xosligi, asarlari tilining nihoyatda xalqchilligi bilan ko`p asrlik turkman adabiyotini yangi bir bosqichga kutardi. Shoir asarlarining yetakchi g`oyasi bu — turk­man yerlari ustiga yopirilib turadigan chet el boskinchilariga barham berish, tarqoq yashayotgan, o`zaro nifoq va ziddiyatlardan zada bo`lgan qabila hamda urug`larni birlashtirish bilan osoyishtalik va ittifoklikka asoslangan kudratli bir davlatni barpo etishdek milliy vatanparvarlik xis-tuyg`ularidan iborat. Ana shu millat manfaatlari yo`lida qayg`urish, ma`rifatparvarlik yo`li bilan bu g`oyani samarali kuchga aylantirish shoir ijodining asosiga aylandi. Bu yo`ldagi izlanish, she`riyat kuchi bilan yuksak ufklarga talpinish Maxtumqulini o`z davrining ko`zga ko`ringan tarakkiyparvar siymosi darajasiga kutardi».

  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.



Xamidulla Xasanov yozadi: «Maxtumquli Firogiy nixoyatda zur, ta`sirli, xalqka yokadigan, turkmanga ham, o`zbekka ham o`z tilidek tushuniladigan she`rlari bilan butun Sharqka mashxurdir. Uning asarlarini Suriyada ham, Irokda ham, Turkiya va Eronda ham, Afg`oniston va xatto o`zoq Arabistonda ham turkmanlar faxr bilan kuylaydilar. Afg`onistonda bir keksa turkman baxshisi borligini eshitdim, u Maxtumquli she`rlarini maxorat bilan ijro etishda nom chiqargani uchun o`zini «Maxtumchi» der ekan».
Maxtumquli barcha turkiy xalqlar qatori, o`zbek xalqining ham o`z shoiriga aylanib ketgan. Shoir she`rlari xalqimiz orasida asrlar davomida mashhur bo`lgan. Asarlarining qo`lyozmalari keng tarqalib, «toshbosmada ham Xiva va Toshkent shaxarlarida bir necha bor nashr qilingan, bir necha o`nlab asarlari Toshkentda chiqadigan «Turkiston viloyatining gazeti»da e`lon qilingan». Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Maxtumquli she`rlarini o`z ichiga olgan 5 ta qo`lyozma saqlanadi.
Maxtumquli she`rlari Jumaniyoz Sharipov, Jumaniyoz Jabborov, Mo`zaffar Axmedov, Mirzo Kenjabek tarjimalarida o`zbek tilida bir mecha marta chop etilgan, turli majmua va darsliklarga kiritilgan. J.Sharipov, S.Erkinov, K.Toxirov, K.Kuramboyev, S.Koriyev, M.Kenjabek, B.Karimovlar u yoki bu darajada shoir ijodi xususida tadqiqotlar olib borganlar. «Buylaringga», «Namasan», «Yurging keladi», «Aylar», «Ayrildim», «Bulmas», «Tuxtamas», «Karamas», «Etmasin», «Ko`zim tushdi», «Oshiq bo`lmisham», «Ustodingdan ayrilma», «Ko`ring» singari bir necha unlab qo`shiqlari Komiljon Otaniyozov, Ochilxon Otaxonov, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov, Ortiq Otajonov, Ilyos Mallayev, Ahmadjon Shukurov, Karimboy Raxmonov, Ahror Usmonov kabi xalqimizning sevimli san`atkorlari tomonidai ijro etiltan. O`zbekiston ra­dio va televideniyesi orqali xar kuni Maxtumquli she`rlari bilan aytiladigan qo`shiqlar yangrab turadi. Shoir «kitoblari, she`rlari, pand-nasixatlari kirib bormagan birorta o`zbek xonadoni yo`q, uning nomini bilmagan bironta o`zbek yo`q», desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz. «Maxtumquli - bugungi kunda o`zbek madaniy-adabiy turmushida juda ommaviylashib, eng mashhur siymolarning biriga aylangan».

  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

Xalqimiz ma’naviy va milliy qadriyatlarga nihoyatda boy. Birgina nikoh to‘yidan keyingi marosim hisoblangan kelin salomning o‘zi har bir hududda o‘ziga xos tarzda o‘tkaziladi. Aslida kelin salom ham xalq og‘zaki ijodining yorqin bir ko‘ri-nishidir. Biz ertaklar, laparlar, ayti-shuvlar, topishmoqlar, allalar va maqol- larni eshitib ulg‘ayganmiz.
Xalqimizning xayoliy dunyosi, yuksak tafakkuri mahsuli bo‘lgan bu yanglig‘ xalq og‘zaki ijodi namunalarini tinglab tafakkur olamimiz kengayib,


oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay oldik. Insonni ma’naviy yuksaklik sari etaklovchi bu boy madaniy merosimiz asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, yillar o‘tgan sari sayqal topib bormoqda. Agar alla misolida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unda onaning farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri, jigarbandiga atalgan go‘zal to‘yg‘ulari, xush tilaklari mujassam. Alla – hayotbaxsh, huzurbaxsh, barcha yaxshiligu, ezguliklarning debochasi, boshlanish ohangidir. Bil’aks, uning o‘zi yurakning nozik torlaridan yaralib, dunyolarga jon baxsh etadi. Ona alla aytar ekan, farzandining kelajakda baxtli, saodatli va shu bilan bir qatorda, sog‘lom, qo‘rqmas, shijoatli, botir bo‘lib ulg‘ayishini istaydi.


Alla tinglagan bola mehrni o‘z tanasiga, shuuriga singdiradi. Bu go‘zal ohang insonda, uning ong qatlamlarida bir umr nurli qo‘shiq bo‘lib saqlanib qoladi va farzandlar qalbiga mehr-oqibat, samimiylik, rahmdillik, yurtparvarlik, jasurlik kabi ijobiy xislatlarni jo qiladi. Alla nafaqat onaning bolaga mehri, balki bolaning onaga mehr-oqibatini ham ma’nan ta’minlaydi. Shu bois bu qo‘shiqning umri boqiydir. U qaysi tilda yangramasin, dillarni titratadi, qalblarga faqatgina ezgulik urug‘ini sepadi.
Xalq og‘zaki ijodining boshqa bir qator janrlari ham borki, ularga biz hayotimiz davomida ko‘p bora duch kelamiz. Masalan bobo-buvilarimiz, ajdodlarimizning ko‘rgan-kechirganlari asosida dunyoga kelgan ertaklardir.
Bolajonlarimiz uchun niho-yatda qiziqarli va maroqli bo‘lgan ertak-larning ham turli yo‘nalishlari mavjud. Jumladan, afsonaviy, sehrli ertaklar, sarguzasht ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, xalq qahramonlari hayoti tasvirlangan ertaklar...
Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.
Maxtumquli. Dunyo o`tib boradur.”Sharq”nashriyoti.T.2007


Ular uzoq o‘tmishning belgilarini saqlagan holda, insonlarning bugungi hayoti bilan hamohang tarzda o‘z qadr-qimmatini asrlar osha yo‘qotmaydi.
Folkloristik termin sifatida ertak, ayrim hududlarda esa matal deb nomlanuvchi, bolaligimizning beg‘ubor onlarida doimo bizga yo‘ldosh bo‘lgan “Zumrad va Qimmat”, “Kenjabotir”, ”Yoriltosh”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Ur to‘qmoq”, “Chol bilan kampir”, “Ochil dasturxon”, “Ilon pari”, “Podachining qizi” kabi ertaklarni bir yodga olaylik.
Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan bo‘lgan bu ertaklarni qayta-qayta tinglagani-miz, undagi yaxshilig-u yomonlik, ezgulig-u yovuzlikdan ta’sirlanib, buvilarimizdan eshitgan matalla-rimiz qahramonlariga o‘xshashga intilganlarimiz hali-hanuz yodimiz-da. Ta’kidlash o‘rinliki, bolalik xoti-ralarimizning qat-qatidan joy olgan o‘zbek xalq ertaklari xalqimizning o‘tmish hayoti, ijtimoiy munosa-batlari, urf-odatlari, siyosiy va
Endi keksalarimiz tomonidan aytiladigan ayrim duolar haqida to‘xtalsak. Biror safarga otlanayotganimizda kattalar “Oy borib, omon kel”, “Yo‘ling bexatar bo‘lsin”, “Olloh panohida asrasin”, deya duo qilishadi. Yoxud biror xayrli yumushni bajarganimizda “Boshing omon bo‘lsin”, “Olganing oltin bo‘lsin”, “Xonadoning farzandga to‘lsin”, deya duoga qo‘l ochishadi.
Albatta, ushbu ezgulikka yo‘g‘rilgan tilaklar insonga ruhiy quvvat va o‘ziga ishonch tuyg‘ularini uyg‘otadi. Demak, xalq og‘zaki ijodining har bir qirrasida hayotiy haqiqat, xalqimizning orzu-istak va kechinmalari mujassamdir. Yana bir haqiqat shundaki, biz hali xalq ijodiyotining barcha jihatlarini o‘rganib ulgurganimiz yo‘q. Uning hali bizga notanish qirralari bisyor. Hayot davom etar ekan, xalq og‘zaki ijodi ham mazmun-mohiyatini boyitib, o‘z tarbiyaviy ahamiyati jihatidan qadr topib boraveradi.



  1. Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.

  2. Maxtumquli. Dunyo o`tib boradur.”Sharq”nashriyoti.T.2007

  3. Turkman shoirlari. T. 1963.

  4. Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.

Maxtumquli she`rlarida juda ko`plab joy nomlariga duch kelamiz. Bu uning ko`p sayoxat qilganligidan dalolat beradi. Safarga oq fotixa surab, otasi bilan savol-javob yusinida yozgan bir she`ri ham shoirning sayohatga, dunyoni ko`rishga xavasi kuchli bo`lganligini ko`rsatadi («Ota-ug`il dardlashuvi»). She`rda «Ko`nglim istar, safar qilsak…», «Sayron etsak necha tengu tush bilan, Magar shunda g`amgin ko`nglim xush bo`lar» kabi misralarni o`kiymiz.
«Ma`lum bo`lishicha, Maxtumquli yoshligidai sayohatlarda yurib, Kaspiy bo`yidan to Amudaryogacha kelgan. Buxoroda ta`lim olgan, so`ngra Afg`onistonga o`tgan, Hindistonda bir yilu uch oy turgan, qaytib Farg`ona (Andijon, Marg`ilon)ni ko`rgan, Qozog`istonning Turkiston shaxriga borgan. Xorazmga - Xivadagi Sherg`ozi madrasasiga kelib o`qigan, so`ng yana o`z eliga — Atrek daryosi vodiysiga, Dexistonga qaytgan.
Shundan so`ng Ozarbayjon, Eron, Turkiyaning sharqiy qismi, Iroqni aylanib kelgan.
Maxtumqulining Astraxanda bo`lganligi ham, u yerda ruslar xayoti bilan tanishganligi ham ajab emas. Xatto Eron bilan Hindiston orasidagi Ummon dengizi bo`ylarida — yo Ummon tuprog`ida (Arabiston yarim oroli bilan Iroq o`rtasida), yo xozirgi Pokiston yerlarida bo`lganligini taxmin qilish mumkin, bo`nga uning she`rla­rida ham shama` bor. Shoir O`rta Sharqdagi barcha turkman qabilalari orasiga kirib, ularning ahvolini, ozodlik mustaqillik va farovonlik orzularini bildi, shu bilan birga, og`zaki adabiyotini o`rgandi».
Mirzo Kenjabekning taxminicha, bir she`rida «Zangi boboni ko`rsam» deyishiga ko`ra, u Toshkentga ham kelgan bo`lishi kerak.
Muborak Xaj safariga borish orzusi borligini bir necha she`rlarida izhor qilgan.
Maxtumquli kubraviya tarikati shayxlari bi­lan ham, xojagon-naqshbandiya silsilasi pirlari bilan ham yaqin aloqada edi. Otasi Davlatmamad ham tasavvuf aqlini do`st tutgan. «She`rlaridan Maxtumqulining piri otasi ekanligi anglashiladi. Ammo u boshqa ko`plab murshidi komillarni ham zikr etgan». Chunonchi, Saraxsda naqshbandiya namoyandasi Niyozqo`li xalifaga murid tushishni orzu qilgan bo`lsa, Otaniyoz oxo`nga ham shogirdlik talabida bo`lgan.



  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

Sho`ro davridayoq ba`zi tadqiqotchilar Maxtumqulining tasavvufga munosabati yuzasidan ayrim muloxazalarni bildirgan edilar. Jumladan, G.Karpov xayotining muayyan davrlarida Maxtumqulining tasavvuf tariqatlari bilan aloqasi bo`lgani, binobarin, ijodida sufiyona oxanglar mavjudligiga e`tiborni qaratgan. P.Skosirev Maxtumqulining falsafiy she`rlarida shoir yaqin aloqada bo`lgan tasavvuf ilmining ta`siri shundoqqina sezilib turishini ta`kidlagan. A.Mulkamanov esa Maxtumqulining tasavvufdan nihoyatda ta`sirlangani, she`rlarida «fano tuprog`i», «ahli hol», «fakr mulki». «yor», «soxibjamol», «do`st», «zulf» kabi sufiyona istiloh-tushunchalar ko`p uchrashi, «Satashdim», «Ko`rdingmi?», «Yor sendan», «Namasan?», «Ey do`st», «Oshiq bo`lmisham» she`rlarida sufiyona rux kuchliligini qayd etgan.
Albatta, diniy-tasavvufiy mavzudagi she`rlar Maxtumquli ijodida yetakchi o`rin tutadi. Afsuski, sho`ro mafkurasi shoirning islomiy ma`rifat va tasavvuf xaqiqatlari ufurib turgan asarlari mutolaasidan bizni bebahra qilgan edi. Shuning uchun uning asosan shu mavzudagi sherlarini tanlab tarjima qilgan taniqli shoir va zaxmatkash mutarjim Mirzo Kenjabek o`z tarjimalariga yozgan so`z boshisida: «Maxtumquli Firog`iy XVIII asr ma`rifiy she`riyatining buyuk darg`alaridan bo`lib, butun turkiy xalqlar uchun tushunarli va sevimli shoir, ma`rifatli siymo, orif oshiq, soxibi hikmat bo`lgan valiy zotdir. Uning insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik g`oyalari bilan yugrilgan she`riyatida pok islomiy ma`rifat ruxi gurkirab, yashnab turadi», — degan fikrni bildiradi.
Maxtumquli «ahli hol, ahli sir, ahli hikmat bo`lgan orif zotdir. Ma`no olamida uning bir qancha aziz siymolar bilan irtiboti borligi anglashiladi. Bir qancha she`rlarida u haq payg`ambarlar, mashhur avliyolar bilan bog`liq tushlarini farax va shukrona bilan bayon etadi». M.Kenjabek xatto u ilmi laduniy soxibi bo`lgan deb yozadi.
Taniqli sharqshunos olim YE.Bertelsning yozishicha, Maxtumquli adabiy merosiniig umumiy miqdori taxminan 16—18 ming misraga yetadi.

  1. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

  2. Turkman shoirlari. T. 1963.

  3. Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.

  4. Maxtumquli. Dunyo o`tib boradur.”Sharq”nashriyoti.T.2007

Adabiyotlar:



  1. Maxtumquli. She`rlar. T. 1976.

  2. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T. 1962.

  3. Turkman shoirlari. T. 1963.

  4. Quronboyev K. Maxtumquli she`riyati O`zbekistonda. T. 1978.

  5. Maxtumquli. Dunyo o`tib boradur.”Sharq”nashriyoti.T.2007

  6. www.ziyonet.uz

  7. www.wiki.arxiv.uz/maxumquli.htm




Download 52.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling