Xalq so‘zi O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat
Iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligi uchun
Download 464.13 Kb.
|
Xalq so\'zi gazetasi-220-2023-10-17
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rinli takliflar
Iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligi uchun
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston MDH doirasida o‘zaro manfaatlarga va tushunishga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlar yanada yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Sammitda Prezidentimiz dolzarb, aniq takliflar va amaliy tashabbuslarni ilgari surib, MDH doirasidagi sheriklikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon qildi. Fraksiya a’zolarining qayd etishicha, davlatimiz rahbarining ushbu tarixiy nutqi ko‘plab ezgu maqsadlarni ko‘zlagani bilan alohida ahamiyatga ega. Sammit doirasida erishilgan ahdlashuvlar mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Shundan so‘ng deputatlar O‘zLiDeP va uning fraksiyasining o‘tgan davrdagi faoliyatini ko‘rib chiqdilar. O‘rinli takliflar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Prezidentimizning MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisidagi nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlab o‘tilganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimizning konstruktiv tashqi siyosati tufayli nafaqat Markaziy Osiyoda, balki MDH doirasida ham mutlaqo qulay siyosiy muhit va ishonch shakllandi. Muntazam siyosiy aloqalar va o‘zaro hamkorlik rishtalari mustahkamlanib, parlament almashinuvlari yo‘lga qo‘yildi, muloqot va sheriklik uchun turli platformalar ishga tushirildi. Davlatimiz rahbari nutqida Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim sohasida, sayyohlik almashinuvini rivojlantirish borasida qator tashabbuslar ilgari surildiki, ularning barchasi juda muhim va dolzarbdir. — Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi Hamdo‘stlik mamlakatlari va xalqlarini birlashtiruvchi tashkilot sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatdi, — dedi “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi a’zosi Jahongir Abdurasulov. — Shu ma’noda, ushbu sammitni mamlakatimiz manfaati nuqtayi nazaridan samarali va muhim bo‘ldi, desak, mubolag‘a emas. Yig‘ilishda, shuningdek, bir qator deputatlar davlatimiz rahbarining ushbu tarixiy nutqining mazmun- mohiyati va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Download 464.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling