Xalq so‘zi O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat


Byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi


Download 464.13 Kb.
bet13/18
Sana08.11.2023
Hajmi464.13 Kb.
#1758879
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xalq so\'zi gazetasi-220-2023-10-17

Byurokratik to‘siqlar
bartaraf etiladi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.
— Qonun loyihasi bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, jumladan, diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kabi bir qator faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni talab etishni bekor qilish nazarda tutilmoqda, — dedi Ekologik partiya fraksiyasi a’zosi Mohira Xo‘jayeva. — Shuningdek, loyiha bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga advokatlik tuzilmalari hamda bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, matbuot, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat bojini BHMning bir baravari miqdorida belgilashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi taklif etilyapti.
Fraksiya a’zolari tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada tartibga solish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdorlarini kamaytirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishi qayd etildi hamda qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Fraksiyalar yig‘ilishlarida kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xalq so‘zi”.


4




KO‘ZGU


Xalq so‘zi


www.xs.uz Q /xalqsuzi.uz 0 @xs uz


2023-yil 17-oktabr



Download 464.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling