Xalq so‘zi O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat


Nurulloh OSTONOV (“Xalq so‘zi”)


Download 464.13 Kb.
bet16/18
Sana08.11.2023
Hajmi464.13 Kb.
#1758879
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xalq so\'zi gazetasi-220-2023-10-17

Nurulloh OSTONOV (“Xalq so‘zi”).


Bundan sakkiz yil muqaddam turmush o‘rtog‘i vafot etgach, uch nafar yosh farzandi bilan yolg‘iz qolgan va turli qiyinchiliklarga duch kelgan Xurshida Egamberdiyeva bugun hayotning ravon yo‘liga tushib oldi.

Yaqingacha kunbaymi, mavsumiymi, qanday bo‘lmasin, ro‘zg‘or uchun pul topish ilinjida mehnat qilib yurgan ayol endi o‘quv markazi rahbari. Uni bu darajaga yetkazgan, avvalo, o‘zidagi maqsad sari qat’iyatlilik va albatta, ro‘zg‘or tashvishlaridan ortib O‘shlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasida faol ishtirok etgani bo‘ldi.


Oramizdagi odamlar


Boyovut tumanining Sarmish mahallasida yashayotgan Xurshida Egamberdiyeva ayni loyiha tufayli ingliz tili bo‘yicha bilimini mukammallashtirib, boshqalarga ham o‘rgatish layoqatiga ega bo‘ldi. Natijada o‘z mahallasidagi bolalar uchun o‘quv markazi tashkil etdi. Tashabbusi ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi.
— Rosti, intilishimiz, natijalarimiz yaxshiyu, o‘quv sharoitimiz oddiy, uni yaxshilashga hali moliyaviy qurbimiz yetmay turgan edi, — deydi Xurshida Egamberdiyeva. — Ishlarimdan xabar topgan viloyat hokimi yaqinda xonadonimizga kelib, faoliyatimiz va sharoitlarimiz





bilan tanishdi. Oradan hech qancha
vaqt o‘tmay, viloyat hokimligining
madadi bilan xonadonimizdagi
qurilishi yakunlanmagan yordamchi
binomiz mukammal ta’mirlanib, o‘quv
markaziga aylantirildi. Bugun bu yerda
birinchi dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Uning ochilishida ishtirok etgan viloyat
hokimi “O‘shlar ulg‘ayib qaysi kasbni
egallamasin, chet tilidan ma’lum
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur.
Dizayner, servis xodimi, sotuvchi yoki
kichik biznes egasi bo‘ladimi — har
qanday sohada ko‘p tilni bilish uning
yuqori professional mutaxassis bo‘lish
borasidagi maqsadlariga erishishida
muhim o‘rin tutadi. Bu tashabbus

shu hududdagi
yoshlarning ayni
maqsadlariga
yetishiga, ya’ni
ingliz va boshqa
tillarni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirishga
xizmat qiladi,” deb
menga katta ishonch
bildirdi.

Viloyat hokimligi
o‘quv markazi
binosini kiroyi qilib
qurib bergan bo‘lsa,



O‘shlar ishlari agentligi uni kompyuter jamlamalaridan tortib, televizorlaru pardasigacha to‘kis-tugal jihozlab berdi. Natijada avval bu yerda 40 nafarga yaqin bolalarga ingliz tili o‘rgatilgan bo‘lsa, endi zamonaviy o‘quv markaziga aylantirilgan maskanda 230 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.
E’tiborlisi, ingliz tilidan tashqari nemis va koreys tillari, shuningdek, IT bo‘yicha o‘quv kurslari ham tashkil qilindi. Turli sinfdagi o‘quvchilar qatorida markazda 3 yoshdan yuqori jajji bolalar ham o‘qitilayotgani tahsinga loyiq.
E’tirof etish lozimki, Xurshida Egamberdiyeva o‘z farzandlari chuqur bilim olishi uchun oilasida o‘rnatgan tartibi ham ibratli. Uning aytishicha, oilasida o‘qilgan kitoblarning hisobi yuritilar ekan. Ushbu ro‘yxatga har bir kitobdan kerakli iqtiboslar, ma’lumotlar ham yozib boriladi. Oila a’zolarining bugungacha o‘qigan adabiyotlari soni 2000 tadan oshibdi.
Shu bilan birga, oila kitobxonlar tanlovida ham faol ishtirok etib kelayotir. Xurshida Egamberdiyevaning “Farzandlarim uchun” deb nomlangan daftarida ularning bilim va dunyoqarashini oshirishga xizmat qiladigan ko‘plab ma’lumotlar bor.
Hozirgacha u to‘ldirgan bunday daftarlar miqdori 80 ta. Yana bir muhim jihat — oila a’zolarining qat’iy kun tartibi bor. Albatta, ushbu rejaning asosiy bandlari o‘qish-o‘rganish bilan bog‘liq vazifalardan iborat.
Ayni paytda Xurshida Egamberdiyevaning xonadonida ochilgan zamonaviy o‘quv markazi faoliyati ham namunali ish rejasi asosida olib boriladi.

Download 464.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling