Занятие
24
Barakalla bolajonlar berilgan topshiriqni a’lo darajada bajarib,ajdodlarimiz ruhini
shod qildingiz.
Shu yerda “Mustaqillik maydoni”haqidagi videorolik ko’rsatiladi.
O’quvchilar Toshkentda yerosti temiryo’li- metro ham bor.Hozir sizlar bilan
yerosti temiryo’li- metroga tushamiz.Buning uchun chipta olish kerak.Chipta olish
uchun sizlar quyidagi savollarga javob berishingiz lozim bo’ladi.
“Sirli sonlar” metodi.Bunda har bir raqam ostida yashiringan ma’no
ochiladi.Masalan 1-iyul-O’zbekiston milliy valyutasi-so’mning muomalaga
kiritilgan kun,1-sentabr-O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni,bu yil 30
yoshga to’ldi……
Metro haqida videorolik ko’rsatiladi.
O’qituvchi:Mustaqillik nima?
1-o’quvchi:Mustaqillik - bu avlod-ajdodlarimiz ko'p yillar osha kutgan erkinlik,
hurlik degani.
2-o’quvchi: Mustaqillik - bu erkin fikrlash, mustaqil harakat qilishdir.
3-o’quvchi: Mustaqillik – bu boy tarixini ko'z qorachig'idek asrash, avaylash.
4-o’quvchi: Mustaqillik – bu kelajak avlodlarga asl holicha yetkazib berishdir.
O’qituvchi:Qani bolajonlar Mustaqillik so’zini hosil qiling-chi.
M-Mustaqil harakat qilish
U-Ulkan zafarlar quchish
S-Sabr-toqatli bo’lish
T-Tinch-totuv yashash
A-Ajdodlarga munosib bo’lish
Q-Qadr-qimmatga ega bo’lish
I-Inson bu yurtda aziz ekan
L-Lafzi halol,pok bo’lish.
L-Lavozimga sodiq bo’lish
I-Imkoniyatlar eshigi
K-Keksalar e’zoz topgan yurt!
Dam olish daqiqasi
Bola: Ona-Vatanim! Senga fidodir jon-u tanim. Qorli tog'laring, serhosil bog'laring,
cho'l-u biyobonlaring onamdek, otamdek qadrdondir. Yerusti, yerosti boyliklaring
- boyligimizdir. Bu quyosh o'lkasi- Osiyoda bittasan. Shuning uchun ham seni
derlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |