Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi
(matematik savodxonlik,fan va texnika
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Metodika uz Namuna 222b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
- Hamma
(matematik savodxonlik,fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarining elementlarini shakllantirish); Dars turi:yangi bilim beruvchi Dars metodi:”Muzyorar”,”Gul”,”Sirli sonlar”,”Men kim?”,”Ingliz tilida dialog”,”Berkingan so’zni top”,”Nuqtalar o’rnini to’ldir” ,”Kelajak rasmi”mashqi, “O’zbekiston” krossvordi,sayohat darsi Dars jihozi:AKT,mavzuga mos ko’rgazma,shiorlar,gullar,yorliqlar,videolavhalar, Darsning borishi:Tashkiliy Madhiya kuylanadi O’qituvchi:Uch oy ta’tilga chiqqan, Miriqib hordiq olgan O’g’il-qizlar omonmisiz? Birinchi darsga tayyormisiz? Hamma:Intiqlikla kutib biz Maktabga shoshib keldik Mustaqillik darsimiz Diqqat bilan tinglaymiz. O’qituvchi:1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yozildi. Chunki shu kuni O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi e'lon qilindi. 1991-yil 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilandi. Shu yildan boshlab 1-sentabr umumxalq bayrami sifatida butun mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Aziz o’quvchilar barchangizni bilimlar kuni hamda mustaqilligimizning 30 yilligi bilan chin qalbdan tabriklayman.Bayramingiz qutlug’ bo’lsin aziz bolajonlar!Mustaqillik darsimizni “ Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik! ” shiori ostida olib boramiz.Mana mening ko’ksimda yorliq bor.Sizlar ham xuddi shunday yorliq olishni istaysizmi?Kimda-kim men bergan savollarga to’liq javob bersa,xuddi shunday yorliqqa ega bo’ladi.(Sinf o’quvchilari soniga mos yorliq tayyorlab qo’yilgan bo’ladi,to’g’ri javob uchun yorliqlar beriladi.) Bugungi darsimizni O’zbekistonimiz bo’ylab sayohat tarzida olib boramiz.Sayohatga chiqishdan oldin chiptaga ega bo’lish kerak.Buning uchun “Muzyorar” metodidan foydalanamiz.Har bir o’quvchi o’z ismini va ismining bosh harfiga mos Mustaqillikka doir so’z aytadi.Masalan:Ikrom-istiqlol,Diyor- do’stlik,Bahrom-bayroq,Gulbahor-gerb,Mexroj-madhiya,Vohid-valyuta,Parvina- prezident,Komila-konstitutsiya va hokazo….. O’qituvchi:Mana chiptaga ham ega bo’ldik,hozir sizlar bilan “Mustaqillik maydoni” tomon yo’l olamiz.(O’quvchilar avtrobusning harakati va ovozini chiqarishadi) O’qituvchi:Mustaqillik maydoniga kirishdan oldin “Motamsaro ona haykal” va “Ona va bola” haykali poyiga gulchambar qo’yish kerak.Hozir sizlar bilan “Gul” metodidan foydalanib gulchambar yasaymiz.Har bir avtobusdagilar alohida gulchambar tayyorlashi kerak.Marhamat ushbu so’zlarga ta’rif bering va gulchambarni tayyorlang. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling