Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tayyorgarligi va layoqati darajasini aniqlash bo‘yicha sinov ishini o‘tkazish tartibi Umumiy qoidalar
Masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tinglovchi tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar
Download 92.5 Kb.
|
1-Mavzu
Masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tinglovchi tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar
MMO tizimi tinglovchisi – faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasasi yoki xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-tarbiya jarayoni sifatining ichki nazorati va tahlili asosida malaka oshirishga ehtiyoj sezadigan xodimlar kontingentiga kiritilgan, kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni yangilash va chuqurlashtirish bo‘yicha mustaqil ta’lim oluvchi shaxs. MMO sharoitiga tinglovchining adaptatsiyasi bevosita malaka oshirish sifati va samaradorligida asosiy o‘rin tutadi. Sub’ekt adaptatsiyasi uning bir qator mustaqil psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bunday xususiyatlar MMO tinglovchisining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha layoqati darajasini ifoda etadi va ular o‘quv jarayoniga tezkor adaptatsiya muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
tinglovchining MMOning yangiligi va xususiyatini o‘z kasbiy faoliyati, ijtimoiy hayotiga ta’sirini tushunishi: MMO orqali o‘qituvchining malaka oshirishi uchun qulay sharoit yaratilishi, mehnat faoliyati, oilaviy turmush tarzi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyati, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonidagi uzilishsiz o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish imkoniyatini yuzaga keltirishi, unda pedagogik yoki axborot texnologiyalari va o‘qitishning interfaol metodlari bo‘yicha yangilangan kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini bevosita amaliyot bilan bog‘lab, mustahkamlash mumkinligi va hokazo; yangilik va o‘zgarishga bo‘lgan motivatsiyasi: o‘qituvchining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini MMO orqali qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi darajasi; o‘quv faoliyati uchun zarur bo‘lgan birlamchi bilim va ko‘nikmalarning etarliligi: kompyuter, uning qurilmalari va axborot texnologiyalarining boshqa vositalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilimlarga ega bo‘lish, xavfsizlik (texnik, ergonomik va boshqa) qoidalarga rioya etish, kompyuter yordamida kerakli axborotlarni kiritish, saqlash, elektron axborot resurslari bilan ishlash, internet tarmog‘i orqali faoliyatiga oid ma’lumotlarni tanlash va olish ko‘nikmalarining mavjudligi kabi; MMO o‘quv jarayoni uchun o‘rnatilgan tartib qoidalarni o‘zlashtirganlik: kurslarga qabul, hamkorlar bilan ishlash, o‘quv komponentlari, nazorat sinovlari kabi shartlarni bilish. 4. Tinglovchining bunday layoqatlari adaptatsiya shartlari sifatida namoyon bo‘ladi hamda MMO samaradorligi va o‘quv jarayoni sifatidagi asosiy muammolardan hisoblangan tinglovchining mustaqillashuvi, o‘z o‘zini boshqarish va o‘zini nazorat qilish elementlarini rivojlantirishda ahamiyat kasb etib, tinglovchining mustaqil va faol tarzda malaka oshirish, bilish faoliyatiga vijdonan yondashish, o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha o‘ziga hisob berish, maksimal tashabbus ko‘rsatishga undaydi. YUqoridagi adaptatsiya shartlari MMO sharoitida tinglovchining samarali faoliyat olib borishining ma’lum kompetensiyaviy talablarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kompetensiyaviy talablar adaptatsiya shartlari haqida aniq tasavvurni yuzaga keltiradi. Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling