«Masofadan malaka oshirish o‘quv jarayoni» yo‘nalishi XTXMMOning umumiy tartibi, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, umumiy xarakteriga oid bilimlarni belgilovchi «XTXMMO tartibi va bosqichlariga oid layoqat» parametridan iborat bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishdagi bilimlar tinglovchining XTXMMO haqidagi tasavvuriga oydinlik kiritadi, uning ishtirokchisi – tinglovchiga aylanishi uchun o‘zidagi salohiyat va real imkoniyatlarini (real imkoniyat – aniq xarakterli, amalga oshirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan imkoniyat) baholay olishida muhim sanaladi.
XTXMMO tartibi va bosqichlariga oid layoqat parametrining birlamchi kompetensiyalari tarkibi XTXMMOning umumiy tartibini bilish va anglash (buyurtma, qabul, o‘qish muddati, yakuni va umumiy tartibning boshqa komponentlari, ushbu tartibni bajarish uchun real imkoniyatlarga oid) hamda tashkiliy-pedagogik bosqichlarini tavsiflashdan (tashkiliy bosqichlari, pedagogik bosqichlari va ularni baholashga oid) iborat.
XTXMMO tartibi va bosqichlariga oid layoqat parametrining adaptiv kompetensiyalari tarkibini quyidagicha belgilash mumkin:
malaka oshirishni qanday amalga oshirilishini izohlay olish (ichki tartib qoidalar, mashg‘ulot turlari, mazmuni, jadvali kabilarga oid);
XTXMMO o‘quv jarayoni hamkorlarini bilish (tyutor, o‘qituvchi, tarmoq tashkilotchilari, hamkasblar, metodbirlashma kabilarga oid);
o‘quv materiali tuzilishini bilish (o‘quv modullari, maqsadi, zarurligi, tartibi, kutilayotgan natijalarga oid);
malaka oshirish jarayonini rejalashtira olish (shaxsiy reja, vaqt taqsimoti, punktuallik kabilarga oid);
nazorat va yakuniy attestatsiyaga tegishli ma’lumotlarni bilish(nazorat turlari, o‘tish vaqti, yakuniy nazorat, kriteriyalar, natijalar kabilarga oid).
Do'stlaringiz bilan baham: |