Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi


Quyidagi 3 xil toifadagi oʼqituvchilar shogird sifatida tanlanadi: (Biriktirilish jadvali ilovadagi shakl asosida


Download 22.55 Kb.
bet2/5
Sana11.10.2023
Hajmi22.55 Kb.
#1697430
1   2   3   4   5
Bog'liq
ustoz-shogird nizomi

Quyidagi 3 xil toifadagi oʼqituvchilar shogird sifatida tanlanadi: (Biriktirilish jadvali ilovadagi shakl asosida)
1. Oliy oʼquv yurtini yangi bitirib kelgan yosh mutaxassis.
2. 5-8 yillik faoliyatga ega boʼlgan pedagog;
3. 8-10 yillik faoliyatga ega boʼlgan, kasbiy mahorati ustozlik darajasiga yaqin boʼlgan pedagog.
Uchinchidan, ustoz-oʼqituvchi faoliyat koʼrsatadigan maktabda “Kasbiy mahoratni oshirish ustaxonasi” tashkil etiladi va shogirdlar bilan rejalar, qoʼshma rejalar tuziladi. Reja tuzishda quyidagilarga eʼtibor qaratilishi lozim.
Oyning birinchi haftasida ustoz oʼziga biriktirilgan 3 ta shogirdi uchun ochiq dars oʼtib beradi, 3 ta shogirdi uning darsini kuzatib, oʼquv xonasini, u yerdagi meʼyoriy hujjatlarning yuritilishini oʼrganadi.
Shu oyning qolgan 3 haftasida 3 ta shogird oʼqituvchi navbatma-navbat oʼz maktablarida dars oʼtadi. Ustoz va qolgan 2 nafar shogirdi, shogird oʼqituvchining darslarini kuzatib tahlil qiladi, fikr mulohazalarini bildiradi va oʼzaro tajriba almashadi. Oy soʼngida yana bir marta ustoz oʼqituvchining ustaxonasida darslar tahlillari asosida muhokama qilinib tavsiyalar beriladi. Аniqlangan kamchiliklar yuzasidan izlanishlar, qoʼshimcha rejalar tuziladi.
Xuddi shu tartibda ishlar 2 va 3 oylar davom etadi.
Har oy soʼngida ustoz oʼqituvchi shogirdlaridagi ijobiy oʼzgarishlar yuzasidan xulosaviy fikrlar yozib boradi.
Oʼqituvchilarni bir – biriga biriktirish XTBning buyrugʼi bilan tasdiqlanadi. Ustoz va shogirdlarning bir – biriga beradigan koʼmagi reja asosida tashkil etiladi, har oyda kamida bir marta tomonlarning ijodiy hisobotlari tuman metodika kabinetida eshitilishi lozim.
Natijada, Respublika boʼyicha 200 ta tuman(shahar)lardan 18 ta fandan jami 3600 ta “Ustoz-oʼqituvchi” belgilanib, ularning har biriga 3 nafardan jami 10800 nafar “Shogird-oʼqituvchi”lar biriktiriladi. 2009-2010 oʼquv yilining yakuniga koʼra kasbiy mahorati ustozlik darajasiga yaqin boʼlgan pedagog 3600 nafar oʼqituvchi “Ustoz-oʼqituvchi” darajasiga yetishi rejalashtirilmoqda. 2010 yilning dekabrь oyigacha yana keyingi darajadagi 3600 nafari hamda undan keyingi darajadagi shogirdlar bir pogʼonadan “yuqoriga” koʼtarilishi koʼzda tutilgaт

Download 22.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling