Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi


Download 22.55 Kb.
bet4/5
Sana11.10.2023
Hajmi22.55 Kb.
#1697430
1   2   3   4   5
Bog'liq
ustoz-shogird nizomi

«Ustoz-shogird» maktabidagi mashgʼulotlar tegishli fan oʼqituvchilarining metodik kunlarida ilmiy, metodik va amaliy bilimlarni oʼrganish boʼyicha oʼquv, seminar, trening, bahs-munozaralar oʼtkazish hamda amaliy koʼnikma va malakalarni mustahkamlab borish boʼyicha oʼzaro darslar kuzatish, tahlil qilish va tegishli konsulьtatsiyalar shaklida olib boriladi.
Oʼzaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan oʼqituvchilarining metodik kunlarida, har oyning birinchi haftasida Ustoz ishlaydigan taʼlim muassasasida uning darsini, keyingi haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan taʼlim muassasalariga borib, ularning darsini kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli taʼlim muassasalari maʼmuriyati tomonidan metodik kunlarda” Ustoz va shogird” darslarini oʼtkazish uchun dars jadvali muvofiqlashtirib beriladi.
«Ustoz-shogird» maktabi faoliyati samaradorligiga bevosita tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimi qoshidagi taʼlim muassasalarining oʼquv-tarbiya jarayonini metodik taʼminlash kichik guruhining metodistlari masʼul hisoblanadi. Ular ustoz va shogird oʼqituvchilarning nomzodini taʼlim muassasadagi fan metod birlashmasi bilan kelishgan holda belgilaydi, hamkorlik rejasini ishlab chiqadi va ijrosini nazoratga oladi, fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar, vaqti-vaqti bilan davra suhbatlari, seminarlar oʼtkazib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarani koʼradi.
Har chorak yakunida ustoz va shogirdlar hamkorligi natijasi boʼyicha davra suhbatlari oʼtkazadi, oʼzaro dars kuzatuvlari xulosalarini tinglaydi, hamkorlikda tayyorlangan hujjatlar yigʼmajildlari asosida umumiy faoliyat monitoringini olib boradi. Unda: Ustoz va shogirdning dars tahlillari, oʼquvchilarni har chorak davomida oʼzlashtirish sifat koʼrsatgichlari, choraklar kesimida oʼzlashtirish sifat koʼrsatgichlarni qiyoslash, ilgʼor tajribalarni oʼrganishi va amalga tatbiq qilishi, innovatsiyalar (ilgʼor pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanishi, ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʼullanishi, faoliyatning reyting koʼrsatgichlari eʼtiborga olinadi.
Monitoring natijalari boʼyicha yuqori koʼrsatkichlarga erishgan shogirdga Ustoz va u ishlaydigan taʼlim muassasasi tegishli Fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar roʼyxatiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqadi, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimi qoshidagitaʼlim muassasalarining oʼquv-tarbiya jarayonini metodik taʼminlash kichik guruhi kengashiga muhokama qilish uchun taqdim etiladi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ustoz va shogirdlar ishlayotgan taʼlim muassasasi rahbariyati:
Ustozning taʼlim muassasasida shogirdlar bilan mashgʼulot olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, dars jadvalini fanlar kesimida metod kunlarga qoʼyilishini taʼminlaydi.
Shogirdlarning tegishli yoʼnalishlar boʼyicha kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, koʼrgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratadi.
Ustoz va shogirdlarni oʼrnatilgan tartibda direktor jamgʼarmasi hamda byudjetdan tashqari topilgan mablagʼlar hisobidan ragʼbatlantirib boriladi.
Metodika kengashida “Ustoz-shogird” maktabi boʼyicha hisobotlarini eshitadi va xulosalar tayyorlaydi.
Natijalar shogird oʼqituvchi ishlaydigan taʼlim muassasasidagi tegishli fan metodika birlashmasi hamda Ustoz tomonidan olib borilgan kuzatuvlar va metodika birlashmasining xulosasi asosida chiqariladi.
Ustoz-shogird” maktabi faoliyati boʼyicha Tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimiga taklif va xulosalarni taqdim etadi.
Ustoz oʼqituvchi:
shogirdlarning individual rejasi boʼyicha bilim, koʼnikma, malakalarni oʼzlashtirib borishlarini, individual rejada belgilangan tadbirlarning oʼz vaqtida toʼliq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
shogirdlari faoliyatiga va oʼz ustida ishlash rejalarini bajarilishi monitoringini olib boradi;
shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-metodik tavsiyalar berib boradi;
zamonaviy oʼquv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish, ilgʼor ish tajribalarni, axborot-kommunikatsiya va mulьtimediya vositalarini hamda elektron darsliklarni amaliyotga tatbiq qilishga koʼmaklashib boradi.
Shogirdlar:
individual rejada belgilangan tadbirlarni bevosita oʼz vaqtida amalga oshiradi;
ustozlarning va hamkasb shogirdlarining darslarini kuzatadi, ustozdan maslahatlar oladi va dars jarayonida sifat-samaraga erishish uchun oʼz ustida ishlash rejasi asosida bilimini oshirib boradi;
ustozning darslarini kuzatishi tajribasini oʼrganadi;
ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʼullanadi.

Download 22.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling