Egallagan bilimlar asosida o’zgaruvchan sharoitlarda birorta faoliyatni amalga oshirish qobilyati to’g’ri keltirilgan qatorni belgilang?
*a) Ko’nikma
b) Malaka
c) Bilim
d) Kuzatish
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli qarori qachon qabul qilingan ?
*a) 2017 yil 6 aprelda
b) 2017 yil 16 aprelda
c) 2017 yil 6 martda
d) 2017 yil 15 martda
Davlat ta’lim standartining maqsadi to`liq ko`rsatilgan javobni belgilang ?
*a) umumiy o`rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg`or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
b) umumiy o`rta ta’lim tizimini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
c) ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
d) umumiy o`rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat.
Kimyo fanining o`zlashtirilishida tayanch kompetensiyalar nechta turga bo`linadi?
*a) 6 ta
b) 8 ta
c) 7 ta
d) 5 ta
A1 qanday standart darajasi ?
*a) kimyo fanini o`rganishning boshlang`ich darajasi
b) kimyo fanini o`rganishning chuqurlashtirilgan boshlang`ich darajasi
c) kimyo fanini o`rganishning tayanch darajasi
d) kimyo fanini o`rganishning umumiy darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: |