Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi


Download 1.7 Mb.
bet6/25
Sana13.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1195145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
II. Asosiy qism: Mamlakatimizda turli hil mevali bog’lar juda ko’p. Bundan tashqari manzarali daraxtlar ekilgan, gulzor bog’lar ham barpo etilgan . Hattoki har birimizning hovlimizda o’zimizning kichkinagina bog’imiz bo’lsa kerak. Bog’lar turli xil bo’ladi. Masalan: danakli meva daraxtli bog’lar-Farg’ona vodiysi, Buxoro va Samarqandda,urug’li meva daraxtli bog’lar –Toshkent va Samarqand viloyatlarida va subtropik meva daraxtli bog’lar –Surxohdaryo , Andijon va Farg’ona viloyatlarida barpo etilgan. Bu bog’larda shirin –shakar mevalar yetishtiriladi va xalqimiz dasturxoniga taqdim etiladi.
Undan tashqari shah’rimizba bog’lar juda kop . Istirohat va dam olish uchun mo’ljallangan bog’larda maza qilib hordiq chqarib , dam olamiz. (Videolavhalarda namoyish etiladi).
O’zbekistonda bog’dorchilik ilmiy tekshirish instituti tashkil etilgan . Bu yerda mevalarning turli navlari yetishtirilmoqda. O’zbek bog’boni Rizamat ota uzumning bir qancha navlarini o’z bog’larida yetishtirib , butun dunyoga mashhur bo’lganlar.( Rasmlar orqali tanishtiriladi)
III. Yakuniy qism: Endi sizlar bilan maktabimiz bog’ini sayr qilamiz va u yerdagi mevalar va gullar bilan tanishamiz. Keyingi mashg’ulotimizga mevalarning nomlari va ularning turlarini o’rganib,yozib kelish topshiriladi.


6-mavzu: Ona tilim,- jonu dilim.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : O’zbek tili davlat tili ekani , so’lashish odobi haqida suhbatlashish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: O’zbekiston davlat Konstitutsiyasi kitobi. Maqollar va she’rlar to’plami.
Tashkiliy qism. O’quvchilarni mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II. Asosiy qism:
Avvaldan tayyorlangan dastur asosida bu mavzuni o’quvchilar yoritib berishadi.
O’quvchi:
Har so’zida ilohiylik bor, Allasiga duo qo’shilgan,
Haq Allohdan bir vahiylik bor, Lafzlariga shifo qo’shilgan, Bag’rikenglik, zo’r sahiylik bor, Ezgu talab- nido qoshilgan,
Imonimsan o’zbek tilim, o’zbek tilim. Senda hayot- senda baxt yo’lim!
O’zbek tilim, o’zbek tilim.
1989 yil 21 – oktabr—o’zbek tiliga davlat maqomi berildi.
Qzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida “ O’zbekiston Respublikasida davlat tili – O’zbek tilidir” deb belgilab qo’yilgan.
Qonga kirgan sut bilan, Oyijonim birgina,
O’zbek tilim, o’z tilim, Ko’zlarimga nurgina,
Ardoqlayman yurt bilan Oyijonim o’rgatgan,
O’zbek tilim ,o’z tilim. O’zbek tilim ,o’z tilim
Kunlar alla tingladim, Burro-burro so’zlayman,
Tunlar alla tingladi. Kelajagim ko’zlayman,
O’zligimni angladim, Istiqbolim, iqbolim,
O’zbek tilim ,o’z tilim O’zbek tilim ,o’z tilim
Safo Ochil.
So’z qadrini bilmagan, o’z qadrini bilmaydi.
Oshning ta’mi tuz bilan ,
Odamning qadri so’z bilan.
So’z ing qaytar yerdan o’zing ham qoch.
Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.
Har bir millatning o’zi tushunadigan tili uning ona tilisi hisoblanadi va bu til unga bir umr xizmat qiladi, boshqalar bilan muomala vazifasini o’taydi. Yurtimizda turli millat vakillari tinch va ahil yashab kelmoqdalar. Ular ozbek tiliga , milliy an’analariga hurmat yuzasidan ularni o’rganib kelishmoqda.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling