Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi


Download 1.7 Mb.
bet25/25
Sana13.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1195145
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
III. Yakuniy qism : Kitob haqidagi maqollar va topishmoqlardan namunalar beriladi.
Kiyim ustingni bezaydi, kitob- aqlingni.
Oltin yerdan olinar, bilim –kitobdan.
Kitob- ko’zgu, undan olamni ko’rasan.
Qat-qat qatlama , aqling bo’lsa tashlama. “Kitob”
Ogohlikni ko’rdan o’rgan, donolikni –kitobdan.
Hozirgi texnika rivojlangan vaqtda kompyuterlar bizlarning hayotimizga kirib keldi. Ular ham bizning turli ma’lumotlar olishimizda yaqin ko’makchimiz hisoblanadi. Lekin ma’lum muddatda biz ularni yo’qotib qo’yishimiz mumkin, sotib olgan kitoblarimiz esa, doimo bizning kitob javonimizni bezab turadi va istagan vaqtimizda yonimizda hozir bo’ladi .Shuning uchun kitobdan to’g’ri foydalanishimiz, uni asrab –avaylashimiz zarur , chunki ular bizdan keyin ukalarimiz va singillarimiz uchun ham eng yaqin do’st bo’lib xizmat qiladi.


25-mavzu:Yoz – o‘tadi soz!
I.Kirish qismi:
Tarbiyaviy soatning maqsadi:O‘quvchilarga yozgi fasli,yozgi ta’til vazifalari haqida tushuncha berish..
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning soatning borish:
I.Tashkiliy qism.
O‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
O‘qituvchi:
II.Asosiy qism:
Yoz fasli iyun oyidan boshlanadi.Ammobizning Vatanimizda may oyining o‘rtalaridan havo yozdagidek issiq bo‘ladi.Yozda yomg‘ir kam yog‘adi.Maktablarda o‘qishlar yakunlanib,o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqadilar.
Bu vaqtda bolalar dam olish maskanlari,sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar. Mamlakatimizda bolalar oromgohlari juda ko‘p.Ular tabiati chiroyli,havosi toza joylarda qurilgan.
Tabiat qo‘yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho‘milishning o‘z qoidalari bor.
Oftobda вosh kiyimsiz yurish,gullar,o‘tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish,katttalar nazoratisiz suvga tushish,cho‘milish mumkin emas.
Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermaydi.
III.Yakuniy qism.



O‘quvchilar fikri umumlashtiriladi, rag‘batlantiriladi


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling