Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi


III. Yakuniy qism : Keksaga ko’mak ber, suyangan tog’ing


Download 1.7 Mb.
bet23/25
Sana13.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1195145
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
III. Yakuniy qism : Keksaga ko’mak ber, suyangan tog’ing,
Buni tushunasan qarigan chog’ing.
O’z yaqinlarimiz, tanish –birodarlarimizni uylariga borib yo’qlash vazifasi topshiriladi va dars yakunlanadi.
23-mavzu : Non qayerdan keladi ?
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Nonning tayyorlanish bosqichlari, turlari va uni isrof qilmaslikka o’rgatish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi : Non turlari rasmlari va uni tayyorlash jarayoni aks ettirilgan lavhalar
Tashkiliy qism :Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.Turli xildagi nonlardan namunalar tayyorlab qo’yish.
II.Asosiy qism:
Chin fazilat topdi dehqon non bilan,
Dilda shodlik, belda darmon non bilan.
Siylanarkan barcha mehmon non bilan,
Ahli inson surdi davron non bilan.
She’rda nima haqda so’z yuritilmoqda? Barakalla, non haqida so’z yuritildi. U nima o’zi? – Non dasturhonimiz ko’rki, uyimiz barakasi.
Dehqon bobolarimiz erta bahorda baraka urug;inin sepib , dasturxonimizga shirindan- shakar non holatiga kelguncha qancha mehnat, qancha vaqt kerak bo’ladi. Shu kichkinagina bug’doy tegirmonda maydalanib, un holiga kelguncha 15 km masofani bosib o’tar ekan. Bitta baton noniga 10.000 dona bug’doy doni kerak bo’lar ekan.Suv , tuz, hamirturushva un birgalashib aralashib, xamir holiga kelishadi. U oshib chiqqach, zuvalachalar yasaladi.
Nonvoy akalarimiz tandirga o’t qalab , tandirni obdon qizdirib oladilar .Chiroyli qilib yasalgan nonlar yuzlariga sepkil sochilgandek, sedonalar bilan bezanadilar .Qizib turgan tandir yasalgan nonlarni o’z bag’riga oladi va qip- qizil bo’lib pishguncha quchoqlab turadi.Ishtahani ochadiga non isi hammayoqqa taralib, pishib chiqadi. Nonvoy akalarimiz tandirni maqtab-maqtab, nonlarni uning bag’ridan uzib oladilar.
Qani- qani nondan oling opajon , deb dasturxonga tortilgan issiqqina nonlarni maza qilib yeymiz-u, dehqon boblarimiz, nonvoy akalarimiz haqiga duolar qilamiz.
Qadoq qo’lli dehqonlar ,
Terlar to’kib ekishgan.
Shu sababdan har boshoq,
Oltin bo’lib yetishgan.
Bolalar guruhlarga bo’linib, non turlarini nomma-nom yozib chiqishadi.
Avvaldan tayyorlab qo’yilgan turli hil nonlar namoyish etiladi.
Toshkent- non shahri deb atalishining sababi tushuntirib beriladi.15 ta bolani asrab olib, non topib , o’zlari ushig’ini ham yaya olmagan Shomahmudovlar oilasi haqida so’zlab berish bilan nonning ushog’i ham
Non ekanligini, uni ko’zga surtib, qadrlashimiz kerakligi uqtirib o’tilladi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling