Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi
Download 1.7 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: Tish yuvish ertalabki go’zallik , kechqurun
- II. Asosiy qism
- 3- Yakuniy qism
III.Yakuniy qism:
Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta’tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o‘ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo‘lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O‘z tanlagan yo‘li, o‘z aytar so‘zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti Savol:. Biz ham barkamol avlod bo‘lishimiz uchun o‘zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog‘imiz darkor? (…). Tarona guruhining “O‘zbekiston” qo‘shig‘i tinglanadi. -Qo‘shiq nima haqida ekan? -Vatan haqida ekan. Qo‘shiq nima haqida ekan? O‘quvchilarning javoblaridan so‘ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. O‘quvchilar aytishadi.O‘qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi. O‘quvchilarni rag‘batlantirish. 2-mavzu: Tish yuvish ertalabki go’zallik , kechqurun sog’lik namunasi. I.Kirish: Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Tishlarni parvarishlash, ularni doimo sog’lom va chiroyli saqlashga o’rgatish. Salomatlik uchun tishlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Tish cho’tkasi, pasta va mavzuga oid turli rasmlar. Mashg’ulotning borishi. Tashkiliy qism. O’qituvchi : O’quvchilar biz sizlar bilan avvalgi mashg’ulotumizda ko’chada yurish odobi haqida suhbatlashgan edik. Bugun esa sizlar bilan salomatligimiz uchun zarur bo’lgan tishlarimiz haqida suhbatlashamiz . Biz sizlar bilan amaliy mashg’ulot o’tkazamiz. II. Asosiy qism Inson tana a’zolari badani, oyoq va qo’llari,bosh va boshdagi barcha a’zolarning ish faoliyati haqida ma’lumotlar beriladi. Ichki va tashqi a’zolar ularning faoliyati va salomatlik uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida suhbatlashiladi. Inson salomatligi uchun eng zarur bo’lgan a’zo bu- tishlarimizdir.Tishlar chaqaloqlarda 5,5- 6 oylikdan chiqa boshlaydi.Bu tishlarni biz sut tishlari deymiz. Bu sut tishlar necha oylikda chiqqan bolsa, osha yoshdan tusha boshlaydi . Chunki bu tishlar juda mo’rt va nimjon bo’ladi. Uning o’rniga birin –ketin sog’lom va baquvvat tishlar chiqa boshlaydi. Tishlar suyakdan iborat. Ular bizga ovqatni tishlash, chaynash uchun hizmat qiladi. Ovqatni qanchalik sekin, shoshmasdan chaynab yesak ,ular shunchalik oson hazm bo’ladi va oshqozonimizga og’irlik qilmaydi.Biz uchun bir umr xizmat qiladigan 32 ta tishlarimiz og’iz bo’shlig’ida joylashgan bo’lib , biz ularni doima toza saqlashimiz kerak. Buning uchun bizga tish pastasi va tish cho’tkasi yordamga keladi.Tishlarimizni qanday yuvamiz ,degan savolga bolalar birin-ketin javob beradilar. Bir necha o’quvchi chiqib, amaliy ravishda ko’rsatib beradi va kim to’g’ri ,kim noto’g’ri bajargani muhokama qilinadi. Shu o’rinda tish cho’tkasi va tish pastasi har bir odamda o’zi uchun alohida bo’lishi kerakligi eslatib o’tiladi . COLGEYT firmasi tomonidab bolalar uchun ishlab chiqilgan maxsus dastur kitobchalari bilan tanishtiriladi va har bir bolaga alohida taqdim etiladi. Tish cho’tkalari va pastalarining turlari haqida ham ma’lumot berib o’tiladi. 3- Yakuniy qism O’qituvchi: Demak bugun biz sizlar bilan tishlarimiz va ularning xizmati haqida suhbatlashbik . Tishlarimizni ertalab yuvish go’zallik uchun ,kechqurun yuvish esa salomatligimiz uchun zarurligini bilib oldik. Ovqat qoldiqlari og’iz bo’shlig’ida yig’ilgan bo’lsa, tishlarimiz qanday ayanchli ahvolga kelib qolishini biz rasmlarda ko’rdik .Menimcha, bizning o’rtoqlarimimzning ichida tishlarini parvarish qilmaydiganlari bo’lmasa kerak. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling