Xalq ta’limi vazirligi
Download 428.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Malaka ishi Abdullayeva Z.I
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z diktant yoki yoddan yozuvda
- O‘zbеk оrfоgrаfiyasining tаmоyillаri
Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o’rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo’lim o’rganilgandan so’ng yoki chorak oxirida o’tkaziladi. Tekshiruv diktanti o’quv yili davomida 5-6 marta o’tkaziladi. Diktantning bu turida yo’l qo’yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.
foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o’quvchilar so’zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. O’z diktant yoki yoddan yozuvda o’rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so’zlar bo’lgan matnni o’quvchilar o’zlari o’qib yodlaydilar(ko’rib idrok qiladilar) yoki o’qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o’zlari mustaqil yozadilar. Izohli diktant o’quvchilarning qobiliyatiga qarab ikki xil o’tkaziladi. O’quvchi, odatda, o’qituvchining ko’rsatmasi bilan ma’lum so’zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So’zning yozilishini bo’g‘in-tovush, tovush- harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, ““Kitob – bilim manbai” – Kitob: Ki-tob. Ikki bo’g‘in. Birinchi bo’g‘inida k, i; ikkinchi bo’g‘inida
yoki p tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniqlaymiz. Buning uchun so’z oxiriga i tovushini qo’shamiz va aytamiz: kitobi.B tovushi yozilar ekan” kabi izohlanadi. Bu diktantda o’quvchilar qoidalarga oid so’zlarning tagiga chizadilar. Saylanma diktantda o’quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning hammasini yozmaydilar. Uning o’qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina (o’rganilgan qoida asosida yoziladigan so’zlarni, so’z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so’zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so’zni u bog‘langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so’zni u bog‘langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o’quvchilarda imloviy ziyraklikni o’stiradi.
so’zni unga yaqin ma’noli so’z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. O’qituvchi avval matnni bir marta ifodali o’qib beradi, so’ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o’tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o’qib beriladi, o’quvchilar uning mazmunini yozadilar. Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, o’quvchilar nutqini o’stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Rasm diktant predmet rasmini yoki o’zini ko’rsatib o’tkaziladi: predmet rasmi ko’rsatiladi, o’quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo’yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so’z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko’ra yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda o’rganilgan qoidani, ayniqsa, o’quv yili davomida o’rganiladigan imlosi qiyin so’zlarni to’g‘ri yozishni puxtalash, shuningdek, ularni o’quvchilar qanday o’zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko’zda tutiladi. O’qituvchi darsning maqsadi va malakani shakllantirish ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi. Bayon o’quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o’stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni o’rganishning yakunlovchi bosqichida, o’quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq qilishga o’rganganlaridan so’ngo’tkaziladi. Bayonyozganda o’rganilgan imlo qoidalarini to’g‘ri tatbiqetish ularning onglio’zlashtirilganligini ko’rsatadi.
qo’shimchalarni eshitganimiz asosida yozish. Bunda o’zakka qo’shimcha qo’shilganda yo o’zak, yo qo’shimcha, yo har ikkala qismida o’zgarish sodir bo’ladi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi mumkin. a) tovush tushishi:shahar, bag’ir, qorin, ko’ngil, egin, burun, yarim, o’g’il, o’rin kabi so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi ro’y beradi: shahri, bag’ri, qorni, ko’ngli, egni, burni, yarmi, o’g’li; past, sust, ulug’, sariq kabi so’zlarga -ay (so’z yasovchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zakda tovush tushishi sodir bo’ladi: pasay, susay, ulg’ay, sarg’ay; men, sen kabi olmoshlarga -ni, ning (kelishik qo’shimchasi), -niki (qarashlilik qo’shimchasi) kabi qo’shimchalar qo’shilganda bir -n tovushi tushib qoladi: meni, seniki; ikki, olti, yeti sonlariga -ov, -ala, ovlon
(jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimcha) qo’shilganda o’zak oxiridagi unli tovush tushib qoladi: oltov, yettovlon. b) tovush almashishi:fe’ldan ot yasalganda o’zakdagi “a” tovushi “o” tovushiga almahishi mumkin: sana – sanoq, tara – taroq, yama – yamoq; otdan fe’l yasalganda esa o’zakdagi “o” – “a” tovushiga almashishi mumkin: son – sana, yosh – yasha, ong – angla; qarmoq, qishloq, baliq, chelak, tilak kabi oxiri “q”, “k” bilan tugagn so’zlarga -i (egalik qo’shimchasi) qo’shilganda o’zak oxiridagi jarangsiz jarangliga aylanadi: qishlog’I, tilagi; sovi-sovuq, qayna-qaynoq, yumsha-yumshoq, tarqa-tarqoq, yaltira-yaltiroq, guldira-gulduros kabi fe’llardan sifat yasalganda ham tovush almashadi. “q”, “k” bilan tugagan so’zlarga –ga (jo’nalish kelishigi qo’shimchasi )qo’shilganda, ya’ni turlanganda tovush almashishi mumkin: baliqqa, terakka, chelakka, qishloqqa… d) tovush ortishi:ko’rsatish olmoshlariga –ga, -da, - dan, (jo’nalish kelishigi, o’rin – payt kelishigi, chiqish kelishigi) qo’shilgandabir “n”tovushgi ortadi: u+ga =unga, bu+da=bunda, shu+dan=shundan; -iq qo’shimchasi bilan sifat yasalganda tovush ikkilanishi mumkin: issiq, sassiq, achchiq… tovush o’zgarishining asosiy turlari: tovush almashishi va tushishi hisoblanadi. 2.Morfologik yozuv.Bu quyidagiga ko’ra o’zagi va qo’shimchalar aynan yoziladi: ketdi, aytibdi, ishga, go’shtga, to’rtga, tuzsiz, otday, zarar… 3.Shakliy yozuv.Bu qoidaga ko’ra boshqa tillardan kirgan so’zlar o’sha tilda qanday yozilsa shunday yoziladi: stol, zoologiya, congress, fikr… 4.Tarixiy – an’anaviy yozuvbo’yicha so’z va qo’shimchalar tarixan , an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi: borur, kelur, bergil 5.Differensatsiyalash yoki farqlash yozuvi. Bu so’zlarni urg’u yoki boshqa fanetik vositalar yordamida yozishdir: olma – olma, she’r – sher, davo – da’vo… 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan “o’zbek alifbosining yangi imlo qoidalari ”da ayrim o’zgarishlar mavjud: 1) juft so’zlar orasida yuklamalar bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarda yuklama so’zdan chiziqcha bilan ajratiladi: do’st – u dushman, kecha –yu kunduz. 2) yil, oy, sanani ko’rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo’yiladi:1994 – yil 25-iyul, 1994-yil 13-aprel… 3) kirilchadagi ”Ц” harfi so’z boshida va so’z oxirida “s” harfi bilan beriladi: sirk, shprist; so’z o’rtasida unlidan keyin “ts” yoziladi:litsey, konstitutsiya…
O‘zbеk оrfоgrаfiyasi fоnеtik, mоrfоlоgik vа аn’аnаviy tаmоyillаrgа аsоslаnаdi. Аyrim so‘zlаr diffеrеnsiаtsiyalаsh vа etimоlоgik tаmоyillаr аsоsidа yozilаdi. 1. Fоnеtik tаmоyilgа ko‘rа so‘zlаr tаlаffuz qilinishigа mоs rаvishdа yozilаdi, so‘zning tаlаffuz etilishidа yuz bеrgаn o‘zgаrishlаr hisоbgа оlinаdi: qishlоq- qishlоg‘im, оg‘iz-оg‘zim, etik-etigi kаbi. Ayrim kitoblarda hоzirgi o‘zbеk оrfоgrаfiyasidа fоnеtik tаmоyilgа judа kаm аmаl qilinаdi deyiladi.Lekin amalda fonetik tamoyil yetakchi tamoyillardan biridir. Mаsаlаn, tushdi, tushgаn so‘zlаridа d ning t, g ning k tаrzidа eshitilishidаn qаt’iy nаzаr d, g yozilаdi. Хursаnd, go‘sht so‘zlаridаgi охirgi tоvushlаr tushib qоlsа-dа, ulаr yozuvdа sаqlаnаdi. «O‘zbеk tilining аsоsiy imlо qоidаlаri»ning 1995-yil 24- аvgustdаgi tаsdiqlаngаn qаrоrigа ko’rа fоnеtik tаmоyilgа хоs yangi ko’rsаtmаlаr jоriy qilindi. Jumlаdаn, kirill аlifbоsigа аsоslаngаn аlifbоdа tоg‘, bоg‘, yog‘ kаbi so‘zlаrgа-gа аffiksi qo‘shilgаndа bu so‘zlаr tоqqа, bоqqа, yoqqа tаrzidа yozilishi qоidа qilib оlingаn edi. Yangi imlо qоidаlаri bu hоlаtgа аlоhidа e’tibоr bеrilib, k vа q tоvushlаri bilаn tugаgаn so‘zlаrgа –gаchа, -gа, -gаch,-gаni,-gin, -ginа qo‘shimchаlаrining bоsh tоvushi k yoki q tаrzidа аytilishi vа yozilishi ko‘rsаtilib, qоlgаn hоllаrdа so‘z qаndаy tоvush bilаn tugаshi vа bu qo‘shimchаlаrning bоsh tоvushi k yoki q eshitilishdаn qаt’iy nаzаr, g yozilishi bеlgilаb qo‘yildi: tog`ga, bog`ga, yog`ga kаbi. Dеmаk, bu hоlаtdа mоrfоlоgik tаmоyilgа аmаl qilish kеrаk bo‘lаdi. 2. O‘zbеk оrfоgrаfiyasidа mоrfоlоgik tаmоyilgа ko‘rа so‘z vа uning qismlаri qаndаy tаlаffuz qilinishidаn qаt’iy nаzаr, umumiy, yagоnа shаkldа yozilаdi. So‘zlаrning mа’nоli qismlаri, mоrfеmаning yagоnа tаrzdа yozilishigа quyidаgilаr misоl bo‘lа оlаdi.: kеtdi, chоpdi, yigitchilik. O‘zbеk tilidа judа ko‘p so‘zlаr аytilishi vа yozilishi bir-birigа to‘g‘ri kеlmаydi (аmоnim-оmоnim, mаtоr-mоtоr, dаslаb-dаstlаb, dоktir-dоktоr kаbi). Shuning uchun so‘zlаrning bir хil yozilishini tа’minlаshdа o‘zbеk оrfоgrаfiyasining yetаkchi tаmоyillardan bo‘lgаn mоrfоlоgik tоmоyildаn fоydаlаnish qulаydir. 3. Аn’аnаviy tаmоyildа so‘z vа mоrfеmаlаr qаdimdаn аn’аnаgа аylаnib qоlgаn qоidаlаr аsоsidа yozilаdi. Bu tаmоyilgа ko‘rа hаm so‘zning аytilishi uning yozilishidаn fаrq qilаdi. Lеkin bundа mоrfоlоgik tаmоyildаgi singаri mоrfеmаning yagоnа shаkllаnishi grаmmаtik qоidаgа аmаl qilinmаydi. Аksinchа, so‘zlаrning hаrfiy ifоdаsi ulаrning tаriхаn o‘zlаshib, singib kеtgаn shаkligа tеng kеlаdi: Chor Rossiyasi, cherkov, pudratchi, fahm muоmilа (muоmаlа o‘rnigа), kаbutаr (kаptаr o‘rnigа). Orfoepik talaffuz me’yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Odatda, ba’zi tayanch shevalar talaffuzi adabiy til talaffuzi normasiga yaqin turadi. Masalan o`zbek adabiy tilining talaffuziga Toshkent va Farg`ona vodiysi shevalarining talaffuzi asos qilib olingan. Rus adabiy tilining talaffuziga esa Moskva va Leningrad shevalari asos sifatida qabul qilingan. Orfoepik me’yorlar makon va zamonda farqlanadi, o`zgaradi. Ya’ni har bir til o`zining ma’lum davrdagi adabiy talaffuz normalariga ega bo`lib, ular vaqt o`tishi bilan tildago fonetik, leksik va boshqa yangilanishlar natijasida ozgarishi mumkin. Orfoepiya nutqning talaffuz me’yorlari amaliy jihatdan qanday bo`lishini fonetika va fonologiyadagi nazariy tamoyillarga asoslangan holda belgilab beradi. O`zbek tilida avvalgi adabiy talaffuz me’yorlari eski o`zbek adabiy tili negizida yuzaga kelgan bo`lsa, hozirda foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan texnikaning yuksalishi, xalq madaniy saviyasining tobora o`sib borishi, umumiy savodxonlik, o`rta va oliy maktablarning rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga olgan holda belgilangan. Quyida orfoepiyaning ba’zi me’yorlari bilan tanishib o`tamiz: Yonma-yon kelgan ia, io, ai, oi, ea – unlilari orasiga qisqa y tovushini qo`shib talaffuz etish orfoepik me’yordir: tabiat – tabiyat, shariat – shariyat, radio – radiyo, stadion – stadiyon, said – sayid, ukrain – ukrayin, doim – doyim, oila – oiyla, teatr – teyatr, laureat – laureyat kabi. Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar oxiridagi d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me’yordir. Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongres singari o`zlashma so`zlarning talaffuzida qo`sh unli (undosh)larning faqat bittasi talaffuz etiladi. Shartli qisqartmalarni kengaytirilgan holatda o`qimaslik adabiy talaffuz normasiga ziddir: AQSH – Amerika Qo`shma Shtatlari, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, A. Navoiy – Alisher Navoiy, A.Qod. – Abdulla Qodiriy kabi. Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari so`zlar oxiridagi b undoshi jarangsiz jufti bilan almashtirilib, n tarzida yalaffuz ‘tilishi deyarli barcha sheva vakillari nutqiga xosdir va bu hol orfoepiya uchun me’yoriy hodisa hisoblanadi. Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining yig`indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o`nlab rivojlangan mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro`y bergan ko`rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog`liq bo`lishidan qat’iy nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko`rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, ko`rsatuvni tayyorlagan jurnalistga televideniye muharririga katta miqdorda jarima solinadi, ba`zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin. O`zbekiston televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari haqida hamma vaqt ham bunday gapni aytib bo`lmaydi. Ba’zi radio eshittirishlarida, televideniye ko`rsatuvlarida shevaga berilib, bu holatni “xalqona soddalik”, “dehqontabiatlilik” sifatida izohlab, adabiy talaffuz me’yorlarini qo`pol ravishda buzish madaniyatsizlikning bir ko`rinishi ekanligini unutmasligimiz lozim. Orfografiya grekcha so`z bo`lib, orthos – to`g`ri va grafo – yozaman, “to`g`ri yozuv” degan ma’noni ifodalaydi. Orfografiya tovush va harflar, so`z va uning ma’noli qismlari, qo`shma, juft, takroriy, qisqartma (jumladan, shartli qisqartmalarning ham) so`zlarning qo`shib, ajratib va chiziqcha orqali yozilishi, bo`g`in ko`chirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish o`rinlari haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir. Orfografiya og`zaki nutqni yozuv orqali to`g`ri ifodalash uchun har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv qoidalarining umumiyligini ta’minlaydi.Bu esa og`zaki nutqni imloda bir xil yozish imkoniyatini tug`diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan shevalardan farqlanib turadi. Og`zaki nutqda ham, yozma nutqda ham muayyan me’yorlarga rioya qilish nutq (og`zaki va yozma)ning aniq, ravon va tushunarli bo`lishiga yordam beradi. Adabiy tilni to`liq egallash uchun esa til va nutq me’yorlarini bilish hamda unga rioya qilish shart. Orfografiya to`g`ri yozish qoidalarini belgilashda ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda orfografiyaning quyidagi prinsip (tamoyil) lari qayd qilinadi: fonetik, morfologik, tarixiy - an’anaviy va shakliy (simvolik yoki ideografik) prinsiplar. Biroq bularning mavqei hamma tillarda ham bir xil emas: har bir tilning orfografiyasi uchun u yoki bu prinsip asos qilib olinadi. Asosiy orfografik tamoyillar va ularning o`ziga xos xususiyatlari xususida alohida to`xtalib o`tamiz. Fonetik tamoyil. Bu orfografiyaga xos asosiy mavqe egallovchi prinsiplardan bo`lib, unga ko`ra so`zlar talaffuz qilinishiga mos ravishda yoziladi.So`zshakllarning talaffuz etilishida yuz bergan fonetik o`zgarishlar hisobga olinadi. Chunonchi, yurak-yuragi, yurakka, son-sana, sanoq, sanog`i, qishkoq-qishlogim, qishloqqa kabi. Demak, fonetik prinsipda so`zning aytilishi bilan yozilishi bir-biriga mos keladi. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi [-ga], sifatdosh shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha [-gan], chegara ma`nosini ifodalovchi murakkab affiks [-gacha], payt va maqsad ravishdoshi shaklini yasovchi [-gach], [- guncha], [-gani], ozaytirma sifatni hosil qiluvchi [-gina] kabi affikslar o`zak-negizi k, q undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda, muayyan so`zshakllari fonetik tamoyil asosida yoziladi. Masalan, terakka, buloqqa, ekkan, boqqan, eshikkacha, quloqqacha, ayriliqqacha, zerikkach, chiqqan, tikkuncha, taqquncha, yoqqani, chekkani, kichikkina, iliqqina va h.k. Fonetik prinsipga asoslangan imlo qoidalari boshqa tillarda ham uchraydi. Jumladan, turkiy tillar oiilasiga kiruvchi uyg`ur tili imlo qoidalari uchun bu tamoyil etakchi o`rinda turadi: maktevi (maktabi ), epkaldi (olib keldi ) kabi. Rus tilidagi [без-], [воз-], [из-], [раз-] prefikslari jarangsiz undoshlar bilan boshlanubchi o`zak-negizlarga qo`shilganda, ko`pincha, fonetik o`zgarishga uchraydi va bu imloda ham o`z aksini topadi: без+ срочный = бессрочный,
rus tili uchun fonetik prinsip asosiy orfografik tamoyil vazifasini o`tamaydi. Uyg`ur tili, belarus tili orfografiyalarida bu tamoyilga ko`proq amal qilinadi.
qat’iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi. Demak, morfologik prinsip asosida yozilgan so`zlar jonli so`zlashuvdagi talaffuzga muvofiq kelmaydi. O`zbek tilining orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga asoslangandir. Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to`qson, qochdi, rost, po`stdumba, Samarqand, muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti, ishta, maxtamoq, to`xsan, qoshti, ros, po`sdumma, Samarqan, muomila, gazet tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi. Qo`shma va juft so`zlar, ko`m-ko`k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt, bir mahal kabi ravishda ham morfologik prinsip asosida yoziladi. Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o`ynaydi. Masalan, rus tilidagi часовой, города, подписка, вокзал, дорога, товар, команда, окно, вода, совпадать singari so`zlar jonli so`zlashuvda часавой, гарада, патписка, вакзал, дарога, тавар, каманда, акно, вада, сафпадат tarzida aytiladi. Yuqoridagi kabi asliga ko`ra yoziladi. A.N.Gvozdevning «Основы русской орфографии». (M., 1963, стр. 54) kitobida qayd etilgan ma’lumotga ko`ra, rus tili imlo qoidalarining 71,4 foizi morfologik tamoyilga asoslangan. Tarixiy – an’anaviy tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zlar hozirda qanday talaffuz qilinishiga qarab emas, qadimdan an’anaga aylanib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Demak, so`zlarning aytilishi uning yozilishidan farq qiladi. Biroq bunda morfologik prinsipdagi kabi morfemalarning yagona shakllanishiga, grammatik qoidaga rioya qilinmaydi. Aksincha, so`zlarning yozma ifodasi ularning tarixan o`zlashib singib ketgan shakliga teng keladi. O`zbek tilida bu tamiyildan, odatda, badiiy uslubda ko`proq foydalaniladi: Masalan: maqsad ravishdoshi qo`shimchasi [-gani] o`rnida uning tarixiy ko`rinishlari [-gali], [-g`ali], [-qali], [-kali] qo`llaniladi: Ko`rgali keldingmi, yor,
ishlatiladi: Shirin bo`lsang, yalab ado qilurlar, Achchiq bo`lsang talab ado qilurlar (E.Vohidov); [-mi] so`roq yuklamasi [-mu] shaklida qo`llaniladi: Sevgini tortib bo`larmu, toshu tarozu bilan (E.Vohidov); Sen bahorni sog`inmadingmu (A.Oripov); [-gin] buyruq - istak mayli shakli [-gil], [-g`il] tarzida ishlatiladi: Bas, yetar, ko`ksimga urmagil xanjar (A.Oripov); chiqish kelishigi shakli [-dan] ko`pincha, [-din] tarzida beriladi: Gavhar balchiqqa tushgani bilan qimmati ushalmas va o`z bahosidan qolmas (I.Sulton) va h.k. O‘zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‘lib, u o‘zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‘zlar talaffuzi o‘ziga xos fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla- nadi: 1) qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j talaffuz qilinadi: yo‘q //jo‘q, yigit//jigit ; adabiy tildagi g‘ o‘rnida v
undoshi aytiladi: tog‘//tov sog‘//sov ; so‘z oxirida k, q undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti ; 2) o‘g‘uz lahjasida esa so‘z boshida keladigan t, k jarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‘//dag‘, kel//gal kabi; 3) qarluq - chigil - uyg‘ur lahjasining o‘ziga xos fonetik xususiyatlari so‘z oxiridagi q undoshning g‘ tarzida aytilishi, ba’zan tushirilishida kuzatiladi: qovoq//qovog‘, shuningdek, bu lahjada a unlisining o tovushiga o‘zgartirilishi ham kuzatiladi: aka//oka kabi.
O‘zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy tilning talaffuz me’yoriga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shunday nutqiy tafovutlarni bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga muvofiq so‘z shakllarini tanlagan holda qoidalashtirish orfoepiyaning muhim vazifalaridandir.
Albatta, orfoepiya boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuzi- ni ham qamrab oladi. Xususan, o‘zlashma so‘zlarning orfoepiya qonun- qoidalariga mos ravishda talaffuz qilinishi qoidalashtirilgan. Masalan, fabrika, fakt so‘zlari
pabrika, pakt tarzda aytilsa ham, ular asliga muvofiq talaffuz qilinishi lozim. Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovush tizimi asosida yaratiladi. Bu esa orfoepik me’yorlarni belgilashda tovush tizimi, uning nutqiy jarayonda turlicha o‘zgarishini hisobga olishni taqozo etadi. Download 428.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling