Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablar
Download 0.9 Mb.
|
25 17.01.2022
11-bob. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablar
101. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimidagi ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi. 102. Davlat ta’lim talablari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 103. Davlat ta’lim talablari asosida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqiladi va Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. 104. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv rejalari va dasturlarini shakllantirish, shuningdek, o‘quv jarayonini va ta’lim sifatini nazorat qilish tartibini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 105. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining o‘quv rejasi va dasturlari yetakchi olimlar, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda metodistlar tarkibi tomonidan tinglovchilarning ehtiyojlarini o‘rganish (pedagogik diagnostika) natijalari asosida tuziladi va ta’lim jarayonini metodik ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi. 106. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi: kasblar va lavozimlarga bo‘lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqligi; ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bilishga, ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat ta’lim talablari (davlat ta’lim standarti)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga, tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, yangi, qo‘shimcha kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga, ta’lim-tarbiyaning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganligi; zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni nazarda tutish; davlat ta’lim talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash hamda malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi. 107. Qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturi tegishli bazaviy maqsadlar va mazmunga mos bitiruv ishi bilan tugallanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling