Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Xodimlarning malakasini oshirish
Download 0.9 Mb.
|
25 17.01.2022
2-§. Xodimlarning malakasini oshirish
63. Xodimlarning malakasini oshirish xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 64. Malaka oshirish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 65. Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi. 66. Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi. 67. Xodimlar malakasini oshirishning har yilgi umumiy davomiyligi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari uchun kamida 30 soat, pedagog xodimlar uchun kamida 36 soat etib belgilanadi. 68. Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi. 69. Xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi. Unga ko‘ra, reyestrda xodim faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasasining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmasi shakllanadi. Bunda, xalq ta’limi tashkiloti rahbari har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini shaxsan ta’minlaydi va nazorat qiladi. 70. Reyestrda shakllangan buyurtmada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi, lavozimi, dars beradigan fani, tanlagan malaka oshirish kursi va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti ko‘rsatiladi. 71. Joriy yilning 25-oktabrigacha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tizimdagi barcha ta’lim muassasalari xodimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmalari ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida tegishli hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etiladi. Bunda, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati tizimdagi barcha xalq ta’limi muassasalari hamda xalq ta’limi bo‘limida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning malaka oshirish bo‘yicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. 72. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari buyurtma ko‘rinishida ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida joriy yilning 5-noyabriga qadar Institutga taqdim etiladi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbariyati o‘z hududlaridagi barcha xalq ta’limi muassasalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va hududiy xalq ta’limi boshqaruv organida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. 73. Institut tomonidan mazkur buyurtmalar asosida xalq ta’limi xodimlarining hududlar, ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari va elektron platforma bo‘yicha taqsimoti (keyingi o‘rinlarda — taqsimot) shakllantiriladi va 15-noyabrga qadar Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Mazkur taqsimot Vazirlik tomonidan 5-dekabrga qadar tasdiqlanadi va Institut tomonidan Reyestrga joylashtiriladi. 74. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari taqsimot asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha o‘zlarining rejalarini ishlab chiqadi va buyurtmachilarga yetkazilishini ta’minlaydi. 75. Buyurtmachilar (hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va ta’lim muassasalari) Reyestrdagi taqsimot va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha rejalariga binoan tizimlaridagi ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga o‘qishga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi. 76. Malaka oshirishga yuborilgan xodim ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirish, kursning o‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda xodimlarning bazaviy ma’lumoti, mutaxassisligi, toifasi va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, kasbiy ehtiyojlari hisobga olinadi. 77. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlari kurslarga jalb etilgan xodimlar 25 nafar tinglovchidan iborat o‘quv guruhlariga bo‘lingan holda tashkil etiladi. Tinglovchilar kontingentini bir guruh me’yorida shakllantirib bo‘lmaydigan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda, istisno tariqasida, Vazirlikning ruxsati bilan bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 15 nafar etib belgilanishi mumkin. 78. Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish (ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) mas’uliyati tegishli ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklatiladi. 79. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi. 80. Nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga kurs davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. 81. Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi. 82. Har bir xodim haqidagi malaka oshirish kursi boshlangan kun, tugallangan kun, to‘plangan kreditlar va kursni tamomlaganlik haqidagi hujjat (sertifikat) bo‘yicha ma’lumotlar ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan elektron platformaga kiritiladi. Mazkur ma’lumotlar o‘z vaqtida, aniq va to‘liq kiritilishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari shaxsan mas’ul hisoblanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling