Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 0.9 Mb.
|
25 17.01.2022
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
131. Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 132. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 2-ILOVA Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab kurslardan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi”. 3. Qarorga 3-ilova (Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom)da: a) ilovaning nomidagi “, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining” so‘zlari “ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1 va 29-bandlardagi “, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-bandda: “, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Xalq ta’limi vazirligi va” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 3-banddagi “ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 5-bandda: ikkinchi xatboshidagi “davlat tasarrufidagi maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari”; beshinchi xatboshidagi “maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar”; e) 7-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 8-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tarkibida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)”; beshinchi xatboshidagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin; z) 9-banddagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; i) 10-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; y) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; k) 12-bandning birinchi xatboshidagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin; l) 13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; m) 14-bandda: ikkinchi, uchinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilardagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; n) 24-bandning uchinchi xatboshisidan va 28-banddan “oliy ta’lim muassasasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin; o) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi: ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, interaktiv seminarlar, trening, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish, bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishini) himoya qilish. Ayrim o‘quv mashg‘ulotlari maktabgacha ta’lim tashkiloti bazasida tashkil etiladi.”; p) 48-bandning ikkinchi xatboshisidan “oliy ta’lim muassasasi orqali” so‘zlari chiqarib tashlansin; r) 59-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; s) 74-bandning ikkinchi xatboshisidan “oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; t) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “80. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari “Ta’lim to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi va ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi.”. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son) Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling