Xalq ta’limi: Yangi 5 yillik islohotlar rejasi Xalq ta’limi sohasida keyingi besh yilda 1,9 millionta o‘quvchi o‘rni yaratish, ta’limda zamonaviy metodikalarga o‘tish, bitiruvchilar attestatsiyasini dtmga o‘tkazish, o‘qituvchilar saviyasiga talablarni


Darsliklar va Milliy o‘quv dasturi


Download 44.16 Kb.
bet5/16
Sana17.06.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1535916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Xalq ta

Darsliklar va Milliy o‘quv dasturi
Farmonga asosan, 2024 yil 1 sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishi lozim. Shu jumladan, 2022 yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7– va 10-sinflar uchun, 2023-2024 yillarda 4-, 5-, 8-, 9– va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilishi zarur.
Maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlineedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali:

  • 2022 yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlari yaratiladi;

  • 2022 yil 1 sentabrga qadar 3-, 6-, 7– va 10-sinf o‘qituvchilari Milliy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Maktab direktorlari sertifikat olishi talab qilinadi
2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejyerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘qitiladi;

  • o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejyerlik sertifikati beriladi;

  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejyerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi va kelishish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etiladi;

  • maktab direktorini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra lavozimdan ozod etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishish talab etilmaydi.


Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling