Xalqaro baholash dasturlari timss, pisa, egma, talis va ularni
Download 223.48 Kb. Pdf ko'rish
|
87-96
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib
Ключевые слова: международное исследование Peers, международное исследование Pisa,
качество образования, беглая грамотность, одноэтапное описание явлений, анализ сложных данных. Annotation: the summary of the article is that the science of mother tongue and reading literacy today enriches the imagination of the student, increases his ability to think, increases his intelligence, increases his attention, improves his speech, the ability to express his personal opinion, the formation of a realistic view of life, the ability to analyze the text, and serves to improve it. . Based on this, in this article, we have developed a technology for analyzing some sub-topics in school textbooks based on international students. “ Involta” Innovation Scientific Journal Vol. 2 No.2 February (2023) 88 ISSN 2181-2632 www.involta.uz Key words: Peers international study, Pisa international study, quality of education, fluency literacy, one-step process description of phenomena, analysis of complex data. “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” Sh.M.Mirziyoyev Ta’lim har qanday inson faoliyatining boshlang‘ich mavzusidir. Agar ta’lim o‘quvchi ongida o‘z- o‘zini tarbiyalash va yuqori natijalarga erishish majburiyatini singdira olmasa, bu ularning aybi emas. Shunday ekan ta’lim beruvchi pedagog bilimli, yuksak ma’naviyatli va saviyali bo‘lishi lozim. So‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talab yanada oshmoqda. O‘quvchilarning ta’lim–tarbiyasi har tamonlama e’tiborni kuchaytiradi mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tamonlama qo‘llab-quvvatlash ularning bilim ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish mavjud tizimni har tamonlama qiyosiy tahlil qilish tegishli yo‘nalishlardagi xalqaro va xorijiy mezon asosida o‘rganish mavjud ilmiy–tadqiqot muassalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalq ta’limi tizmida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora - tadbirlari to‘g‘risida 2018–yil 8- dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga ta’lim tadqiqotlarini amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning ertangi kunini o‘ylab ona tili va o‘qish savodxonligi hamda tarbiya fanlari dars jarayonlarida ularni ezgulikka, insof-diyonat, mehr- oqibat va bag‘rikenglikka da’vat etib, ta’lim-tarbiya ishlarini olib bormog‘i lozimdir. Bunday ma’naviy huquqqa ega bo‘lish uchun biz o‘qituvchilar, avvalo, katta bilim va hayotiy tajribaga, keng dunyoqarash, yuksak ijodiy mahoratga, zamonaviy innovatsion bilimlarga ega bo‘lishimiz kerakligini, eng muhimi, bu o‘ta og‘ir, kuchli irodani talab etadigan jabhada haqiqiy fidoiylik ko‘rsatish lozimligini yaxshi tushunamiz Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘qituvchi va ziyolilarga murojaatida O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling