Asoslangan hollarda, bunday birliklar keng tarqalgan hollarda bandning birinchi qismiga muvofiq tuzilgan birliklarga o’tish qiyin bo’lsa, old qo’shimchani ko’paytmaning ikkinchi ko’paytuvchisiga yoki nisbatning maxrajida ishlatilishiga ruxsat etiladi, ya ni masalan: tonna-kilometr (tkm), vol t taqsim santimetr (VG’cm), amper taqsim millimetr kvadrat (AG’mm).
Darajaga ko’tarilgan birlikning karrali va ulushli birliklar nomi old qo’shimchani asosiy birlik nomiga qo’shib yozish bilan hosil qilinadi Masalan, yuza birligining karrali yoki ulushli birligini hosil qilish uchun old qo’shimchani asosiy birlik - metrga qo’shish kerak: kilometrning kvadrati, santimetrning kvadrati va h.k.
Darajaga ko’tarilgan birlik olingan karrali va ulushli birliklarining belgilarini shu daraja ko’rsatkichini mazkur birlikdan olingan karra yoki ulush belgisiga qo’shib tuzish lozim, shunda ko’rsatgich karrali (yoki ulushli) birlikning (old qo’shimcha bilan birga) darajaga ko’tarilganligini ifodalaydi.
Nisbatga kiruvchi birlikning birontasiga manfiy daraja ko’rinishida belgi kiritilgan bo’lsa (masalan s-1, m‑1, K-1, s‑1) unda qiya yoki gorizontal chiziqni qo’llashga yo’l qo’yilmaydi.
To’g’ri:
W·m-2·K-1
|
Noto’g’ri:
WG’m2G’K
|
Qiya chiziq qo’llanilganda suratdagi va maxrajdagi birliklar belgilarini bir satrda joylashtirish lozim, maxrajdagi birliklar belgilarining ko’paytmasini qavs ichiga olish lozim.
To’g’ri:
mG’s WG’(m·K).
|
Noto’g’ri:
WG’m·K.
|
Ikki va undan ortiq birliklardan tashkil topgan hosilaviy birlik ko’rsatilganda birliklarning belgisini va nomlarini kombinatsiyalash yoki bir birliklarning belgisini, boshqalarning nomlarini keltirishga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |