Xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellariga umumiy tavsif


Korporativ boshqaruvning nemis modeli


Download 97.06 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi97.06 Kb.
#1005974
1   2   3   4   5
Bog'liq
korporativ boshqaruv ppt - копия

Korporativ boshqaruvning nemis modeli

  • German modelida quyidagi masalalar aksiyadorlar tomonidan ma’qullanishi talab etiladi:
  • - sof foydani taqsimlash;
  • - katta miqdordagi xarajatlar to‘g‘risida qarorlar;
  • - ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
  • - menejerlarni rag‘batlantirishning yuqori chegarasini oshirish;
  • - birlashishlar, qayta tashkil etishlar va boshqalar.
  • German modeli insayderlar, kompaniya menejerlarining samarali nazorati, yuqori barqarorlikka ega ichki va tashqi munosabatlar, bankrotlik riski nisbatan pastligi, turli xil nizolar yuzaga kelish ehtimoli pastligi bilan ham tavsiflanadi. Shuning uchun kompaniyalarni uzoq muddatli rivojlantirish masalalariga ustuvor darajada e’tibor qaratiladi. Yana bir xususiyat bu mutaxassislar, xususan menejerlar bilim va malakasiga juda yuqori darada talablar qo‘yilganligidir.

Korporativ boshqaruvning yapon modeli

  • Yaponiyada ham Germaniyadagi singari banklar yirik aksiyadorlar hisoblanadi va ularga moliyalashtirishning muhim manbasi sifatida qaraladi. Banklar direktorlar kengashi yoki prezidentlik instituti orqali boshqaruvda ishtirok etadi. Ular korporatsiya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Davlat va jamoatchilik korporatsiyalarni va moliya-sanoat guruhlarini xorijiy investorlar tajovuzidan himoyalaydi. Ya’ni bir tomondan qonunchilik xorijiy investorlarning keskin faolligiga imkon bermaydi, boshqa tomondan milliy madaniyat vatanparlikka asoslanganligi korporativ madaniyatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham yapon korporatsiyalarini qo‘shib olish amaliyotlari deyarli uchramaydi.

Korporativ boshqaruvning yapon modeli

  • Yaponiya iqtisodiyotida davlatning kuchli ta’siri mavjud bo‘lsada, iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi yuqori emas. Bunda davlatning boshqaruvchilik kuchi emas, balki yo‘nalishni belgilab beruvchilik xususiyati yuzaga chiqadi va bu jihat quyidagi yo‘nalishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi:
  • - iqtisodiy taraqqiyotning o‘ta istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish va belgilab olingan yo‘nalishga iqtisodiyotni yo‘naltirish. Bunda davlat tomonidan uzoq muddatli prognozlar va o‘rta muddatli rejalarni o‘z ichiga olgan davlat dasturlari tizimi amal qilishini alohida qayd etib o‘tish lozim;
  • - infratuzilmani yaratish, alohida firma va tarmoqlarga yordam ko‘rsatish;
  • - ishlab chiqarish samaradorligi va yapon tovarlari raqobatbardoshligini oshirish maqsadida korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash.
  • Korporativ boshqaruvning yapon modelidagi asosiy prinsipial jihatlar sifatida quyidagilar keltiriladi:
  • - boshqaruv tizimining asosiy bank, moliya-sanoat tarmog‘i yoki keyretsu atrofida markazlashuvi;
  • - boshqaruv tizimi tomonidan doimiy aloqalarning qo‘llab-quvvatlanishi;

Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling