Xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellariga umumiy tavsif


Korporativ boshqaruvning nemis modeli


Download 97.06 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi97.06 Kb.
#1005974
1   2   3   4   5
Bog'liq
korporativ boshqaruv ppt - копия

Korporativ boshqaruvning nemis modeli

  • Korporativ boshqaruvning german modeli kontinental-evropa modeli deb ham ataladi. Bu model korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar barcha manfaatdor shaxslar – aksiyadorlar, moliyaviy tuzilmalar, xodimlar, davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bilan xarakterlidir. Ko‘pincha ular yirik aksiyalar paketiga egalik qiladilar, korporatsiyalarga o‘z vakillarini qo‘yadilar va boshqalar. Ular korporativ tuzilmalarning tarkibi sifatida qabul qilinadi va boshqaruvda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy hamkorlik prinsipi amal qiladi.
  • Germaniyada aksiyadorlik kapital boshqa qator mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada markazlashgan. Bunda aksiyadorlik kapitaliga bir necha yirik yuridik shaxslar – banklar va korporatsiyalarning o‘zaro egalik qilish amaliyoti kuzatiladi. Moliyaviy institutlar 70 foizgacha aksiyalarni nazorat qiladi.

Korporativ boshqaruvning nemis modeli

  • Banklar direktorlar kengashida o‘z vakillari orqali monitoring va nazorat funktsiyalarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasini tashkil qiladi, ishonchnoma asosida aksiyalarni boshqaradi. Mazkur jihat german modelining eng asosiy xususiyati hisoblanadi.
  • Kapital bozorining past darajada rivojlanganligi sababli banklar korporatsiyalarni tashqi moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida ko‘zga tashlanadi. Bu holat nodo‘stona birlashish va qo‘shib olishlarga imkon bermaydi.
  • Aksariyat aksiyadorlar depozitariy vazifasini ham bajaruvchi banklar orqali aksiyalar sotib oladilar. Korporatsiyalar materiallari asosida banklar korporatsiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini aksiyadorlarga yo‘naltiradi. Agarda takliflar va tavsiyalar bo‘yicha aksiyadorlarda e’tirozlar bo‘lmasa, banklar o‘z fikri bo‘yicha masalani ovozga qo‘yadi.
  • Shuning uchun korporatsiyalarni boshqarishda banklar iqtisodiy va ma’nan javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Korporativ boshqaruvning nemis modeli

  • Mazkur modelning boshqa xususiyatlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
  • - umumiy yig‘ilishda aksiyadorlarning ovozlar soni chegaralanishi;
  • - individual aksiyadorlar ulushining pastligi;
  • - xorijiy investorlarning faol ishtiroki.
  • Korporativ boshqaruvning german modelida direktorlar kengashi ikki palatali, ya’ni mustaqil direktorlardan tashkil topgan kuzatuv kengashi va menejerlardan iborat ijroiya organi. Ular o‘rtasida funktsiyalar, vakolatlar,
  • javobgarlik aniq taqsimlangan holda belgilab qo‘yilgan. Kuzatuv funktsiyasi qaror qabul qilish funktsiyasidan ajratilgan.
  • Ikki palatali direktorlar kengashining amal qilishi autsayderlar manfaatlarini himoya qilishni kafolatlamaydi, shunga ko‘ra ko‘pincha kengash nazoratni amalga oshiruvchi emas, balki maslahatchi funktsiyasini bajaruvchi boshqaruv raisi yonidagi organ sifatida ko‘zga tashlanadi.

Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling