Xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellariga umumiy tavsif


Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli


Download 97.06 Kb.
bet5/5
Sana14.12.2022
Hajmi97.06 Kb.
#1005974
1   2   3   4   5
Bog'liq
korporativ boshqaruv ppt - копия

Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli

  • Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli yoki oilaviy biznes guruhlar, dunyoning barcha mamlakatlarida amalda keng qo‘llaniladi. Korporativ boshqaruvning bunday tizimiga Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida, Kanadada, Shvetsiya, Italiya, Frantsiya kabi Evropa davlatlarida tez-tez duch kelish mumkin. Kapital oila a’zolari o‘rtasida markazlashadi va taqsimlanadi, shuningdek biznes ustidan nazorat to‘liq oilaga tegishli bo‘ladi. Shvetsiyadagi Valenberglar shajarasi, Kanadadagi, Bronfmanlar shajarasi, Janubiy Afrikadagi Oppengeymerlar oilaviy guruhi, Tayvandagi Li Kay Shi oilaviy guruhi, Italiyadagi Agnelli biznes guruhi kamilarni bu modelga misol sifatida keltirish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, korporativ boshqaruvning oilaviy modeli anglo-sakson modeliga qarama-qarshi model hisoblanadi

Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli

  • Ya’ni oilaviy xolding kompaniyalar yaxlit firmalar tizimini nazorat qiladi, o‘n z navbatida xolding tizimidagi firmalar keyingi guruhdagi kompaniyalarni nazorat qiladi. Investorlar qo‘shimcha daromad olish maqsadida oilaviy kompaniyalarga investitsiya kiritishlari mumkin, lekin ular oilaviy guruh kompaniyalarining hech birida yuqori ovozga ega bo‘la olmaydilar.
  • Oilaviy biznes guruhidagi kompaniyalar ustidan nazorat guruh tomonidan shakllantirilgan piramidaga asoslangan boshqaruv tizimi vositasida o‘rnatiladi. Bunda ikkilamchi toifadagi aksiyalar chiqarish va aksiyalarga o‘zaro egalik qilish tizimi amal qiladi. Guruhlarning piramidaga asoslangan tuzilmasi amalda barcha oilaviy biznes guruhlar tashkil topishining asosi hisoblanadi. Aynan piramida tuzilmasi oilaviy kompaniyalarda kapital va resurslarni nazorat qilish imkonini beradi va oilaning real mulkidan kelib chiqqan holda oshirib boriladi

Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli

  • Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli quyidagi afzalliklarga ega:
  • - biznes ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish imkoniyati;
  • - asosiy mulkdorlar oila a’zolari ekanligidan kelib chiqqan holda qo‘shib olish bo‘yicha risklar darajasining pastligi;
  • - kompaniyalar barqarorligining yuqori darajasi va boshqalar.
  • O‘z navbatida oilaviy modelning kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
  • - biznesning asosiy maqsadi oila manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilganligi;
  • - minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish masalasiga nisbatan e’tiborning etarli darajada emasligi;
  • - kompaniyalarda yangilikka intiluvchanlikning past darajadaligi;
  • - biznes yuzasidan axborot shaffofligining past darajadaligi va biznesga investitsiyalar kiritishning murakkabligi va boshqalar.

Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling