Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Xalqaro huquq normalarining mazmuni


Download 110.73 Kb.
bet15/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Xalqaro huquq normalarining mazmuni davlatlar, boshqa xalqaro huquqning subyektlarining huquq va majburiyatlarini tashkil qiladi. O‘zaro munosabatlarga kirishgan xalqaro huquqning subyektlari o‘z huquqlarini amalga oshiradilar hamda xalqaro huquqiy normalarda o‘rnatilgan majburiyatlarga ham ega bo‘ladilar.
2-savol. Xalqaro «yumshoq» huquq tushunchasi. «Yumshoq huquq» («soft law») va «qattiq huquq» («hard law»)ning mutanosibligi qanday?

Xalqaro «yumshoq» huquq atamasi ikkita har xil holatni ifodalash uchun ishlatiladi.

Birinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq aniq huquq va majburiyatlami yuzaga keltirmaydigan, faqatgina umumiy yo'nalish beradigan va ayni chog'da bu yo'nalishga subyektlar amal qilishi majburiy bo'lgan xalqaro-huquqiy normalarning alohida turidir. Bunday normalar uchun «erishish», «intilish», «zaruriy choralar ko'rish» va boshqa shu singari so'zlar xosdir. Ular, ayniqsa siyosiy shartnomalarda tobora ko'payib bormoqda.

Ikkinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq nohuquqiy xalqaro normalarga nisbatan ishlatiladi. Ular nohuquqiy hujjatlarda — xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalarida, qo'shm a bayonotlarda, kommyunikelarda mavjud bo'ladi. Bu normalarga misol sifatida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) hujjatlarini1 ko'rsatish mumkinki, ular Yevropadagi xalqaro munosabatlar tizimini qayta ko'rishda muhim vositaga aylangan.

Xalqaro «yumshoq» huquqning ana shu har ikkala turi ham tomonlar o'z zimmalariga aniq majburiyatlar olishga tayyor bo'lmagan, ayniqsa tartibga solish zarurati borasida o'zaro tushunish mavjud bo'lgan, ammo buni qanday ko'rinishda amalga oshirish noma’Ium bo'lib turgan hollarda qo'llaniladi. Masalan, 1948-yili jahon hamjamiyati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o'zining inson huquqlari muammolariga taalluqli umumiy qarashlarini bayon etgan bo'lsa, 1966-yilda Inson huquqlari to'g'risidagi ikkita pakt normalarida Umumjahon deklaratsiyasi g'oyalarini muayyanlashtirish imkoni tug'ildi. Xuddi shu kabi MDH mamlakatlarining 1994-yilgi erkin savdo hududini tashkil etish to'g'risidagi bitimida o'zaro savdo-sotiqdagi cheklashlarga barham berish yo'lidagi umumiy intilish ifodalangani holda, uning asosida qabul qilingan erkin savdo to'g'risidagi ikki tomonlama bitimlarda tomonlaming bu boradagi ikki tomonlama munosabatlarining o'ziga xos jihatlari va kon’yunkturasi aniq hisobga olingan, aniq majburiyatlar bayon etilgan. Shu bois, xalqaro «yumshoq» huquq normalari dastlabki, huquqqacha bo'lgan tartibga solishlami ta’minlaydi va huquqqa yo'l ochib beradi.

Xalqaro ommaviy huquq doktrinasi va amaliyotining tahlili shuni ko’rsatadiki, «yumshoq huquq» («soft law») atamasi ikkita turli xil hodisani nomlash uchun ishlatiladi. Birinchi holatda gap xalqaro-huquqiy normalarning alohida ko’rinishi to’g’risida borsa, boshqasida esa o’zga - xarakterga ega bo’lmagan huquqiy xalqaro normalar to’g’risida boradi.

Birinchi holda, «qattiq huquq» («hard law»)dan farqli o’laroq, aniq huquq va majburiyatlar tug’dirmaydigan, faqat sub'ektlar rioya qilishi lozim bo’lgan umumiy ko’rsatmalar beruvchi normalar nazarda tutiladi. «Erishish», «intilish», zarur choralar ko’rish» va shu kabi boshqa so’z hamda iboralar bunday normalarga xosdir.

«Yumshok huquq» normalarining ikkinchi turiga xalqaro organ va tashkilotlarning rezolyutsiyalari, qo’shma bayonot va kommyunikelaridagi normalar kiradi. «Qattiq huquq» («Hard law») majburiy xarakterga ega bo’lib, xalqaro shartnomalarda «lozim», «majbur», « shart», aks holda» kabi so’z va iboralarni qo’llash bilan izohlanadi.




Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling