Mantiqiy savollar
Xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarga ta`rif bering.
Xalqaro-huquqiy tartibga solish predmetiga nimalar kiradi? Davlatning ichki munosabatlari xalqaro-huquqiy tartibga solishning predmeti bo’lishi mumkinmi?
Quyidagi mezonlarga ko’ra xalqaro huquq va milliy huquqning o’zaro nisbatini aniqlang: tartibga solish predmeti, huquq sub'ekti, huquq manbalari, huquqiy tartibga solishning asosiy metodi.
To’g’ri javobni (javoblarni) aniqlang:
Xalqaro huquq bu...
А) milliy huquq sohasi;
B) umumtizimli institut;
V) milliy huquqdan mustaqil huquq tizimi;
G) barcha javoblar to’g’ri;
D) barcha javoblar noto’g’ri.
5. Quyida berilgan dalillarga qo'shilasizmi? Agar yo'q bo'lsa, nega?
Xalqaro huquq mavjud emas, chunki:
А) Xalqaro qonunchilik hokimiyati yo'q;
B) Samarali xalqaro sud mavjud emas;
C) Xalqaro huquq normalari ko'pincha buzilishi kuzatiladi;
D) Xalqaro majburlov mexanizmlari mavjud emas;
E) Xalqaro huquqning barcha sub'ektlari uchun birdek kuchga ega bo`lgan normalar mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |