Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari
Download 110.73 Kb.
|
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH
5) axborot-tarbiya – davlatlar tomonidan to‘plangan tajribalarni bir-biriga yetkazish, kishilarning o‘z huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish, kishilarni qadriyatlar va inson manfaatlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.
savol. Xalqaro huquq tizimi nima? Javob. Xalqaro huquq tizimi – xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir-biriga bog‘liq norma va prinsiplar yig‘indisi. Xalqaro huquq murakkab tizimdan iborat bo‘lib, bir tomondan, u umume’tirof etilgan norma-prinsiplar yig‘indisi hisoblansa, boshqa tomondan tartibga solish predmatiga muvofiq keluvchi normalar yig‘indisidan iborat sohalarni o‘z ichiga olgan. Obyektiv xalqaro huquq tizimi o'zida xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini hamda uning sohalarini: xalqaro shartnomalar huquqi; diplomatiya huquqi; xalqaro dengiz huquqi; xalqaro fazo huquqi; konsullik huquqi; inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq; xalqaro tashkilotlar huquqi; xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish vositalari; xalqaro gumanitar huquq; xalqaro xavfsizlik huquqi; xalqaro javobgarlik huquqi va boshqa huquq sohalarini mujassam etadi. Xalqaro huquq tizimini quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin: 1) xalqaro munosabatlarni tartibga solishning xalqaro-huquqiy mexanizmlari uchun ahamiyatli bo‘lgan va yadrosi hisoblangan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari; 2) davlatlar yoki boshqa xalqaro huquqning subyektlari o‘rtasidagi umummajburiy hisoblangan xalqaro huquq normalari; 3) muayyan funksional normalar kompleksini o‘zida jamlagan xalqaro huquq institutlari. Xalqaro huquq subyektliligi to‘g‘risidagi, xalqaro huquq ijodkorligi to‘g‘risidagi, xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi, davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi xalqaro huquq institutlari; 4) xalqaro huquq sohalari. Ular xalqaro huquq tizimining nisbatan yirikroq bo‘limlari hisoblanadi va kengroq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Shunday qilib, xalqaro huquq tizimini ichki bog'liqlikdagi elementlar: umume’tirof etilgan prinsiplar, shartnomaviy va odat huquq normalari, tarmoqlar, xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalari, xalqaro sudlov organlari qarorlarining, shuningdek, xalqaro tan olish, huquqiy vorislik, xalqaro javobgarlik va boshqa shu kabi xalqaro huquq institutlarining amaldagi obyektiv yaxlitligi sifatida ta’riflash o'rinlidir. Har qaysi soha xalqaro huquq tizimining yaxlit, yagona doiradagi tarmog'i hisoblanishi mumkin bo'lgan muayyan tizimdan tashkil topadi. Xalqaro huquq tizimini xalqaro huquq fani tizimi bilan bir xil deb qarash, ularni tenglashtirish mumkin emas. Chunki xalqaro huquq fani tizimi turli xil ilmiy maktablar va yo'nalishlar tomonidan yaratiladi hamda bu tizim subyektiv xususiyatga egadir. Download 110.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling