Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


-savol. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq nisbati Javob


Download 110.73 Kb.
bet10/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

5-savol. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq nisbati

Javob. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Xalqaro ommaviy huquq alohida huquqiy tizimni o‘zida aks ettiradi. Xalqaro ommaviy va xususiy huquq normalari turli sohalarda xalqaro munosabatlarni ko‘p tomonlama rivojlantirishning huquqiy shartlarini belgilashga qaratilgan. Xalqaro xususiy huquq xalqaro xarakter kasb etuvchi xususiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni qamrab oladi.

Xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq o‘rtasidagi farqlarni quyidagi asoslar bo‘yicha aniqlash mumkin:

1) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning mazmuni bo‘yicha xalqaro ommaviy huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar xalqaro davlatlararo xarakter kasb etadi. Xalqaro ommaviy huquqni ajratib turuvchi o‘ziga xos xususiyati – suverenitet hisoblanadi. Xalqaro xususiy huquq nosiyosiy sohalarda jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi;

2) munosabatlar subyektlari bo‘yicha – xalqaro ommaviy huquqning asosiy subyektlari davlat hisoblansa, xalqaro xususiy huquqning subyektlari sifatida jismoniy va yuridik shaxslar chiqadi;

3) manbalari bo‘yicha – xalqaro ommaviy huquq manbalari xalqaro shartnomalar, xalqaro-huquqiy odatlar, xalqaro tashkilotlar hujjatlari va xalqaro konferensiyalar hujjatlari hisoblansa, xalqaro xususiy huquq manbalariga har bir davlatning qonunchiligi, xalqaro shartnomalar, xalqaro-huquqiy odatlar va sud pretsedentlari kiradi;

4) xalqaro xususiy huquq tarkibini ikki shakldagi normalar tashkil qiladi: moddiy-huquqiy (bevosita huquq va majburiyatlarni belgilovchi) va kollizion (aniq bir davlatning milliy huquqiga havola qiluvchi);

5) nizolarni ko‘rib chiqish tartibi – xalqaro ommaviy huquqda nizolar yo davlatlar miqyosida (davlatlararo nizolar) yoki inson huquqlari himoyasi bo‘yicha ixtisoslashgan organlarda (inson huquqlari sohasida huquqbuzarlikka doir nizolar) ko‘rib chiqiladi;

6) xalqaro xususiy huquqning xalqaro ommaviy huquq va milliy-huquqiy tizimdan ajralib turuvchi xususiyati shundan iboratki, uning huquqiy tizimi mavjud emas.



Download 110.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling