Xalqaro huquq
Download 22.4 Kb.
|
MMT N.A mustaqil ish tulqin aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-modda
Umumiy qoidalar
9-modda Oldingi tahrirga qarang. Tashuvchilar va ularning avtotransport vositalari ekipajlari boshqa Axdlashuvchi tomon davlati hududida tashishlarni amalga oshirishda mazkur Ahdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligiga, shuningdek, Ahdlashuvchi tomonlarning davlatlari ishtirokchilar hisoblangan xalqaro shartnomalar koidalariga rioya etishlari lozim. (9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) 10-modda Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimni imzolash vaqtida amalda bo‘lgan avtotransport ishini tartibga soluvchi qoidalarni, nizomlarni, yo‘riqnomalarni, standartlarni va texnik shartlarni saqlab qolishga kelishib oldilar. 11-modda Oldingi tahrirga qarang. Bir Ahdlashuvchi tomon davlatining avtotransport korxonalari, tashkilotlari, ushbu Ahdlashuvchi Tomon davlatining vakolatli organining ruxsati bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi bilan kelishgan holda yo‘lovchilar va yuk tashuvlarini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida uning hududida o‘z vakolatxonalarini ta’sis etishlari mumkin. (11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) 12-modda Oldingi tahrirga qarang. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri o‘z davlati hududida boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining vakolatli organi tomonidan avtomobil transporti vositalariga berilgan ro‘yxatga olish hujjatlarini va nomer belgilarini, shuningdek, avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi malaka guvohnomalarini tan oladi. (12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) 13-modda Oldingi tahrirga qarang. Bir Ahdlashuvchi tomon davlati tashuvchisi tomonidan boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining hududida joylashgan ikki punkt oralig‘ida amalga oshiriladigan yo‘lovchi yoki yuklarni tashishlar (kabotaj) ta’qiklanadi. (13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) Download 22.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling