Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet103/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro odat. Odat - xalqaro huquqning asosiy manbai sifatida ham, xalqaro iqtisodiy huquqning manbai sifatida ham muhim rol o'ynaydi.
Shuningdek, xalqaro iqtisodiy munosabatlami tartibga solishda odatning rolini cheklash fikriga qo'shilish ham mumkin, chunki davlatlar o'zaro munosabatlarda qo'llayotgan standartlarga odat huquqi orqali yondashish bilan inuammolarning barchasini hal qilib bo'lmaydi.
Chunki hozirda xalqaro huquqning asosiy tamoyillari sifatida chuqur ildiz otgan davlatlaming suverenitetini hurmat qilish, davlatlaming tengligi, xalqaro shartnomalarga rioya etish kabi temoyillar qadim zamonlardan mavjud bo‘lsa-da, davlatlar hozirgacha bu tamoyiliarni o‘zlarining ikki va ko‘p tomonlama shartoma, bitim va konvensiyalarida mustahkamlashga intilmoqdalar.
Xalqaro tashkilotlarning qarorlari (tavsiyalari, majburiy xarakterdagi qarorlari). Iqtisodiy hamkorlik masalalariga bagvishlangan ko‘p sonli tavsiyalar BMT bosh organlari, shuningdek BMT tizimiga kiruvchi yordainchi tashkilotlar (YUNKTAD, YLTNIDO va boshqalar) tomonidan qabul qilinadi. Bu organ va tashkilotlarning qarorlari yuridik majburiy xarakterga ega bo'lmay, tavsiya etuvchi kuchga egadir.
BMT Bosh Assambleyasi davlatlarning iqtisodiy huquq va majburiyatlari Xartiyasi, Yangi xalqaro iqtisodiy tartib to‘g‘risidagi Deklarasiya va Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘matish bo'yicha harakat Dasturi (1974) kabi asosiy aktlarni qabul qildi. Bu hujjatlarda bir-birini kamsitishga yo‘l qo'yilmaydigan o;zaro foydali iqtisodiy hamkorlik asoslari e'lon qilindi1.
Xalqaro konferensiyalaming hujjatlari ichida xalqaro iqtisodiy huquqning shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega hujjatlar mavjud bo'lib, jumladan, BMTning 1964-yilgi savdo va rivojlanish bo’yicha Jeneva konferensiyasining yakunlovchi Aktidagi xalqaro savdo munosabatlari va savdo siyosatini belgilab beruvchi tamoyillari, 1975-yilgi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi Yakunlovchi aktining “Atrof muhitni himoya qilish, fan-texnika va iqtisod sohasidagi hamkorlik” bo!limi, shuningdek 1990-yilgi EXHK doirasidagi oiiy darajadagi uchrashuvda qabul qilingan yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasining “Iqtisodiy hamkorlik” bo:limlarini keltirish mumkin.
Xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillari bilan birgalikda, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ma’lum bir savdo-siyosiy munosabatlarini tartibga solish uchun maxsus tamoyillardan foydalaniladi. Jumladan:

  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

  • o'zaro majburiyatlar olish;

  • o‘zaro imtiyozlar berish48 49.

Xalqaro iqtisodiy huquqning asosiy rejimlari sifatida quyidagilarni sanabo‘tish mumkin:
Kamsilmaslik rejimi. Bu rejimning huquqiy ma’nosi shundaki, bir davlat ikkinchi bir davlatga bir qator huquqlar berishda (jumladan, ularning fuqarolariga va o‘z milliy huquqining boshqa subyektlariga),shu davlatga berilayotgan huquqlar boshqa har qanday uchinchi davlatga berilgan huquqlardan kam bo‘lmasiigi lozim. Bunday huquq berish quiay sharoitlar yaratish, ya’ni imtiyozlar berishni nazarda tutmaydi. Boshqacha aytganda, kamsitmaslik rejimi boshqa bir davlat uchun, barcha davlatiar uchun umumiy bo'lgan shart-sharoitdan kam bo‘lmagan shart-sharoit yaratish majburiyatini bildiradi.
Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi (mumkin qadar qulaylik). Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi bir davlat o'zining hamkor davlati uchun, uchinchi bir davlat uchun amalda bo‘lgan yoki amalda bo‘lishi mumkin bo‘lgan imtiyozli (mumkin qadar quiay) sharoitlarni shu davlatga ham yaratib berish yuridik majburiyatini bildiradi. Mumkin qadar qulaylik rejimining qo'llanish sohasi u yoki bu xalqaro shartnomada mumkin qadar qulaylik to g'risidagi band bilan belgilanadi. Bu band umumiy shaklda savdo yoki dengiz yo‘lining butun bir sohasiga yoki munosabatlaming alohida bir turiga: bojxona to'loviari (ularning imtiyozli tarifijga nisbatan; tranzitga son jihatidan cheklash yoki taqiqiashga; transport rejimiga; soliq, jismoniy va yuridik shaxslaming yuridik huquqlariga va boshqa shu kabi sohalarga taalluqli bo'lishi mumkin.



Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling