Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet106/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Jahon savdo tashkiloti (JST) xalqaro iqtisodiyot sohasidagi barcha bitimlami amalga oshirishda asosiy o'rinni egalladi. Uning asosiy vazifalaridan biri-savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida yangi bitimlar tayyorlash. Demak, JSTning faoliyat doirasi savdo sohasi bilangina cheklanib qolmaydi.
JSTga a’zolik savdo uchun foydaii shart-sharoit yaratishi bois, ko'pchilik davlatlar unga a’zo bo'lishga intiladilar. Ammo bu oson ish emas, chunki buning uchun har qaysi nomzod tegishli taiablarga javob beta olishi, awalo, uning iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga asoslanganligi tan olinishi kerak.
JST faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
Birinchi vo ‘nalish tariflarni kamaytirish. Rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiy etgan mamlakatlar sanoat mahsulotlarining 72 foizi bo'yicha belgiiangan tariflaming 38 foizini bir tomonlama tartibda oshirib yubormaslikka rozi bo’ldilar. O‘z navbatida, sanoati rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlardan import qilinadigan sanoat mahsulotlari uchun o'rtacha tarifni 37 foizga kamaytirishga ko'ndilar.
Ikkinchi vo 'nalish — qishloq xojalik mahsulotlari savdosini liberallashtirish. Bitimda barcha tarifsiz to'siqlarni tariflar bilan almashtirish ko'zda tutilgan
Uchinchi vo 'nalish mahsulotning kelib chiqishiga doir qoidalar ilk bor yuridik majburiy kuchga ega shaklda JST bitimida qayd etilgan. Bu qoidalar savdo siyosatida davlatiar zo'ravonligini cheklash va mahsulotlar kelib chiqishi to'g'risidagi milliy qoidalami proteksion to‘siqlarga aylantirishga barham berishga qaratilgandir.
To 'rtinchi vo ‘nalish ogohlantiruvchi choralar to ‘g ‘risidagi bilimlarda, agar milliy sanoat jiddiy zarar ko'rayotgan yoki importning mislsiz darajada ortib ketishidan zarar ko‘rishi mumkin bo'lsa, ahdlashayotgan tomonlar uchun majburiyatlarni vaqtincha to‘xtatib turish yoki ularga o'zgartirishlar kiritish, shu jumladan tariflar bo'yicha yon berish imkoniyatlari ko'zda tutilgan.
Beshinchi vo 'nalish antidemping choralari milliy sanoatni unga nisbatan kuchliroq bo'lgan xorijiy raqibdan, shuningdek xorijiy kompaniyalar va hukumatlarning nohaiol savdo siyosatidan himoyalash maqsadini ko'zda tutiigan. . . . .
Oltinchi vo nalish subsidiyalarni cheklash subsidiyalanadigan eksportga qarshi choralar ko'rishga tegishlidir.
Yettinchi yo'nalish savdodagi texnik to’siqlar tovarlami olib kirish va olib chiqish bilan bog'liq ko'p sonli va xilma-xil qoidalar, I ishlab chiqarish va sanitariya standartlari, sinovlar va hokazolardan iborat. Bunday to'siqlarga barham berishdan ko'zlanadigan maqsad huquqiy tartibga solishni intemasionallashtirjsh, savdo kontraktlari shartlarini soddalashtirish va bu kabi holatlarda yuzaga keladigan nizolami hal etishdir.
Sakkizinchi vo 'nalishsavdoni xizmatlar ко 'magida tartibga solish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Masalan, AQSHning umumiy savdo hajmida xizmatlar savdosi 30 foizni tashkil etadi. Hozircha u ko‘p sonli milliy hujjatlar hisobiga ushlab turilibdi va yuzaga kelayotgan muammolar mumkin qadar qulaylik berish rejimiga muvofiq ravishda o'zaro yon berishlar yo'li bilan hal etilmoqda.
To ‘qqizinchi vo 'nalish — intellektual tmdk huquqi. Shu paytga qadar maxsus konvensiyalar bilan tartibga solinar edi. Savdoning intellektual mulkka doir jihatlari bo'yicha JST bitimlari mavjud konvensiyalarga nisbatan ilg'orligi bilan ajralib turadi. Ularda himoyaning nisbatan yuqori standartlari belgilangani buning misolidir.
Xalqaro moliya huquqi
Xalqaro moliya huquqi - davlatlararo valyuta-moliya munosabatlarini, ya’ni hisob-kitob, kredit munosabatlari, savdo bitimlarini moliyaviy ta’minlash, valyuta bozorini takomillashtirish, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarini tuzish va ulaming faoliyatiga doir munosabatlami tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy tamoyillar va normalar majmui.
Davlatlar o'rtasidagi valyuta-moliya munosabatlarini tartibga solish ikki tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu sohaga taalluqli qoidalar odatda umumiy mazmun kasb etuvchi iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi shartnomalarda o‘z ifodasini topadi.
Valyuta-moliya munosabatlari rivojlanib va murakkablashib borgani sari davlatlar ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar tuzishga ko'proq e’tibor bera boshlaydilar. Bunday tashkilotlar orasida 1945-yilda tuzilgan va BMTning ixtisoslashgan muassasasi hisoblangan Xalqaro valyuta fondi (XVF) markaziy o‘rinni egallaydi. Deyarli barcha davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi va MDHning boshqa mamlakatlari ham XVF a’zosidir
Xalqaro valyuta fondining maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. valyuta siyosati sohasidagi hamkorlikni rag'batlantirish;

  2. jahon savdosining muvozanatli rivojiga ko‘maklashish;

  3. valyutalar barqarorligini saqlab turish;

  4. raqobat nuqtayi nazaridan kelib chiqib valyutalarning devalvatsiya qilinishiga qarshilik ko'rsatish;

  5. valyutaning erkin transfertiga ko'maklashish;

  6. a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarining muvozanatsizligiga barham berish uchun mablag‘lar ajratish.

Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo‘lish chog'ida har bir davlat unga tegishli sarmoyaning muayyan ulushiga imzo chekadi. Ana shu kvota bilan daviatga tegishli bo'lgan ovoz soni. shuningdek u olishi mumkin bo'lgan ko‘mak miqdori belgilanadi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling