Xalqaro huquq


XIV BOB. XALQARO EKOLOGIYA HUQUQI


Download 3.36 Mb.
bet109/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

XIV BOB. XALQARO EKOLOGIYA HUQUQI
Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari. Xalqaro ekologiya huquqining prinsiplari. Xalqaro ekologiya huquqining manbaalari. Xalqaro ekologiya huquqida xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati. Xalqaro ekologiya huquqida javobgarlik masalalari.
Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari
Ma’lumki, BMT tomonidan 1972-yilda 5-iyun Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida belgilanib, global ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, mazkur sobada xalqaro hamkorlikning yangi yo'nalishlari ko‘rsatib berildi.
Ozbekiston Respublikasi hozirgi paytda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi xalqaro konfensiya, protokol va asosiy kelishuvlaming bin nechtasining ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu sohada o‘zaro hamkorlik masalalariga bag'ishlangan kelishuvlarni barcha Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa, Yevropa mamlakatiari bilan ham imzolanganligi mamlakatimizda ekologik masalalarga alohida e’tibor qaratilayotganiigidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda xalqaro ekologiya huquqi - bu umumiy (ommaviy) xalqaro huquqning shakllangan sohasi hisoblanadi.
Xalqaro ekologiya huquqi — xalqaro miqyosda mavjud ekologik qonunlar, prinsiplar hamda xalqaro huquqiy normalarni tartibga solgan holda, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni hamda inson ekologik huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, turli xil manbalardan tabiatga zararlami oldini olish, dunyo xalqlarga Yer yuzida kelajak avlod manfaatlarini inobatga olgan holda qulay hamda boy tabiiy sharoit hamda yuksak tabiatni ta'minlab berishga qaratilgan normalar majmui hisoblanadi.
Xalqaro ekologiya huquqining maqsadi atrof tabiiy muhit bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqlar sohasida davlatning va boshqa xalqaro munosabatlar subyektlarining o'zaro huquq va majburiyatlarini o‘rnatish orqali insoniyat harti-harakatlarini tartibga solishning yuridik vositasi (instrumenti) bo*lib xizmat qiladi.
Xalqaro ekologiya huquqining predmeti bo'lib, xalqaro ekologik munosabatlar, dunyo xalqlari. ya’ni insoniyat va atrof-tabiiy muhit
o'rtasidagi o'zaro chambarchas bog'liqlik hisoblanadi. Xalqaro ekologiya huquqining obyekti dunyo xalqlari, millat va elatning yashashi uchun hayot manbai bo'lgan yer, suv, havo (atmosfera), o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmonlar, barcha yer osti boyliklari, butun bir tabiat hisoblanadi. Xalqaro ekologiya huquqining subyekti bo'lib, millatlar, xalqlar, o‘z mustaqilligiga ega bo'lgan barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, xalqaro ekologik munosabatlar ishtirokcbisi bo'lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tan olinadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro huquqiy obyekti deb xalqaro huquq subyektlarining ekologik munosabatlar predmeti bo'lgan tabiiy obyektlar, ya’ni o'zining xususiyati, joylanishi va ahamiyati nuqtayi nazardan biron-bir davlat yurisdiksiyasiga kirmaydigan va shuning uchun ham ikki va undan ortiq mamlakatlar yoki xalqaro-huquq subyektlari mulki bo'lgan tabiiy obyektlardir. Ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish faqatgina bitta davlat tomonidan amalga oshira olmaydi, ular xalqaro huquq manbalari orqali tartibga solib turiladi.
Xalqaro ekologiya huquqi obyektlarining ikki turi: xalqaro-huquqiy muhofazalash obyektlari va xalqaro-huquqiy tabiiy obyektlari mavjud.
Xalqaro-huquqiy muhofaza qilish obyektiga havo basseyni, fazo. dunyo okeani, Antarktika, ko'chib yuruvchi hayvonlar va qushlar kiradi.
Xalqaro-huquqiy tabiiy obyektiga - implementatsiya qilingan milliy qonunlar asosida muhofaza qilinadigan va ulardan foydalanadigan tabiiy obyektlar kiradi. Ikki va undan ortiq mamlakatlar hududlarida joylashgan daryolar, ko'llar, dengizlar hamda xalqaro Qizil kitobiga kiritilgan kamyob yoxud yo'q bo'lib ketayotgan o'simlik va hayvonot dunyosi turlari kiradi.
Tarixan nazar tashlaydigan bo'lsak, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish, avvald, ikki tomonlama davlatlararo o'zaro kelishuv va bitimlar asosida rivojlana boshlangan. Bunga misol bo'lib 1839-yil 2-avgustda qabul qilingan Buyuk Britaniya va Fransiya sohillarida baliq va dengiz molyuskalarini ovlash to'g'risidagi Konvensiya hisoblanadi.
Shuningdek ushbu sohada ilk marotaba ko'p tomonlama munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat 1868-yilda qabul qilingan Reyn kemachiligi to'g'risidagi konvensiya bo'lib, ushbu hujjat asosida Reyn daryosi suvlarini ifloslanishidan muhofaza qilish talabalarini o'z ichiga oladi. Hozirgi kunga kelib dunyo miqyosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish sohasida ko'ptomonlarna universal (global) va mintaqaviy (hududiy) xalqaro konvensiyalar 1600tani hamda ikkitomonlama o'zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar 3 mingdan ortig'ini tashkil etadi.
Ushbu sohadagi ko'ptomonlaina xalqaro hamkorlikning ilk qadami bo'lib 1913-yil 17— 19-noyabr kunlari Sliveysariyaning Bern shahrida bo‘l
Bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasiga ko‘tardi.
1948-yilning oktabr oyida Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro Kengash (MSOP) tashkil etildi hamda ushbu kengash 1996-yil oktabr oyida o’zining yigirmanchi Bosh Assambleyasi (xalqaro tashkilotlarning umumiy majlisi)ni o‘tkazdi va u “Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha butundunyo kongressi” nomini oldi.
Bundan tashqari, 1962-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi o'zining XVII sessiyasida “Iqtisodiy taraqqiyot va tabiatni muhofaza qilish” nomli rezolutsiyani qabul qilib, unda takomillashtirilgan samarali ichki qonunchilik hamda xalqaro huquq asosida tabiatni muhofaza qilish oldindan yoxud iqtisodiy jihatdan rivojlanish barobarida yoki birgalikda amalga oshirilishi zarurligi e’tirof etildi. Shuningdek, Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro Kengash (MSOP) va boshqa xalqaro tashkilotlarni barcha choralarni qo‘llagan holda qo‘llab-quwatlab, jamoatchilikni ushbu vazifalarni amalga oshirishda keng jalb etish lozimligini tavsiya etadi.
Yuridik adabiyotlarda taniqli olimlar xalqaro ekologiya huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi uchta bosqichda namoyon bo*lishini e’tirof etadilar. Unga muvofiq. 1-bosqich: 1834-1948-yillar. 2-bosqich: 1948-1972-yillar va 3-bosqich: 1972-yildan to hozirgi vaqtgacha. Ilk bosqich davlatlarning mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni hal etishga urinishlari bo'lsa, ikkinchi bosqich BMT faoliyatining boshlanishi hisoblanadi hamda uchinchi bosqich esa ekologiya masalalar bo‘yicha global xalqaro konferensiyalarni amalga oshirishda namoyon bo‘ldi.
Ma’lumki, xalqaro ekologiya huquqining bir qator xususiyatlari ham mavjud. bular:
Birinchidan, bu xalqaro ekologik huquqiy munosabatlami mustahkamlaydi va tartibga soladi;
Ikkinchidan, mavjud xalqaro ekologik holat (vaziyat), ekologik xavfsizlik hamda muammolar xalqaro prinsiplar asosida ko'rib chiqiiadi va hal etilishi ta’minlanadi;
Uchinchidan, qabul qilingan barcha xalqaro ekologik huquqiy normalar, faqatgina bitta davlat manfaati uchun emas, balki bir nechta davlatlar hamda xalqlar manfaatidan kelib chiqiiadi;
to'rtinchidan, ushbu sohada xalqaro miqyosda qabul qilingan barcha normalar xalqaro prinsiplarga asosan amalga oshirilishi davlatlar tomonidan ta’minlanadi va kafoiatlanadi.
Xalqaro ekologiya huquqi nafaqat inson huquqlari balki xalqaro huquqning boshqa sohalari bilan ham uzviy bog’liq. Qolaversa, atroftabiiy muhitni himoya qilish dengiz huquqi va fazo huquqining ham asosiy prinsiplaii hisoblanadi.
Xalqaro ekologiya huquqining prinsiplaii
Xalqaro ekologiya huquqining asosiy prinsiplariga BMTning Nizomida, 1970-yilda qabul qilingan BMTning tamoyillari haqidagi Deklaratsiyasida, 1975-yilgi Xelsinki sammitining Yakuniy ro'yxati (hujjat)da hamda xalqaro-huquqiy amaliyotdan kelib chiqqan holda shakllangan prinsiplar kiradi. Xalqaro ekologik prinsiplar xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining atrof-muhitni muhofaza qilish va xalqaro huquq obyektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalaridir. Xalqaro ekologiya huquqining o'ziga xos prinsiplari butun bir kodifikatsiyalashgan tarzda emas, ular turli xil ko‘pgina xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan prinsiplardan iborat bo‘lib. ular tavsiya va majburiy xarakterga ega bo’ladi.
Umume’tirof etilgan prinsiplar quyidagilardan iborat:

  • atrof-muhitga insoniyatning umumiy tashvishi;

  • davlat hududidan tashqari atrof-muhit insoniyatning umiimilliy boyligi hisoblanishi;

  • atrof-muhit va uning tarkibiy qismini o’rganish va undan foydalanishning erkinligi;

  • atrof-muhitdan oqilona foydalanish;

  • atrof-muhit va uning tarkibiy qismini o‘rganish va undan foydalanishdagi xalqaro-huquqiy hamkorlikka ko’maklashish (yordam berish);

  • atrof-muhitga ehtiyotkorona yondashish;

  • atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish v.b.

Shuningdek, quyidagi prinsiplar ham amalda, bular:


  1. Download 3.36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling