Xalqaro huquq
Luknsl.uk I I., Saidov AX Hozirji zzmon xalqnro huquqi nazariyasi asoslari Darslik -T: Adclat, 2006. - B.252
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
Luknsl.uk I I., Saidov AX Hozirji zzmon xalqnro huquqi nazariyasi asoslari Darslik -T: Adclat, 2006. - B.252.
Xalqaro savdo huquqi Xalqaro savdo munosabatlariga iqtisodiy munosabatlar kabi davlatlarning iqtisodiy va siyosiy o'ziga xosligi, shuningdek ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadigan xiima-xillik xosdir. Savdo aloqalarini tartibga solishda ikki tomonlama bitimlarning birlamchi ahamiyat kasb etishi ham shu bilan izohlanadi. Ko‘p tomonlama xalqaro hujjatlaida bunday bitimlarning ahamiyatiga e’tibor qaratiladi va ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Jahon savdosini yalpi ravishda, samarali tartibga solish zarurati bir qancha universal tashkilotlarning paydo bo’lishiga olib keidi. 1947-yilda xalqaro savdo sohasidagi asosiy hujjat — Tariflar va savdo to‘g‘risidagi bosh hitim - GATT (GATT - General Agreement on Tariffs and Trade) qabul qilingan. Ushbu bitim savdoni ko‘p tomonlama tartibga solishning va, shu bilan bir qatorda, xalqaro savdo huquqining asoslarini tashkil etdi Bitimda davlatning mumkin qadar qulaylik berish rejimi, kamsitmaslik rejimi, milliy rejim to’g risidagi qoidalar o‘rin oigan. Umuman olganda, uning vazifalari ko'lami unchalik keng bo‘lmagan. Unda. asosan, 1947-yilda ham urushdan oldingi yuqori darajada saqlanib turgan bojxona tariflarini kamaytirish haqida gap borgan GATTning o‘ziga xos ish tartibi qabul qilingan bo'lib, unga ko‘ra, muzokaralar mavzusi e’lon qilinar va ushbu mavzu bir necha-yil mobaynida muhokama etilardi. Bunday muzokaralar davrasi “raund” deb atalar va uning oxirida tegishli qaror qabul qilinar edi. 1994-yilda yetti yilga cho'zilgan Urugvay raundi deb atalmish muzokaralar yakuniga etgan, unda 118 davlat ishtirok etgan. Ushbu raund nihoyasi bo‘yicha Yakunlovchi akt qabul qilinib, u bir necha bitimlar va ularga ilovalardan iborat. Aktning asosiy matni 500 sahifani tashkil etadi. Asosiy hujjatlar sirasiga quyidagi bitimlar kiradi: Jahon savdo tashkilotini (JST) ta’sis etish to‘g‘risida; Bojxona tariflari to‘g‘risida; Tovarlar savdosi to‘g‘risida; Xizmatlar savdosi to‘g‘risida; ■ Savdoga taalluqli intellektual mulk huquqlari to’g’risida. 1964-yili BMT Bosh Assambleyasi rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini ko'zlovchi mustaqil organ — BMTning savdo va taraqqiyot bo'yicha konferensiyasini (YUNKTAD) ta’sis etdi. U Davlatlarning tranzit savdosi to‘g‘risida konvensiya, xomashyo mahsulotlari savdosi bo'yicha bitimlar, savdo preferensiyalari global tizimi to‘g‘risida bitimlar va hokazo hujjatlarni ishlab chiqdi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) jahon neft bozorida narx-navo barqarorligini ta’niinlab turish va uning 0‘zgarishlariga yo‘l qo'ymasiik kabi asosiy vazifani bajaradi. OPEK a’zo mamlakatlarning neftt qazib olish siyosatini inuvofiqlashtirib turadi. Xalqaro mahsulot bitimlari — kofe, bug‘doy, какао, shakar, zaytun yog'i, kauchuk, qalayi kabi asosiy xomashyo mahsulotlarini eksport va import qiluvchilarni o‘z safida birlashtiruvchi tashkilotlar ana shunday nomlanadi. Bu tashkilotlar muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va bozorga sotish borasida kvotalar ishlab chiqadi. Shu maqsadda ular fondlar va mahsulot zaxiralarini tashkil etadilar. BMTning Xalqaro savdo huquqi bo ‘yicha komissiyasi (YUNSITRAL) 1966-yili BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tuzilgan. Uning vazifasi xalqaro savdo huquqini uyq'unlashtirish va unifikatsiyalashtirishdan iborat. Xalqaro savdo palatasi — xalqaro nohukumat tashkilot bo'lib, 1920-yilda ta’sis etilgan, savdo odatlari va amaliyotini umumlashtirish bilan shug'ullanadi. Palata tomonidan qabul qilingan “Xalqaro atamalami izohlashning xalqaro qoidalari” (INKOTERMS) keng ommaviylashgan bo'lib, muntazam ravishda yangilab turiladi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling