Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet117/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

18 yoshga yetmagan shaxslar uchun yurisdiksiyadan istisnolik prinsipi. Mazkur prinsip jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga yetmagan hai qanday shaxsga nisbatan Sud yurisdiksiyaga ega ernasligini anglatadi;
Mansabdan kelib chiqib ish yuritishgayo ‘I qo 'ymashkprinsipi. Ushbu prinsip Xalqaro Jinoyat Sudi Statuti, shaxs qanday lavozinmi egailab turganligidan qat'i nazar, barcha uchun teng qo‘ 11 anilishini anglatadi. O‘z navbatida davlat yoki hukumat boshlig‘i lavozimida bo'lganlik, parlament yoki hukumat a’zosi, tayinlangan mansabdor shaxs yoki hukumatning mansabdor shaxsi bo‘lganlik Xalqaro Jinoyat Sudi Statutiga binoan hech qanday holatda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikka yoxud jazo turining yengilroq shakli tayinlanishiga asos bo‘la olmaydi. Shaxsning lavozimi maxsus protsessuai normalar yoki immunitetlar biian bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, xalqaro huquq yoki milliy huquqqa tegishli bo‘lsa ham hech qanday holatda bunday shaxsga nisbatan sud yurisdiksiyasi qo‘llanilishini taqiqlanmasligi shart;
Komandir va boshqa boshliqlarning javobgarligi prinsipi. Mazkur prinsip jinoyatlar uchun Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining boshqa jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini to'ldiriladi. Unga ko'ra harbiy komandir sud yurisdiksiyasiga tushuvchi kuch bilan amalga oshirilgan, vaziyat taqozosi biian, buyruq berish yoki nazorat qilish bilan amalga oshirilgan jinoiy ishlar va sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortiiadi. Uning boshqaruvi yoki nazorati natijasida belgilangan tarzda bunday kuchlaining jinoyat sodir etishi yoki jinoyat sodir etishiga urinishlari holatlari, uning xizmat lavozimidan foydalangan holda jinoyat sodir etilishining oldini olmaganligi, jinoyat sodir etilishiga yo‘i qo'yganligi, yuzaga kelgan vaziyatlarni bartaraf etmaganligi yoki yuqoridagi holatlar kuzatilganida vaziyatni bilishi va tegishli idoralarga jinoiy ish olib borish, taftish o‘tkazish uchun taqdim etmaganligi natijasida jinoiy ish yoki harakat sodir etiladi va buning uchun komandir yoki mas ul shaxs jinoiy javobgarlikka tortiiadi. Yuqorida qayd etilmagan, boshliq va bo'ysunuvchi munosabatlariga aniqlashtirish lozim. Boshliqning faol boshqaruvi yoki nazorati natijasida uning bo'ysunuvchilari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar, bo'ysinuvchilarining olib borayotgan jinoiy harakatlari va sodir etgan jinoyatlarini bila turib yoki bilmaslikka olib, jinoyat haqida keltirilgan aniq axborotlarni ham ko‘rib turib yoki bilmaganlikka olib jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo'yganligi uchun ham sud yurisdiksiyasida qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiiadi va jazolanadi;
O'tish muddati qo'llanilmaslik prinsipi. Mazkur prinsip Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiksiyasiga tushuvchi jinoyatlarga nisbatan hech qanday vaqt belgilanmasligini aniqlashtiradi. Ya’ni mazkur Statutda belgilangan jinoyatlar sodir etilgan bo'lsa, qancha vaqt o'tishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortilishini anglatadi.
Subyektiv tomon prinsipi. Unga ko'ra Xalqaro Jinoyat Sudi yurisdiksiyasiga tushgan jinoyatlarning shaxs qasddan yoki bila turib amalga oshirgan holatlarda jinoiy javobgarlikka tortiiadi. Mazkur prinsip maqsadlariga shaxs noqonuniy faoliyat, jumladan, bu harakatlarni aynan o'sha shaxs sodir etishni ko'zlagan, sodir etgan voqealarning oddiy jarayonlarida jinoiy harakatlar sodir bo'lishini bilgan holda faoliyat olib borgan holatlar tegishlidir. Bu prinsip maqsadi yo'lida voqea- hodisalaming obyektiv jarayonlarida, holatlar mavjudligini “ongli ravishda” anglashni bildiradi;
Jinoiy javobgarlikdan ozod etish asosining prinsipi. Mazkur prinsip shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslarini belgilab beradi. Shaxs:
birinchidan, jinoyat sodir etilgan vaqtda qonunga zid harakat qilanayotganini, qonun buzilayotganini anglaganini. qomin talablariga zid faoliyat olib borayotganligini tushunishiga imkon bermaydigan ruhiy kasailikka chalingan yoki ruhiy buzilishiari bo'lgan taqdirda;
ikkinchidan, qonunga qarshi ish olib borayotganligini, xatti- harakatlarini qonun talablaridan kelib chiqib bajarish lozimligini anglash imkoniyatidan mahrum qiluvchi intoksikatsiya holatida bo'lsa (o‘z xohishi bilan intoksikatsiya (zaharlanish) oqibatida sud yurisdiksiyasidagi jinoyatlar sodir etilishini bilgan yoki bunday harakat xavfliligini ko'rmaganga oigan holatlar bundan mustasno):
uchinchidan, agar shaxs harbiy jinoyatlar sodir etilgan holatlarda o’zini yoki boshqa bir shaxsni himoya qilish uchun atayin harakat qilgan bo'lsa, ushbu shaxs yoki boshqa bir shaxsning tirik qolishi uchun o'ta muhim bo'lgan voqealarni yoki harbiy xususiyatga ega bo'lgan topshiriqlarni bajarishda muhim bo'lgan holatlarda harakat olib borsa, o'sha shaxsga yoki boshqa bir shaxsga nisbatan mavjud xavfning darajasidan kelib chiqib, ilojsizlikdan noqonuniy harakatlar olib borsa;
to'rtinchidan, shaxsning o'limi yoki og'ir turdagi tan jarohati yetkazilish xavfi tug'ilgan holatda Xalqaro jinoyat sudi yurisdiksiyasidagi jinoyatlaming sodir etilishiga olib kelgan harakat sodir etsa, o‘zi yoki boshqa shaxsga nisbatan yuqoridagi aziyatlar yetkazilgan paytda bu xavfni, katta ziyon yetkazishni istamagan hoida bartaraf etish, unga chek qo'yish uchun zarur chora-tadbirlar ko'rsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Bunday xavf-xatarlar boshqa shaxslar tomonidan yoki bu shaxs bilan bog'liq bo'lmagan boshqa vaziyatlardan kelib chiqadi. Bu jihatdan sud unda ko'rilayotgan ish yuzasidan jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslari qo'llanilishini aniqlashi lozim. Sud jinoiy javobgarlikdan ozod etuvchi biror bir asosni ish bo'yicha sud jarayonlari boshlanmasidan oldin ko'rib chiqishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslarini qo'llash jarayoni himoya sud palatasi va Xalqaro Jinoyat Sudi Prokuroriga yuqorida aytib o'tilgan holatlardagi asoslami taqdim etishdan iborat. Bu jarayonlaming barchasi sud jarayonlari boshlangunicha, prokuror tegishli tarzda ularga tayyorgarlik ko'ra olishi uchun, amalga oshirilishi lozim. Bunday xabardan so'ng sudning sudlov palatasi qaror qabul qilishdan oldin, himoya mazkur asoslardan jinoiy javobgarlikdan ozod etish uchun foydalana olishini aniqlab, prokuror va himoyachini eshitib ko'rishi lozim. Agar himoyachining bu asoslardan foydalanishiga ruxsat etilsa, sudning
sudlov palatasi prokurorga bu asoslar bilan bog'liq dalillami tayyorlashi uchun tanaffus e’lon qiiadi;

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling