Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet115/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

E’tibor bering!
Sobiq Yugoslaviya hududida sodir etilgan xalqaro gumanitar huquqining jiddiy tarzda buzilishida javobgar shaxslar ustidan sud-tergov ishlari olib boruvchi BMT Xavfsizlik Kengashining 1993-yil 25-maydagi rezolyutsiyasi asosida vujudga kelgan Xalqaro Tribunal Ustavi, BMT Xalqaro Huquq Komissiyasi tomonidan 1994-yildagi 46-sessiyasida qabul qilingan Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining loyihasi hamda Insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kodekstning loyihasi I (2, 20 va 22-moddalar) urush qonunlari va odatlarining odat huquqi xususiyati, bir qator xalqaro shartnomalarda о z aksini topganligini tasdiqladi. Bit hujjatlarni xalqaro jinoyal huquqining muhim manbalari deb hisoblash mumkin.
Masalan, 1899 va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalari, 1948-yildagi Genotsid uchun ogohlantirish va jazo to'g'risidagi Konvensiya.
Shartli ravishda yordamchi manba sifatida xalqaro jinoyat huquqi manbalariga u yoki bu darajada xalqaro jinoyat yoki xalqaro xarakterdagi jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarligi masalasi va jazolashga yo naltirilgan davlatning ichki qonunlarini ham kiritish mumkin.
Bir qator davlatlarning aynan bir masala yuzasidan qabul qilgan ichki qonunlari xalqaro jinoyat huquqining odat normalarini yuzaga kelishiga ta’sir etishi mumkin.
Masalan, davlatlar tomonidan xalqaro terrorchilik harakatlariga qarshi kurash to'g'risida qabul qilgan qonuni, bunday harakatlarni taqiqlovchi, jismoniy shaxslarning xalqaro jinoiy javobgarlikka torlilishi haqidagi masalani qo 'yuvchi va tishbu harakatni jinoyat deb tavsiflovchi xalqaro huquq normalarining yaratilishiga olib kelish mumkin (O'zbekiston Respublikasining Terrorizmga qarshi kurash to 'g 'risidagi 2000-yildagi qonuni1).
Qulchilik va qul savdosini taqiqlash hamda yo'q qilish davlatlarning ichki qonunlar ishlab chiqishi nalijasi asosan Amerika davlatlari tomonidan XIX asrda, 1885-yilda Berlin Konferensiyasida qabul qilingan Kongo to'g'risidagi asosiy hujjalning 9-moddasida va Kongo daryosi sohillari hududidan qul bozori sifatida va qullar tashiladigan transit yo'l sifatida foydalanishni taqiqlovchi qonunlarda o‘z tfodasini topgan. 1926-yilga kelib Qulchilik to'g'risida maxsus Konvensiya qabul qilingan.
'ЎзЛскясток Pecnyomncacw О.*па< Мажлиспттг Ахбарапюиаси - 2001. — №1-2. -15-модда: Ўзбсшстпл Рсспубликасн комуп ҳужлғатлари тч плами - 20Q4. - №25 -287-модда; - 2015. -№32. - 425-модда; - 2016, - №J7. " 173-моддх
Biz davlatlaming ichki qonunlarini. ular xalqaro jinoyat huquqining allaqachon mavjud bo'lgan xalqaro odat huquqi nonnalarini tasdiqlasa ham, xalqaro jinoyat huquqining tamoyil va nonnalari davlatlar hududida amalga oshirilishi ta’minlanayotganligi uchun ham yordamchi manbalar deb ataymiz.
Misol tariqasida, maxsus shartnomaga asoslangan ekstraditsiya (tishlab berish) institutini keltirish mumkin. Unga ко 'ra, yuqoridagi shartnoma mavjud bo Iniagan hollarda xalqaro odat huquq normasi — javobgarlikning muqarrarligi tantoyili hisoblanadi. Jinoyatchini ushlah berish institutiga asoslangan ushbu asosiy tamoyil Uaut dedere aut judicare" nomli atamada o'z aksini topgan. Mazkur tamoyil bugungi kunda borgan sayin keng taraqqiy erib bormoqda Ushbu iboratiiitg o’zbek tilida tarjimasi “topshiryoki sud qil” kabi nta’nolarni anglatadL
Xalqaro jinoyat huquqining manbai sifatida sud qarorlari alohida ahamiyatga ega. Sud qarorlari umumiy tamoyillar kabi xalqaro huquqning ma’lum bir nonnalari yaratilisliiga katta ta’sir etadi (ayniqsa, urush qonuni va odatlari borasida).
Sud qarorlarida ko'rsatilgan Nyumberg tamoyillari asosiy xalqaro jinoiy javobgarlikka tortiluvchi jinoyatlar ro'yxati va xalqaro huquqning yangi normalari уaratilishiga asos boddi. Ular qatoriga Genotsid jinoyatining oldini olish va buning uchun jazolash to‘g‘risidagi 1948-yilgi konvensiyani kiritish mumkin.
1949-yilda qabul qilingan Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasida harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to'g'ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan. Bu masala 1907-yildagi Gaaga konvensiyasida tilga olinmagan, lekin Nyurnberg Tribunalining Nizomi va hukmlarida bevosita muhokama qilingan.
Sud qarorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri faqatgina taraflar tomonidan bajarilish majburiyatini yuklaydi. Xalqaro Sud Statutining 59-moddasida sud qarorlari faqat “mazkur ish yuzasidan ishda ishtirok etayotgan tomonlar va ushbu ish uchun” majburiyligi belgilangan. Lekin boshqa bir shunga o‘xshash ish ko‘rilsa, sud ko‘rilgan ish yuzasidan chiqargan qarorlami va uning dalillarini yoki butun sud qarorining o'zini inobatga olishi mumkin.
Sud qarorlarini xalqaro jinoyat huquqining tuzilishi va rivojlanishida muhim rol o'ynovchi bilvosita yoki yordamchi manbalarga kiritish mumkin.
Xalqaro jinoyat huquqining yordamchi manbalariga xalqaro tashkilotlar, awalo BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi kabi organlarning qarorlarini ham kiritish lozim.
Xalqaro sud o‘z Statutining 38-moddasida o'zining bir qator ishlarida xalqaro tashkilotlar rezolutsiyalardan foydalangan bo‘lsa-da, ulami xalqaro huquq manbalari sifatida ta’kidlab o'tmagan. Aksariyat olimlar xalqaro tashkilotlaming qarorlarini xalqaro huquq va xalqaro jinoyat huquqining bilvosita manbalari deb hisoblashadi.
BMTning turli idoralari tomonidan bevosita jinoyat huquqiga tegishli bir qator xalqaro hujjatlar qabul qiiingan. Ular qatoriga “Mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalari”, “Qiynoq va boshqa shafqatsiz. qadr-qimmatni kamsituvchi gayrinsoniy muomala turlariga barham berish to‘g‘risida”gi Deklaratsiya. “Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni tartibga solish xatti-harakati’’ kodeksidir.
Bu xalqaro hujjatlar guruhiga “Odil sudlovdagi tenglik tamoyili”; “Qiynoq va boshqa shafqatsiz. qadr-qimmatni kamsituvchi g‘ayrinsoniy muomala turlariga barham berish to‘g‘risida”gi konvensiya; “Qamoq jazosi yoki boshqa turdagi hibsga olishning turlarida shaxslarni himoyasiga tegishli tibbiy etika kodeksi”; “Hibsga olish yoki qamoq jazosining qanday turi bo^ishidan qat’i nazar, barcha shaxslarni himoyalash tamoyili qonunlari” kabilami ham kiritish mumkin.
Birinchi guruh hujjatlari davlatlarga tavsiyalar sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, qonunlar bilan birga xalqaro kelishuvlaming ham ishlab chiqilishi va qabul qilinishiga ta’sir ko'rsatdi.
Masalan, "Qiynoq va boshqa shafqatsiz, qadr-qimmatni kamsituvchi g'ayrinsoniy muomala turlariga barham berish lo’g'risida"gi Deklaratsiya 1987-yil kuchga kirgan xuddi shu nomdagi Konvensiyaning ishlab ckiqilishini tezlashtirdi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling