Xalqaro huquq


'П 4 ст. 2 Венской конвеншпго психотропных веществах от 21 февраля 1971 г


Download 3.36 Mb.
bet123/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

'П 4 ст. 2 Венской конвеншпго психотропных веществах от 21 февраля 1971 г.
3Ст 15 Конвенции об открытом море 1958 г.
Havo kemalarini noqonuniy egallash va fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qaratilgan boshqa noqonuniy aktlar. Samolyotlarni qo‘lga olish va olib qochish, shuningdek fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga boshqacha aralashish ekipaj va yo'lovchilar hayotiga xavf soladi, havo transportining faoliyat tartibini buzadi. Hozirgi paytda davlatlarning havo transportidagi jinoyatlarga qarshi kurashi 1970-yil 16-dekabrdagi Havo kemalarini noqonuniy egallashga qarshi kurash to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi va 1971-yil 23-sentabrdagi Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Monreal konvensiyasi asosida olib borilmoqda.
Xalqaro jinoyat sudlari
Nyurnberg va Tokio Xalqaro harbiy tribunallari. Ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilar og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslami javobgarlikka tortish to‘g‘ri va adolatli bo'lishi lozimligini talab qildilar.
1943-yil 30-oktabrdan boshlab gitlerchilar sodir etgan vahshiyliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi Moskva deklaratsiyasi qabul qilindi. Moskva deklaratsiyasiga ko'ra, gitlerchilarning qilgan jinoiy harakatlari va vaxshiy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortib, jinoyatni qayerda sodir etganliklaridan qat’i nazar, ularni sudlash edi. Sud qidiruv, tergov va jazolashni milliy yurisdiksiyalarga asoslanmagan holatda ham amalga oshirishni lozim deb topdi.
1945-yil 8-avgust kunida Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH va SSSR hukumatlari tomonidan uzoq muzokaralar natijasi o'laroq, Londonda Xalqaro harbiy tribunal tashkil qilishga kelishib olindi.
Kelishuvga asosan Xalqaro harbiy tribunal Nizomi tuzildi. Unga binoan to‘rt nafar sudya va ulaming b‘rinbosarlari, bevosita kelishuvda ishtirok etgan to'rtta hukumatdan ikkitadan vakil hamda shu davlatlarning jazo aktlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘ruvchi va dalillarni keltiruvchi ayblov komissiyasi tuzildi.
Nyurnberg Nizomida uning yurisdiksiyasi belgilanib, umumiy tamoyillari qabul qilindi. Nizomga binoan jinoiy javobgarlikka tortish, sudlash va harbiy jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan joriy qilingan hukmlami ijro etish Tribunalga topshirildi.
Shu tariqa, Xalqaro harbiy tribunal jinoyatchi Germaniya gitlerchilarining harbiy boshliqlarini javobgarlikka tortuvchi uchta asosiy xalqaro jinoyat turini belgiladi. Nizomning 6-moddasida tinchlikka qarshi jinoyatlar. harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni jinoiy javobgarlikka tortish subyektlari va doirasi ko'rsatildi. Ular tarkibiga boshJiqlar, tashkilotlar, yollanganlar va vazifa topshirilganlar, og‘ir jinoyat deb topilgan holatlarning birortasini amalga oshirishda yoki amalga oshirish maqsadida kelishuv va shartnomalarda ishtirok etganlar kiritildi.
Nizom hamda Xalqaro harbiy tribunalning shakllanishida davlatlar faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining munosabatidan kelib chiqib yondashdilar va o‘z oldilariga butun dunyo hamjamiyati nomidan harbiy jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadini qo'ydilar.
Yaponiyaning asosiy harbiy jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortishning xuddi shunday tamoyillari Tokio xalqaro tribunalining Nizomiga kiritildi.
1945-yii 3-sentabrda militar Yaponiya uchun Ikkinchi jahon urushi mag'lubiyat bilan yakunlandi. Yapon mi I itaristlari dunyo xalqlariga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishdi. Bu bilan bog'liq bo'lgan masalalar yechimi sifatidagi Potsdam konferensiyasida yapon harbiylarini javobgarlikka tortish masalasi qo‘yildi. 1945-yil dekabrda Moskvada bo'lib o'tgan. SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining majlisida Yaponiya uchun ittifoq birlashmasi, Uzoq Sharq uchun kompetensiya va komissiya tashkil etish ma’qullandi.
Uzoq Sharq komissiyasi yapon harbiy jinoyatchilarini hibsga olish, sud qilish va javobgarlikka tortish masalalarini aniqladi hamda 1946-yil 19-yanvardagi boshqaruvchi ittifoq mamlakatlaming munozaralaridan so'ng Uzoq Sharq uchun Xalqaro harbiy tribunalning Nyumberg Tribunalinikiga o‘xshash Nizomi tasdiqlandi.
Tribunal 20 nafar sudlanuvchi ustidan hukm chiqardi. Tokio Tribunali hukmlarida harbiy asirlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan javobgarlikka tortish masalasi keng miqyosda ko'rib chiqildi. Bu masala Nyurnberg Tribunalida alohida koTib chiqilmagan edi.
Nyurnberg va Tokio Tribunallarining hukmlari xalqaro huquq tarixida insoniyatga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyatlarni sud qilishning ilk xalqaro sud aktlari ekanligi hamda bu jinoyatlaming sodir etilishini asosiy qoTlab- quvvatlagan boshliqlari, tashkilotchilari, ijrochilari muqarrar hukm qilinib, shafqatsiz jazolanganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi. Nyurnberg va Tokioda chiqarilgan hukmlar tarixiy saboqlami unutgan holda harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etuvchi hukumat vakil lari, alohida yuqori lavozimdagi shaxslar, agressiv doiralar uchun jiddiy ogohlantirish bo'lib xizmat qiidi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling