Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
Sobiq Yugoslaviya va Ruanda Xalqaro harbiy tribunallari. Sobiq Yugoslaviya va Ruanda hududida xalqaro huquqning buzilishi va insonlaming jabrlanishiga sabab bo'lgan harakatlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1993 va 1994-yillarda ikkita favqulodda xalqaro jinoiy sud -sobiq Yugoslaviya hududida xalqaro huquqning jiddiy buzilishi va jinoiy harakatlarning amalga oshirilishiga sabab bo'lgan shaxslarni sud qiluvchi xalqaro jinoiy tribunal, 1991-yilda hamda 1994-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan davr mobaynida Ruanda va qo'shni mamlakatlar hududida amalga oshirilgan genotsid, xalqaro huquqning buzilishi, Ruanda aholisiga nisbatan genotsid jinoyati va boshqa jinoiy harakatlarni sodir etgan shaxslar ustidan jinoiy ish ochish va sud qilish bilan shug'uilanish uchun xalqaro jinoiy tribunal tashkil etishni taqozo etdi.
Sobiq Yugoslaviyadagi holatning maqomi 1949-yildagi Jeneva konvensiyasidan kelib chiqqan holda xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi hamda insoniyat va genotsidga qarshi jinoyatlarga tegishli bo‘lib, Tribunalning yurisdiksiyasiga kiritilgan. Ruanda voqeasi uchun Tribunal xalqaro xususiyatga ega bo'lmagan qurolli to'qnashuvlar, genotsidga oid, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlami hamda 1949-yildagi Jeneva konvensiyasidan kelib chiqib va 1977-yildagi bu Konvensiyani to'ldiruvchi, xalqaro xususiyatga ega bo'lmagan qurolli to'qnashuvlar normalarini o‘z ichiga oluvchi Ikkinchi hisobotga asosan urush qurbonlarini himoyalash to'g'risidagi umum qabul qilgan normalaming buzilishi jinoyatlarini ko'rib chiqish maqsadida tashkil etildi. Xalqaro tribunallarning уurisdiksiyalari jismoniy shaxslarga ularning Nizomdagi o'rniga mos ravishda tarqatiladi. Xalqaro tribunallaming tashkil etilishi sodir etilgan jinoyatlarga milliy sudlaming munosabatlarini e’tiborga oltnagan holda amalga oshirilishiga e’tibor berish lozim. Bundan kelib chiqadiki, tribunallar bunday jinoyatlami sodir etgan bir guruh shaxslar bilan bog'liq jinoyatlami to'liq hal eta olmaydi. Lekin aynan o'sha ish yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atish xalqaro Tribunal vakolatiga kiritilgan. Demak, Yugoslaviya va Ruanda uchun tashkil etilgan Xalqaro tribunallar davlatlaming faol harakatisiz ish olib bora olmaydi. BMT Nizomining VII bobiga binoan Xavfsizlik Kengashi chiqargan qaror barcha davlatlarga sud qarorlarini amalga oshirishda zaruriy choralar ko'rish vazifasini yuklaydi. Tribunallarning Nizomlari davlatlarga yordam ko'rsatish, aybdorlami qidirish, topish va tribunallarga topshirish majburiyatlarini yuklaydi. Bulaming barchasi jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchilikka tegishli qoidalar kiritilishini talab qiladi. Shu asnoda Yugoslaviya va Ruanda yuzasidan ish ko'ruvchi xalqaro tribunallarning tashkil etilishi va faoliyati sud qurilmalari va xalqaro jinoyat huquqida inuhim qadam bo’ldi hamda Xalqaro jinoyat sudi tashkil etilishiga turtki bo'ldi. Xalqaro jinoyat sudi Jahon hamjamiyatiga butun dunyoda sodir etiladigan xalqaro jinoyatlarni ko‘rib chiqa oladigan sud zarur edi. Bundan tashqari, ayni paytda milliy sudlar jazosidan qochgan jinoyatchilami javobgarlikka torta oluvchi, haqiqatan ham jinoyatchilikka qarshi kurasha oladigan qat’iy mexanizm zarurati vujudga keldi. BMT Xalqaro jinoyat sudi ko’rinishida Nyurnberg tribunalining tamoyillarini qabul qilganiga ham yarim asrdan oshdi. Nyurnberg tribunal! ad hoc tribunal hisoblansa-da, uning tamoyillari xalqaro jinoiy huquqiga asos bo‘lgan. Qat’iy e’tirof etish mumkinki, keyingi bosqichlarda hukumatlar doimiy xalqaro jinoyat sudi zarurligini nafaqat tushunib yetishdi, balk! tashkil etiluvchi institutning asosiy parametrlarini yaratishdi hamda bu oddiy bo’lmagan masalaning yechimi yo'lida amaliy harakat boshlashdi. Milliy yurisdiksiyalar hal etish layoqatiga ega bo'lmagan xalqaro (transmilliy) jinoyatlarni sud qiluvchi xalqaro doimiy jinoyat sudi yaratish fikri XX asr boshlaridayoq paydo bo'lgan. 50-yiilarning boshlarida Xalqaro jinoyat sudi maqomidagi ilk loyiha paydo bo'lgan. ammo siyosiy sabablar ta’sirida uning ustida ish olib borish to'xtab qolgan. BMTning Xalqaro huquq komissiyasi BMT Bosb Assambleyasi topshirig’iga binoan uzoq tanaffusdan so‘ng 1982-yil uzilib qolgan ishini davom ettirib, tinchlikka, xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar haqida avval yaratilgan Kodeksni yangilashga kirishdi. Natijada shunday to'xtamga kelindiki, agar insoniyatning tinchligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kodeksi o‘zi bilan xalqaro jinoyat sudini yaratmasa, haqiqiy hisoblanmaydil. 1989-yilda dunyodagi siyosiy vaziyat o'zgarishi bilan Xalqaro jinoyat sudini yaratish jarayoni boshlandi. Xorvatiya, Bosniya-Gersegovina va Kosovodagi Serb agressiyasi amalga oshirgan uyushgan jinoyatchilik harakatlarida ko’pchi 1 ik davlatlar Xalqaro jinoyat sudini yoqlab chiqdilar. 1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi 44/39-rezolutsiyasida buni hisobga olib, insoniyatning tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoiy harakatlarni ko‘rib chiquvchi Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish masalasi bilan shug’ullanishni Xalqaro huquq komissiyasiga taklif etdi. Xuddi shunday rezolutsiya Karib orollari mamlakatlari tomonidan ham Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling