Xalqaro huquq


'UNRepons A/45/10 - P 1 06-165


Download 3.36 Mb.
bet126/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

'UNRepons A/45/10 - P 1 06-165.
^Версщетип B.C. О работе 46-й ceaxllR Коуисспп междувародвого право ООН И Международный журнал международного права. - 1994. - №4. - С.36-43.
jinoyat sudi to‘g‘risidagi diplomatik konferensiyasini Rim shahrida o'tkazish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
BMT Bosh Assambleyasi Tayyorlov qo'mitasidan 1996-yil 15-dekabrdagi 51/207-rezolutsiyasiga munosib holda ishni davom ettirishni so'radi. Tayyorlov qo'mitasi 1998-yil 16-mart-3-aprelda Xalqaro jinoyat sudi loyihasi konvensiyasining ishini tugallash o'zining Konferensiya sessiyasini o'tkazish vaqtiga to:g‘ri kelgan.
Konferensiya 1998-yil 15-iyundan 17-iyuldagacha BMTning Rimdagi Qishloq xo'jaligi tashkiloti qarorgohida o'tkaziJdi.
Shu tariqa. 1998-yil 17-iyulda Konferensiyada jinoyatlar, sud ishi tartibi, uning davlatlar bilan o'zaro aloqalari aniqlangan Rim Xalqaro jinoyat sudi ko'pchilik ovoz (120 nafar tarafdor, 7 nafar qarshi, 21 nafar betaraf) bilan ma’qullandi.
BMT Bosh Kotibi Xalqaro jinoyat sudi hujjatlarini imzolash paytida, 1998-yil 17-iyulda: “Sudning tashkil etilishi kelajak avlodlarga yana umid beradi va u inson huquqlari to‘g‘risidagi umumiy qonun sari qo'yilgan ulkan qadam” deb nutq so'zlagan.
Xalqaro jinoyat sudi loyihasi 60ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingach kuchga kirishi lozim edi. 2002-yil 12-aprelda bu amalga oshdi. lOta davlat vakillari BMT Bosh Kotibi Kofi Annanga BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida ratifikatsiya yorliqlarini taqdim etdi. Bugungi kunda Sudning a’zo davlatlarining soni 124tani tashkil etadi51.
Xalqaro jinoyat sudining qarorlari ortga qaytish kuchiga ega emas, ya’ni 2002-yil 1-iyuldan, ya’ni Xalqaro jinoyat sudining Rim Statuti rasman kuchga kirgan kundan boshlab sodir etilgan jinoyatlarga sudning yurisdiksiyasi joriy qilinadi (11-modda).
Davlatlarning jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro hamkorligi
Ko'pchilik davlatlarning Konstitutsiya va qonunlariga muvofiq, jumladan, 0‘zbekiston Respublikasida ham xalqaro huquq normalarining ustuvorligi belgilandi. Bu esa xalqaro huquq standartlarining mitliy qonunchilikka tatbiq etilishi. qonunlami ularga muvofiqlashtirish masalalariga yangicha qarash zaruratini yuzaga keltirdi. Milliy qonunchilik va tegishli tartib-qoidalarning xalqaro standartlarga moslashtirilishi, o!z navbatida huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini, ayniqsa jinoyat sodir qilgan shaxslar va protsessning boshqa subyektlari huquq va manfaatlarini ta’minlashga doir qonunchilikni takomillashtirishni talab qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha o'zaro huquqiy yordam hamda ekstraditsiya institutlari jinoyatchilikka qarshi kurashdagi xalqaro hamkorlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu holda xalqaro huquqiy hamkorlik turli ko‘rinishlarda bo‘iadi. Shuning uchun uni ikki asosiy yo‘nalishda ta’riflash mumkin, ya’ni bunday hamkorlikning mazmuniga ko‘ra va xalqaro bitimning darajasiga ko‘ra.


Xalqaro jinoyat huquqi davlatlarning xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligini tartibga solishga yo'naltirilgan norma va tamoyillar majmui sifatida qonuniylik va huquq-tartibotni qo’llab- quvvatlashga yo'naltirilgan. Zero, qonuniylik va huquq-tartibotga jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi so‘zsiz ta’minlangan sharoitdagina samarali amal qilinishi murnkin. ■■ .....
Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama konvensiyalarda jinoyatchilami ushlab berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilingan davlatga yuridik majburiyat sifatida qarahnaydi. Biroq Konvensiyalarning ishtirokchilari bo'lgan davlatlar o‘zlari o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalarda xalqaro jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchilami ushlab berishni o‘zlariga majburiyat qilib olganlar. Hatto davlatlar o‘rtasida jinoyatchilami ushlab berish to'g'risida maxsus shartnoma bo'lmagan taqdirda ham bu ko!p tomonlama Konvensiyalarning har biri davlatlar tomonidan shunday jinoyat qilgan shaxslami ushlab berish uchun yuridik asos sifatida ko‘rib chiqilishi, xalqaro jinoyatlar to'g'risidagi ikki tomonlama shartnomalarda bundan ham keskinroq choralar belgilanishi mumkin.
Qayd etish joizki, Xalqaro jinoyat sudiga hamda harbiy tribunallarga xalqaro jinoyat sodir etgan shaxslarni ekstraditsiya qilish masalasi ham juda muhim hisoblanadi. Bn borada, mazkur Sudlarning Nizom va Stalutlarida qayd etilganidek, a’zo davlatlar o'rtasida kelishib olinadi.
Jinoyat sodir qiigan shaxslarni ekstraditsiya qilish xalqaro-huquqiy institut ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, xalqaro huquqning ushbu instituti tayanadigan xalqaro-huquqiy asoslarga alohida to‘xtalib o‘tish zarur. Zotan, xalqaro hamjamiyatning ekstraditsiya institutining huquqiy asoslarini shakllantirish masalasiga alohida e'tibor qaratayotganligi bejiz emas.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stiligi doirasida uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, jumladan ekstraditsiya masalalari borasida bir qator muhim tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi:

  • “Uyushgan jinoyatchiIik va xavfli jinoyatlarning boshqa turlariga qarshi kurash borasida 2000-yilgacha mo'Ijallangan o‘zaro chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi davlatlararo dasturning qabul qilinishi;

  • 1993-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a’zo davlatlarning ichki ishlar vazirliklari huzurida uyushgan jinoyatchilik va xavfli jinoyatlarning boshqa turlariga qarshi kurash bo'yicha Byurolar ochilishi;

  • Hamdo‘stlik davlatlari o’rtasida o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish to‘g‘risida 1993-yilda tuzilgan Minsk konvensiyasi;

  • MDH davlatlari o'rtasida 2000-yilda imzolangan Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo'yicha o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish to’g'risidagi Kishinyov konvensiyasida Minsk konvensiyasi yanada mukammallashtirilgani va mintaqada o'zaro hamkorlikning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilganligini ko'ramiz.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi 20ga yaqin jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro hamkorlik qilish to'g'risidagi ikki tomonlama bitimlar imzolagan. Sudlanganlami jazo o'tash uchun topshirish masalalari bo'yicha bitimlar ham mavjud.
Mazkur bitimlar asosida odatda quyidagi masalalar tartibga solinadi: jinoyat sodir etuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlami ayirboshlash; tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot almashish; sud qarorlarining ijrosiga ko'maklashish; boshqa davlat hududida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan fiiqarolarga, shu jumladan, o'z tiiqarolariga qarshi jinoiy ta'qibni amalga oshirish; shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida qidirish; shaxslami ushlab berishni ta’minlash maqsadida qamoqqa olish.
Ma’lumki, jinoyat ishlari bo'yicha o'zaro huquqiy yordam davlatlar o'rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik jinoyat ishlari bo'yicha ushlab berish va talab etish to'g'risida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar yoki ekstraditsiya masalalan to'g'risidagi ko‘p tomonlama konvensiyalarda ko'zda tutilgan bo'lishi bilan birga ichki qonunchilik normalarida ham o'z aksini topgan.
Shu o‘rinda, 0‘zbekiston qo‘shi)gan eng muhim konvensiyaiardan biri 1993-yil 22-yanvardagi Minsk konvensiyasi hisoblanadi. Uning mazmuni Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Gruziya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina o'rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlar bo'yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordamni tartibga solishga bag'ishlangan. 0‘zbekiston ushbu konvensiyani 1994-yil 21-fevralda ratifikatsiya qilgan bo‘lib, unga hozirga qadar amal qilib kelmoqda. Minsk konvensiyasi jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam ko‘rsatishning turli jihatlarini, jumladan ekstraditsiya masalasini ham tartibga soladi. Xususan, unda ekstraditsiyani amalga oshirish tartibi, shartlari va protsessual masalalari tartibga solingan. Konvensiya chambarchas geosiyosiy aloqalar bilan bog'iangan va, eng muhimi, milliy qonunchilik hamda odil sudlov tizimi o‘zaro yaqin bo'lgan mamlakatiar o‘rtasidagi munosabatlami tartibga soladi.
2002-yil 7-oktabrda esa MDH davlatlari Minsk konvensiyasi qoidalariga va uni qo'llash bo'yicha to‘qqiz-yillik tajribagaasoslanib, Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risidagi Kishinyov konvensiyasini imzoladilar. Shundan so'ng, Minsk konvensiyasi Kishinyov konvensiyasini ratifikatsiya qilgan davlatlar uchun o‘z kuchini yo'qotdi (uni ratifikatsiya qilmagan davlatlarga nisbatan amal qilishda davom etmoqda).
Kishinyov konvensiyasini uning ishtirokchilari sifatida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Molodova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Ukraina Respublikalari uni imzoladilar. Hozirda ushbu Konvensiya Armaniston (19.02.2005), Belarus (27.04.2004), Ozarbayjon (27.04.2004), Qirg'iziston (01.10.2004), Qozog'iston (27.04.2004) va Tojikiston (17.05.2005) Respublikalari uchun kuchga kirgan.
Shu ma’noda ekstraditsiya jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoyatchilami ta’qib etishning davlatlararo darajadagi eng samarali usullaridan biri bo‘lib. amaliyotda shaxs huquq va manfaatlarini muhofaza qilishning samarali tizimini ta’minlaydi hamda, jinoyat sodir etgan shaxs. qayerda bo'lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortilishi muqarrar ekanligini kafolatiaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlarning roli
Xalqaro miqyosdagi korrupsiyaga qarshi vositalar huquqiy majmuasida korrupsiyaga qarshi kurashni ta’minlashga mo’ljallanganlari alohida ahamiyat kasb etadi. Universal, mintaqaviy va ikki tomonlama shartnomalar shunday xalqaro huquqiy vositalar sirasiga kiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda turli davlatlar miiliy qonunchiligiaing umumiy yondashuvini birxillashtirishda BMT, Yevropa Kengashi, Xalqaro bank, Amerika davlatlari Tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamda boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi xalqaro tashkilotlar katta rol o’ynaydi.
BMT tomonidan komjpsiyaning xalqaro xarakteri, uning transmilliy ekanligi anglanishi davlatlararo darajada choralar qabul qilinishini talab etdi. BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov sohasidagi dasturlari doirasida amalga oshiriladigan Global dasturlarning diqqat markazida korrupsiya muammosi turadi.
BMTning Global dasturlari doirasida mamlakailarda korrupsiyani aniqlash va oldini olishda yordam ko’rsatiladi. Dasturga inuvofiq har qanday mil 1 iy dastuming maqsadi quyidagilardan iborat:
birinchidan, korrupsiyalashuvning ehtimoli va kelib chiqish sabablarini aniqlash;
ikkinchidan, vijdonini sotmaslikning shunday muhitini yaratisb kerakki, bu uning shtirokchilarining o'yin qoidalari va fe’l-atvorini o’zgartirsin;
uchinchidan, pirovardida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash.
Xususan, dastur doirasida davlat xaridlan va xalqaro tijorat bitimlari sohasida yuqori shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga ko’maklashuvchi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, sudyalar, prokurorlar, huquqni muhofaza etuvchi va moliyaviy organlar uchun siyosatni ishlab chiqishga mas’ul shaxslar uchun o’quv tashkil etiladi.
Ko’rib chiqilayotgan sohada qabul qilingan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1975-yil 15- dekabrda qabul qilingan rezolutsiya hisoblanadi. U “korrupsiyaning barcha ko’rinishlari’Tii qoralab, “hukumatlarni ularning miiliy” yurisdiksiyasi doirasida bunday korrupsiyaning oldini olish va huquqbuzarlarni jazolash uchun barcha zarur choralarni ko’rishga chaqiradi.
Keyinchalik BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bo’lish bo’yicha Sakkizinchi Kongressida maxsus “Davlat boshqaruvi sohasidagi korrupsiya” rezolutsiyasi qabul qilindi.
Unda BMT Kotibiyati tomonidan tayyorlangan eng muhim qo’llanma “Konupsiyaga qarshi kurashning amaliy choralari” qabul qilindi.
Rezolutsiya a’zo davlatlarga korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqish hamda korrupsiyaning barcha turlariga jinoiy-huquqiy munosabat biIdirishning mosligiga doir masalani ko’rib chiqish va boshqalami tavsiya etadi.
1996-yilda BMT Bosh Assambleyasi (BMT BA) ‘‘Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi”ni qabul qildi, u korrupsiyaning xalqaro jihatlari bilan bog’liq, ayniqsa, korporativ tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro iqtisodiy faoliyatga nisbatan muammolarni diqqat bilan ko’rib chiqishga chaqiradi.
Shuningdek, BMTning 1996 yilgi “Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi kurash to’g’risida”gi deklaratsiyasi ham ma’kim, unga muvofiq davlat, boshqa masalalar bilan bir qatorda, xorijiy davlatlar mansabdor shaxslari poraxo’rligini qattiq jinoyat sifatida ko’rib chiqish hamda BMTga a’zo davlatning istalgan xususiy yoki davlat korporatsiyasi yoxud jismoniy shaxsidan har qanday davlat amaldori yoki boshqa mamlakatning vakillik organiga saylangan shaxsi tomonidan рога sifatida olingan mablag’ni soliqqa tortilishdan ozod etilishini bekor qilish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Shunday qilib, BMT korrupsiya muammosining xalqaro xarakterini e’tirof etdi va unga qarshilik ko’rsatishning hamma tan oladigan shakl va metodlarini topishga harakat qilmoqda.
Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlaming barchasi tavsiyaviy xarakterga ega hamda muammoni hal etishga amalda ta’sir ko’rsatmaydi. Biroq mazkur hujjatlar ko’rib chiqilayotgan masalaga nisbatan xalqaro normalami shakllantirishda muhim ro) o’ynaydi hamda davlatlarning ichki huquqlari normalariga ta’sir ko’rsatishga qodir.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Uyushgan transmilliy jinoyatchibkka qarshi konvensiyaning qabul qilinishi muhim bosqich bo’ldi, u a’zo davlatlar uchun majburiy xarakterga ega. Mazkur Konvensiyaning maqsadi uyushgan transmilliy jinoyatchilikning oldini yanada samaliroq olish va unga qarshi kurash ishidagi hamkorlikka ko’maklashishdan iborat.
Transmiiliy korrupsiya biror-bir mamlakatda iqtisodiy faoliyat olib borish yoki uni davom ettirish yoxud nomunosib ustunlikka erishish maqsadida xorijiy mansabdor shaxslami рога evaziga o'z tomoniga og’dirib olish shaklida namoyon bo’ladi.
Xalqaro kelishuvda ilk bor uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan jinoiy daromadlarni legallashtirish singari jiddiy jinoyatlarda ishtirok etganlik yoxud ulardan foyda olganlik uchun javobgarlik qat’iy belgilandi.
BMTning mazkur Konvensiyasi bir qator mufassal tushunchalami taqdim etadi. uyushgan jinoiy guruh. jiddiy jinoyat. tarkiban rasmiylashgan guruh, jinoiy daromadlarni legallashtirish, asosiy huquqbuzarlik va boshqalar shuiar juinlasidandir (2-modda). Konvensiyada uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etishning kriminallashuvi (5-modda), jinoiy daromadlarni legallashtirishning kriminallashuvi (6- inodda) ko’zda tutilgan, shuningdek korrupsiya aktlarini, ya’ni рога olish va рога berishni kriminallashtirish hamda ichki qonunlar uchun yagona standartlar asosida korrupsiyaga qarshi samarali kurashni ta’minlash maqsadida oshkora mansabdor shaxslar orasida korrupsiyaning oldini olish va aniqlash uchun qonunchilik va boshqa choralami qo’llash talablari (8- modda va 9-modda) ham ko’zda tutilgan.
Biroq BMT Konvensiyasida bayon etilgan qoidalaming butun ijobiyligiga qaramasdan jahon hamjamiyati oldida hamon korrupsiyani bartaraf etish uchun global yondashuvni ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi alohida tainoyillar va fe’l-atvor standartlarini qabul qilish zarurati qolmoqda edi.
Natijada BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil oktabrdagi 58-sessiyasida BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qabul qilindi.
Mazkur Konvensiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:
korrupsiyani yanada samaraiiroq va ta’sirchanroq oldini olish hamda unga qarshi kurashga yo’naltirilgan choralar qabul qilish va ulami mustahkamlashga ko’maklashish;
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va texnik yordamni rag’batlantirish, yengiIlashtirish va qo’llab quwatlash, shu jumladan aktivlaming qaytishi yuzasidan choralar ko’rishni, halollik va vijdonini sotmaslikni, mas’uliyatni hamda oshkora ishlami va xalq mulkini munosib ravishda boshqarishni rag’batlantirish (1- modda);
Konvensiya barcha mamlakatlar o’zlarining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi huquqiy normalari va davlat tomonidan tartibga solish rejimlarini mustahkamlash uchun qo’llashlari mumkin bo’lgan keng qamrovli standartlar paketlarini, tadbirlar va qoidalarni joriy etadi. U korrupsiyaning oldini olish yuzasidan choralar ko’rishga chaqiradi va davlat sektorida ham, xususiy sektorda ham korrupsiyaning ko’p uchraydigan shakllarim qonundan tashqari deb e’lon qiladi.
Konvensiya, shuningdek hujjat qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ - Konvensiya ishtirokchi davlatlari Konferensiyasini ta’sis etdi.
Bundan tashqari, Konvensiya oshkora mansabdor shaxslarning mulkiy holatini, daromad va xarajat manbalarini tekshirishning ta’sirchan moliyaviy nazorat mexanizmini yaratishni, ... e’tirof etishga asoslangan tadbirlarni qo’llash orqali aktivlarni qaytarish imkoniyatini ko’zda tutadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda BMT jahon hamjamiyatining zo’r berishi orqali korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy poydevorini shakllantirishda muvofiqlashtiruvchilik funksiyasini o’z zimmasiga olgan degan xulosaga kelish qiyin emas.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling