Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet129/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Nazorat savollari

  1. Xalqaro jinoyat huquqining milliy jinoyat huquq tizimi bilan o'zaro aloqasi qanday?

  2. Xalqaro huquq bo'yicha jinoyat hisoblanadigan har qanday faoliyat uchun muayyan davlat jazo bermagan taqdirda qaysi xalqaro tamoyil qo'llaniladi?

  3. Imurnan, xalqaro jinoyat huquqining sohasini tashkil qilishda, bir tomondan, agressiv urushni rejalashtirish, rivojlantirish va olib borish kabi o‘ta og‘ir xalqaro jinoyatlarni, boshqa tomondan esa narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash maqsadida bu kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishni nazarda tutuvchi tamoyil va normalar umumlashtirilishi mumkinmi?

  4. Terrorizm xalqaro jinoyatlar turiga kiradimi yoki transmilliy jinoyat turiga? Fikringizni asoslab bering.

  5. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarni turli sohalar bo‘yicha rinch-totuv munosabatlarni buzadigan faoliyat deb hisoblash mumkinmi?

  6. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro tribunal laming o'rni qanday va bugungi xalqaro jinoyat huquqiga ta’siri mavjudmi?

  7. Xalqaro harbiy tribunallarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?

  8. Nima uchun harbiy tribunallarni tashkil etish zarurati paydo bo‘ldi?

  9. Ekstraditsiya instituti nima maqsadda tashkil etilgan va bugungi kunda qanday yo'lga qo‘yilgan?

  10. Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko‘p tomoniama shartnomalarda ishtirok etishini izohlang.

Kazus 1.
Italiya fuqarosi Pokiston orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelganida, aeroportda bojxona xodimlarining tekshiruvi natijasida unda katta miqdorda giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi. Pokiston hukumati jinoyatchini ushlab berishni talab qildi, chunki giyohvandlik vositalari Pokiston hududidan olib chiqib ketilgan. Shuningdek, jinoyatchining ta’kidlashicha. giyohvandlik vositalari Italiya hududida tarqatilishi lozim bo'lgan hanida jinoyatchi Italiya fuqarosi bo!lganligi uchun Italiya hukumati ham ushlab berishni talab qilgan.
Ushbu holatda fuqarolikning qanday huquqiy ahamiyati mavjud? Hudud bo‘yicha qaysi jinoyat qonuni tamoyili amal qiladi? Yuqoridagi jinoyat O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga to'g‘ri keladimi? 1988-yilgi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasining ushbu holatda qanday ahamiyati bor?

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling