Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet137/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Qurolsizlanish deganda, urush olib boruvchi vositalarni cheklash, qisqartirish va batamom tugatishga qaratilgan kompleks choralar tushuniladi. Qurolsizlanishning umumiy huquqiy asosi bo‘ lib BMT Ustavi hisoblanadi. 11-modda “Tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish borasidagi hamkorlikning umumiy tamoyillari” bo‘lib, uning birinchi bandiga “Qurolsizlanish va qurol-aslahalarni tartibga solishni belgilovchi tamoyillar” kiradi. Bu tamoyillarni ko‘rib chiqish Rosh Assambleya vakolatiga kiradi va u bu masalalar bo'yicha Xavfsizlik Kengashi va BMTga a’zo-davlatlarga tavsiyalar beradi. Xavfsizlik Kengashi “Qurol- aslahalami tartibga solish tizimini tuzish rejalari”ni shakllantirish uchun (26-modda) javob beradi; bu vazifani bajarishda Xavfsizlik Kengashiga Harbiy shtabli qo'mita o‘zining maslahatlari bilan yordam beradi va “Qurol-aslahalarni tartibga solish va qurolsizlanish imkoniyatlari” (47-modda, 1-band) masalalari bo'yicha ham o‘z maslahatlari va yordamini beradi.
“Qurolsizlanish” va “Qurol-aslahalarni tartibga solish” atamalari BMT Ustavini tuzuvchilar tomonidan kiritiigan. “Qurol-aslahalarni tartibga solish” atamasi o‘z mazmuniga ko‘ra keng ishlatiladigan “Qurol-aslalialar ustidan nazorat” ataniasiga yaqin turadi.
Xalqaro huquqda umumiy tan olingan qurolsizlanish tamoyilidan quyidagi majburiyatlar kelib chiqadi: qurolsizlanish bo'yicha amalda bo'lgan shartnomalarga to'liq va og'ishmay amal qilish: shartnomalarda ko‘rsatilgan, qurolsizlanish va qurollanish poygasini cheklashga yo'naltirilgan tadbirlarda ishtirok etish; qurolsizlanishga qaratilgan, xalqaro nazorat ostida to'liq va umumiy qurolsizlanish bo‘yicha yangi shartnomalar, yangi normalar yaratishga erishish.
Ko'rib chiqilayotgan sohada asosiy normalarning manbai quyidagi xalqaro shartnomalar hisoblanadi: universal (Yadro qurollarini tarqatmaslik to'g'risidagi 1968-yilgi Shartnoma), mintaqaviy (Lotin Amerikasida yadro qurolini taqiqlash to'g’risidagi 1967-yilgi Shartnoma). ikki tomonlama (Raketaga qarshi mudofaa tizimini cheklash to'g'risidagi 1972-yilgi Shartnoma). Bu sohadagi shartnomalarni maqsadi va obyektiga qarab ham tasniflash mumkin (qurollanishni cheklash yoki cheklash faoliyati bilan bog'liq bo'lgan shartnomalar; ommaviy qirg'in qurollari yoki oddiy qurollar bilan bog'liq bo'lgan shartnomalar).
Universal xalqaro tashkilotlaming ahamiyatini kuchayishi, ularning qurolsizlanish sohasida qabul qilgan rezolutsiyalarini xalqaro huquqning qo'shimcha manbai sifatidagi ahamiyatini oshib borishiga xizmat qiladi. Qurolsizlanish masalalari bo'yicha qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining bir qancha rezolutsiyalariga, shakllanayotgan xalqaro huquq normalari sifatida qarashimiz mumkin. Bir qancha hollarda BMT Bosh Assambleyasining rezolutsiyalarini shartnoma normalarining qo'shimcha implementasiya vositasi deb hisoblashimiz mumkin. Ular qatoriga Tinch okeanining janubiy qismida yadrosiz zona to'g'risidagi 1985-yilgi Shartnomani to'liq amalga kiritishini ta’minlashga qaratilgan rezolyutsiyani qo'shishimiz mumkin. 1989-yili Bosh Assambleya tomonidan shartnoma normalariga rioya etilishini tekshirish mexanizmining yaratilishi (1925-yiigi Urushda bo'g'uvchi, zaharlovchi va boshqa gazli va bakteriologik vositalarni qo'llashni taqiqlash to’g'risidagi Jeneva protokoli), ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bunga ko'ra BMT Bosh kotibining vakil lari kimyoviy qurollarning qo'llangani to’g'risidagi xabarlarni maxsus tartibda tekshiradilar.
Hozitgi zamon xalqaro huquqi davlatlarni to'g’ridan to'g'ri qurolsizlanishga majbur etuvchi normalarga ega emas. Bu sohadagi asosiy majburiyatlarning mohiyati quyidagicha; “erkin muzokaralar olib borish; xalqaro nazorat ostida to'liq va samarali qurolsizlanishga erishish to‘g‘risida shartnomalar tuzish va ulami bajarish”. Bunday maqsadlar hozirgi kundagi barcha shartnomalarning muqaddimasida ko'rsatib o'tilgan.
Hozirgi kunga kelib qurolsizlanish choralarini qisman belgilaydigan normalar inajmui vujudga keldi va amal qilmoqda. Qisman choral aiming mohiyati qurollaming alohida turlarini taqiqlash va tugatish, ulami ishlab chiqarish, to‘plash va qo'llashni taqiqlash, ayrim qurollami sifat va son jihatidan cheklash, qurollami sifat jihatidan takoniillashtirish imkoniyatini qisqartirish hamda turli xil qurollami joylashtirish rayonlari va sohalarini qisqartirishdan iboratdir.
Ommaviy qirg'in qurollariga taalluqli kompleks normalar ancha rivojlangan. 1948-yilda BMT tomonidan ishlab chiqilgan ta’rifga asosan. bunday qurollar “shunday tartibda belgilanishi lozimki, bunday quroilarga atom, radioaktiv moddalar yordamida ishlaydigan, kimyoviy va biologik (bakteriologik) qurollar, shuningdek kelajakda ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan, o‘zining tavsifiga ko‘ra yuqorida eslatib o'tilgan qurollaming kuchiga teng bo'lgan qurollami kiritish mumkin”.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi yadro qurollarining atmosferada, koinotda va suv ostida sinoviarini taqiqlaydi .
SSSR parchalanib ketganidan so‘ng yadro qurollarini tarqatmaslik to'g'risidagi normalarga rioya qilishda bir qancha qiyinchiliklar tug‘ildi. Chunki SSSR o'mida tashkil topgan yangi mustaqil davlatlarning to‘rttasida (Belarus, Qozog'iston, Rossiya va Ukraina) yadro qurollari qoldi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida erishilgan shartnomaga asosan 1996-yili yadro zaryadiga ega bo‘lgan barcha qurollar Rossiya Federatsiyasi hududiga olib chiqib ketildi, lekin yadro zaryadiga. ega bir qancha qurollar Ukraina hududida qoldi. Bir qancha urinishlardan so‘ng Ukraina bu qurollami Rossiya Federatsiyasiga topshirishga rozilik berdi.
Strategik qurollami tartibga solish oxirgi vaqtgacha faqat Sovet- Amerika munosabatlari doirasida amalga oshirilgan edi (Strategik hujum qurollarini cheklash sohasidagi bir qancha choralar to'g'risidagi 1972-yilgi Muvaqqat bitim, Strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risidagi 1979-yilgi Shartnoma kuchga kirmagan bo‘lsa-da, bir necha yillar qo'llanib kelindi, Strategik hujum qurollarini cheklash va qisqartirish to‘g‘risidagi 1991-yilgi Shartnoma). SSSR parchalanib ketganidan so'ng bu sohadagi ma’lum majburiyatlar yuqorida nomi qayd qilib o'tilgan sobiq Ittifoq respublikalariga ham уuklatildi, ammo muzokaralarda to'liq ishtirok etish Rossiyani huquqiga aylandi. Qolgan respublikalarga o‘z hududida qolgan qurollarni tezroq tugatish zarurligi ko'rsatib o'tildn
Ommaviy qirg'in qurollariga, yadro qurollaridan tashqari, kimyoviy va biologik (bakteriologik) qurollar ham kiradi. Biologik qurollar butunlay taqiqlangan, iini nafaqat urushda qo‘llash, balki yaratish, ishlab chiqish va to'plash ham mumkin emas, zaxiradagilari esa yo‘q qiiinishi yoki tinchlik maqsadida ishlatilishi kerak (bakteriologik (biologik) va zaharli qurollarni yaratishni, ishlab chiqish va zaxiraga to‘plashni taqiqlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi 1972-yilgi konvensiya).
1925-yitdan boshiab urush olib borishda kimyoviy qurollarni ishlatish noqonuniy deb hisoblanadi (Urushda bo‘g‘uvchi, zaharlovchi va boshqa shunga o’xshash gazlar va bakteriologik vositalarni qo'llashni taqiqlash to‘g’risidagi 1925-yilgi Protokol).
1997-yilning 29-aprelidan kimyoviy qurollarni ham butunlay taqiqlash amal qila boshladi. Bu 1993-yili imzolangan Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqish, zaxiraga to‘plashni va qo'llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiya kuchga kirganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Universal norma ommaviy qirg‘in qurollariga teng keluvchi, vayrongarchiliklarni keltirib chiqaradigan, tabiatga ta’sir qiluvchi va har qanday harbiy yoki boshqa zararli vositalardan foydalanishni taqiqlaydi (Tabiiy muhitga ta’sir qiluvchi har qanday harbiy yoki boshqa zararli vositalardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi 1977-yilgi konvensiya).
Yevropa davlatlari Yevropa hududida ma’lum kelishuvlar asosida keng miqyosda hujum harakatlarini boshlash va qo'qqisdan hujum uyushtirishga imkon bermaydigan darajada o‘zlarini oddiy qurol va harbiy texnikalarni qisqartirish majburiyatini oiganlar (Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi 1990-yilgi Shartnoma). Bundan tashqari, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibini cheklash choralari ham mavjud (Yevropadagi oddiy qurolli kuchlarning shaxsiy tafkibining soni to‘g‘risidagi 1992-yilgi Vena muzokaralarining yakunlovchi akti), shuningdek 1999-yili YXHTning Istambul sammitida Yevropada qanotlar bo'yicha cheklash to‘g‘risida Shartnoma qabu) qilindi. Ushbu sammitda, 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov YXHTning yuqori minbaridan turib nutq so’zladi. O‘z nutqida Prezidentimiz Yevropa xavfsizligi, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligining yangi modeli to‘g‘risida fikr bildirdi.
Qurolli kuchlami va qurol-aslahalami cheklash va qisqartirish bilan birga qurolsizlanish maqsadlariga hududlarni neytrallashtirish va demilitarizasiyalash yo‘li bilan ham erishish mumkin.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling